Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə25/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2.3-rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi
O‘z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar ko‘rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)dan iborat bo‘ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida moddiy tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining YaIMdagi mutlaq miqdori va nisbiy ulushi hisobga olinadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan iborat bo‘lib, birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo‘linmada esa iste’mol buyumlari ishlab chiqariladi.
Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o‘zida ikkinchi bo‘linmada va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo tovar ayirboshlash va boshqa iqtisodiy aloqalar sodir bo‘lib turadi.
Sarflanayotgan mehnat ikki xil tavsifga ega bo‘lganligi uchun har qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o‘zaro bog‘liq va hamisha birbirini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o‘sishida, ko‘payishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatini, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, naflilikni yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, bir tomondan iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratish va ko‘paytirishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir. Bu ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama xususiyatidir.
Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so‘mlik paxta tolasi sotib oldi, deylik. Toladan ip yigirish uchun qo‘llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya, yonilg‘i va boshqa xarajatlar 4 mln. so‘mni, ish haqi 3 mln. so‘mni tashkil etib, 3 mln. so‘mlik qo‘shimcha mahsulot yaratilib, uni tadbirkor foyda sifatida oladigan bo‘lsa, yaratilgan mahsulotning qiymati 20 mln. so‘mni, qo‘shilgan qiymat 10 mln. so‘mni, yangi yaratilgan qiymat 6 mln.so‘mni tashkil etadi. Agar (4 mln. so‘m + 10 mln. so‘mni) oldingi yaratilgan qiymat deb hisoblasak, u 6 mln. so‘mga ko‘payib 20 mln. so‘mga etadi. Bu 20 mln. so‘m ham naflilikning ham qiymatning o‘sishini ifodalaydi.
Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiymat, ya’ni 4 mln. so‘mlik ish haqi va 2 mln. so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama

Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda, qancha qiymatga ega bo‘lsa shuncha qiymat aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishning oxirida qiymat oshiqcha bo‘lib chiqadi. Bu ishchi kuchi tomonidan yaratilgan yangi qiymat evaziga sodir bo‘ladi. Yangi qiymat faqat ishchi kuchi tomonidan jonli abstrakt mehnat bilan yaratiladi.
Ishlab chiqarish vositalari naflilikni yaratishda to‘liq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa qisman, ya’ni uning eyilgan (iste’mol qilingan) qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar (masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda tuproq unumdorligi, quyosh va shamol energiyasi) qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning nafliligini hosil qilishda omil sifatida to‘liq qatnashsada, lekin qiymatning tashkil topishida,


Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin