Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə166/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

11-bob. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI
O‘tgan bobdan bizga ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tadbirkor yoki korxona foyda olish va uni ko‘paytirish uchun faoliyat ko‘rsatadi. Uning oladigan foyda miqdori esa ishlab chiqargan mahsuloti yoki ko‘rsatayotgan xizmatining hajmiga, sifatiga, tannarxiga va baholar darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib berib, foyda olishga bo‘lgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy resurs sarflarini taqozo qilib, ular ham ma’lum narxga ega bo‘ladi. Korxona oladigan foydaning miqdori bir tomondan bozorga taklif qiladigan tovar miqdoriga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan unga qilinadigan iqtisodiy xarajatlar darajasiga, resurslardan foydalanish samaradorligi va tovarlar bozorida sotiladigan narxlarga bog‘liq. Shuning uchun ham ishlab chiqarish xarajatlari “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining muhim kategoriyalaridan biri bo‘lib, uni o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Bu bobda sarf-xarajatlarning umumiy tabiati, mazmuni va tarkibiga to‘xtalib, foydaning tashkil topishi jarayoni tahlil qilinadi. Shu bilan bir qatorda, foydaning manbai, uning miqdoriga, darajasiga ta’sir etuvchi omillar, foyda normasi va massasi kabi masalalarga alohida e’tibor beriladi.
11.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish xarajatlari mazmuni va tarkibi
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi. Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil yondashuv – klassik va neoklassik va boshqa zamonaviy konsepsiyalardan foydalaniladi. Klassik nazariya yondashuviga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir.
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
1) ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriy xarajatlari yoki mahsulot qiymati; 2) korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari.
Ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulotning ma’lum turini yoki uning bir-birligini ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy sarflarning umumiy (jonli mehnat, moddiy va pul) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy zaruriy xarajatlar pul shaklida namoyon bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin