Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. IQTISODIY TARAQQIYOT, IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIK



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə248/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

17-bob. IQTISODIY TARAQQIYOT, IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIK
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy taraqqiyot va o‘sish darajasi va sur’atlariga bog‘liq. Ushbu bobda iqtisodiy taraqqiyotning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari, ko‘rsatkichlari va omillari bayon qilinadi, shuningdek, iqtisodiy o‘sish borasida mavjud bo‘lgan turli xil nazariyalar, konsepsiyalar va modellar mazmunini yoritishga muhim o‘rin ajratilgan. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uni qo‘llashning ahamiyati yoritiladi. Ushbu bobda milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishi kabi masalalarga alohida e’tibor beriladi.
17.1. Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko‘rsatkichlari
Mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalari, tarmoqlari va hududlarida puxta asoslanib amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli isloxotlar natijasida yildan-yilga barqaror o‘sib borayotgani mustaqil taraqqiyot yo‘lining yo‘nalishi naqadar to‘g‘ri tanlanganligini ko‘rsatib turibdi. Lekin iqtisodiy adabiyotlarda asosan iqtisodiy o‘sish haqida gap yuritilib, iqtisodiy taraqqiyot muammosiga kam e’tibor berilmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot juda keng qamrovli muammo bo‘lib, uni bu yerda har taraflama va batafsil yoritib bera olmaymiz, balki uning ayrim bizningcha muhim jihatlariga to‘htalamiz.
Iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodiy o‘sish tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq jarayonlar bo‘lsada, ular bir-biridan mazmunan farq qiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot uzoq muddatli va keng qamrovli jarayon bo‘lib, kengaygan takror ishlab chiqarishga asoslangan holda ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlarning o‘zaro ziddiyatda va ta’sirda bo‘lib, to‘xtovsiz rivojlanishida o‘z aksini topadi.
Iqtisodiy taraqqiyot jarayoni siklik tavsifiga ega bo‘lib, faqatgina iqtisodiy o‘sish jarayoninigina emas, shu bilan birga iqtisodiy inqiroz, turg‘unlik, jonlanish va yuksalish jarayonlarini ham qamrab olib, goh o‘sib, goh pasayib to‘lqinsimon tarzda rivojlanib boradi. Iqtisodiy taraqqiyotning mazmunini aniq bilish uchun avvalo, taraqqiyot tushunchasining o‘zi nimaligini, uning mazmunini tushunish muhimdir. Albatta jamiyat taraqqiyoti haqida turli davrlarda har xil mutafakkirlar, faylasuflar tomonidan turli-tuman g‘oyalar, nazariyalar ilgari surilgan bo‘lib, ularning ichida taraqqiyot haqida aniqroq ta’rif sifatida nemis mumtoz falsafasining yirik namoyondasi Gegelning ta’rifi e’tiborga sazovordir.
Uning ta’limotiga ko‘ra taraqqiyot muayyan bir narsa, voqea hodisa va jarayonlarning ma’lum tomonga, ya’ni pastdan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka tomon yo‘naltirilgan harakatining bir ko‘rinishidir.
Ushbu falsafiy ta’rifdan kelib chiqib aytish mumkinki, iqtisodiy taraqqiyot

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin