Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə27/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xizmatlar mahsulining nafliligi unga sarflangan aniq nafli mehnat mahsuli ekanligidadir. Ma’lum bir samarali natijaga erishish uchun muayyan maqsadga yo‘naltirilgan aniq mehnat va shunga mos ravishda aniq turdagi ishlab chiqarish vositalari, ya’ni, binolar, asbob-uskunalar, energiya, yonilg‘i, xom-ashyo va shu kabilar sarflanadi. Bundan ko‘rinadiki, har bir xizmatning turi bo‘yicha barcha sarflar aniq mehnat va aniq moddiy-buyumlashgan shaklda amalga oshadi.
Xizmatlarni ikki toifaga bo‘lib o‘rganish mumkin. 1. Qiymatni yaratuvchi xizmatlar; 2. Qiymatni oshiruvchi xizmatlar.
Ayrim xizmatlar mehnat mahsuli sifatida moddiy-buyumlashgan shaklga ega bo‘lmaydi va aksariyat holatlarda ular ishlab chiqarish jarayonining o‘zidayoq iste’mol qilinadi. Masalan, vrachning bemorni davolashi, o‘qituvchining dars berishi, sartarosh va boshqa kasb egalarining ko‘rsatadigan xizmatlari, ijtimoiy ovqatlanish jarayonidagi xizmatlar o‘sha xizmat ko‘rsatilgan paytning o‘zidayoq iste’mol qilinadi va insonlarning extiyojini qondiradi. Bu yerda xizmatlarning ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinish vaqti bir paytning o‘zida amalga oshadi. Bundan tashqari, xizmatlarning iste’mol qilinishi o‘zidan keyin ma’lum bir foydali natijalar qoldiradi. Masalan, bemor shifo topadi, savodsiz kishi bilimli bo‘ladi, pasajjir yoki yuk o‘z manziliga etadi, uy yoki kvartira ta’mirlanadi va hokazolar.
Shunday qilib, aholining turli xildagi xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish jarayonida turli xil shakllardagi aniq mehnat va ishlab chiqarish vositalari sarflanadi va evaziga samarali naflilikning turli xil shakllari yetkazib beriladi.
Xizmat mahsulotining qiymati ko‘rsatilgan xizmatning samarali nafliligiga aylanadi.
Ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati xuddi moddiy buyumlashgan tovarlar qiymati kabi unga sarflangan jonli va buyumlashgan mehnat bilan ya’ni, ishlab chiqarish xarajatlari (ishchi kuchiga to‘langan ish haqi, ishlab chiqarish vositalari) va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan ishchilar va xizmatchilarning
qo‘shimcha mehnati bilan yaratilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati bilan belgilanadi.
Xizmatlar qiymati huddi moddiy buyumlashgan tovarlar qiymati shakllangani kabi qo‘llanilayotgan vositalarga ishchi kuchiga sarflangan xarajatlar qiymati va qo‘shimcha mahsulot qiymatidan iborat bo‘lib, o‘z tabiatiga ega bo‘ladi va o‘zining xarakati jarayonida umumiqtisodiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Tovar – “xizmat” boshqa tovarlar kabi o‘z ekvivalenti bo‘yicha pulga almashadi, ya’ni pul shaklidagi xuddi shunday qiymatga almashadi. U ham boshqa tovarlar kabi ikki yoqlama xususiyatga ega bo‘ladi.
Tovar – “xizmat”ning ikkiyoqlama tabiatini quyidagi 2.9-rasmda tez va oson

Tovar – “xizmat” ikkiyoqlama tabiatining mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunish juda katta ilmiy, uslubiy va amaliy ahamiyatga egadir. Tovar – “xizmat” nafliligining xususiyati shundaki, u yaratilgan vaqtning o‘zidayoq iste’mol qilinadi, u boshqa moddiy buyumlashgan tovarlar kabi uzoq muddat harakatda yurmaydi, saqlanmaydi va jamg‘arilmaydi. Uning pul shaklidagi qiymati esa o‘z harakatini davom ettiraveradi va u xuddi moddiy buyumlashgan tovarlar qiymati kabi takror ishlab chiqariladi va jamg‘ariladi. Tovar – “xizmat”ning ushbu qiymati boshqa tovarlarga ayrboshlanadi, ya’ni xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan barcha korxona va tashkilotlar o‘z extiyojlari uchun zarur bo‘lgan asosiy va aylanma vositalar hamda ishchi kuchini o‘z tovar – “xizmat”larini sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobiga sotib olishadi. Bundan tashqari, yildan-yilga ularning pul va boshqa mablag‘lari oshib, ko‘payib boradi. Tovar – “xizmat”larning ikkiyoqlama tabiatini tushunishning muhimligi shundaki, xizmatlar yil davomida yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmining oshishida, ishlab chiqarish kuchlarining kengayishida va aholining turli xildagi xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, u mamlakat statistika tizimi va iqtisodiyotni prognozlashtirishda juda muhim ahamiyatga egadir.
Xizmatlar sohasining iqtisodiy taraqqiyotdagi salmoqli o‘rnini hisobga olib, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida, ayniqsa, keyingi yillarda iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakatdagi ishchi kuchi bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini va turmush sifatini oshirishning, ehtiyojlarni qondirishning muhim yo‘nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini amalga oshirish jarayonida, 2010-2019 yillarda bozor xizmatlari hajmi bir necha marotabaga oshib, 190,4 trln.so‘mgacha ko‘paydi. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi mazkur davrda 5668,6 ming so‘mni tashkil etdi (2.2-jadval).

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin