Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə160/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
P T . . . I . . . T’ P’
Ich
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:
Iv Iv
T . . . I . . . T’ P’ T
Ik Ik
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
T P T . . . I . . . T’ Ik
Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko‘rinishi umumiy. Shu bilan birga xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari o‘zlarining iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.
10.5. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag‘larning aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, unumli iste’molda bo‘lgan xomashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi.
Kapital o‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi.
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini
o‘zgartirmaydi.
Aylanma kapital – bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan quyidagi belgilar asosida farqlanadi.


  1. Yüklə 3,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin