Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə198/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differensial renta I ning hosil bo‘lishini shartli misol yordamida ko‘rib chiqamiz (13.2-jadval).
Misolimizdagi uch xil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir xil, ya’ni 10000 so‘mni tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik A uchastkasida 20 tonna, B va V uchastkalarda 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo‘lib chiqadi. Ya’ni, A uchastkasida har bir mahsulot birligining qiymati 500 so‘m bo‘lsa, B uchastkasida 400 so‘m, V uchastkasida esa 333 so‘mni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada etishtirilgan mahsulot narxida sotiladi (misolimizda 500 so‘m). Natijada yomon yer uchastkasi (A) o‘zining yakka ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so‘m miqdorda qo‘shimcha daromad olinadi. Bu olingan qo‘shimcha daromad yerning
tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan differensial renta I ni tashkil qiladi.
13.2-jadval
Differensial renta I ning hosil bo‘lishi

Yer uchastkasi

Ijtimoiy ishlab
chiqarish
xarajat-lari
(so‘m)

O‘rtacha foyda
(so‘m)

Ijti-moiy qiymat
(so‘m)

Yalpi mahsulot
(tonna)

Mahsulotning individual
qiymati
(so‘m)

Ijtimoiy qiymat –
bozor narxi
(so‘m)

Yalpi sotilgan
mahsulot
(so‘m)

Diffe- rensial renta I
(so‘m)

A

8000

2000

10000

20

500

500

10000

-

B

8000

2000

10000

25

400

500

12500

2500

V

8000

2000

10000

30

333

500

15000

5000

Differensial renta II xo‘jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlarni qo‘llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin