Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Oddiy aksiya – dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə153/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Oddiy aksiya – dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya. Oddiy aksiya imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanib, aksiyadorlik jamiyati zaxiralar to‘ldirilib bo‘lgandan so‘ng qolgan sof foydani dividend shaklida taqsimlashda ishtirok etadi. Uning egasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida masalalarni hal etishda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
Imtiyozli aksiya – aksiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini taqsimlashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya. U, agar aksiyadorlik jamiyati nizomida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, ovoz berish huquqini bermaydi, lekin qat’iy belgilangan dividendni keltiradi.
Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o‘zining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga to‘g‘ri mutanosib, bankka qo‘yilgan pul foizi miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmagan taqdirdagina sotib oladi.
Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi:
D АК F s 100% ,

bu yerda: AK – aksiya kursi; D – dividend; Fs – ssuda foizi.
Ssuda foizi o‘sganda aksiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori darajada o‘ssa, aksiya kursi ko‘tariladi.
Aksiyadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi shakllanadi.
Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli) – aksiya egalariga to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat aksiyadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi
jamg‘arishga, soliq to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aksiya miqdoriga bog‘liq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori bo‘ladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin