Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə301/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Naflilik tamoyili – turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.

  • To‘lovga layoqatlilik tamoyili – soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.

  • Adolatlilik tamoyili – daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur.

    Soliq bo‘yicha imtiyozlar qonunchilikda belgilangan tartib va sharoitlar asosida o‘rnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:

    • obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;

    • soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush faxriylarini) ozod qilish;

    • soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;

    • soliq olinadigan summadan chegirish;

    • soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum miqdorga kamaytirish).

    Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R`) deyiladi:
    R
    R`D 100%.

    Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi.
    Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib

    21.1-rasm. Progressiv, proporsional va regressiv soliqlarning grafik
    ko‘rinishi

    1. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi soliqlar progressiv soliqlar deyiladi.

    2. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.

    3. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘zgarishsiz qoluvchi soliqlar proporsional soliqlar deyiladi.

    Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo‘shilish usuli (to‘g‘ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi.
    Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va oxiroqibatda, davlat budjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Davlat budjetining daromadlari va soliq stavkasi o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi «Laffer egri chizig‘i» nomini oldi (21.2rasm).
    R
    R1
    0 V1 V

    21.2-rasm. Laffer egri chizig‘i Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida – davlat budjetiga tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R1) davlat budjetiga eng yuqori tushum (V1)ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo‘ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‘rnatilagan soliqlarni pasaytirish jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo‘ladi.


    Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi. Soliq yuki darajasini miqdoran aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi soliqlar miqdorini to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati yoki soliq to‘langandan keyingi daromad miqdorini to‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati sifatida ifodalash mumkin:
    Ksoliqyuki N x / P yoki
    Ksoliq yuki DN / PN ,
    bu yerda: Nx aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi soliqlarning o‘rtacha miqdori; DN – aholining soliqlar to‘langandan keyingi daromadi; PN – aholining to‘lovga layoqatliligi.
    Soliq yuki darajasini soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i bo‘yicha ham aniqlash mumkin:
    Ksoliq yuki  N /YaIM ,
    bu yerda: N – soliqlar miqdori;
    YaIM – yalpi ichki mahsulot hajmi.
    Davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri moliyaviy siyosat hisoblanadi. Moliyaviy siyosat – davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui.
    Moliyaviy siyosat diskretsion va o‘z-o‘zidan tartiblanuvchi tavsifdagi siyosatlarga bo‘linadi. Diskretsion moliyaviy siyosat iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish maqsadida soliq va davlat sarflarini o‘zgartirib turish bilan bog‘liq. O‘z-o‘zidan tartiblanuvchi moliyaviy siyosat esa iqtisodiyotdagi holat o‘zgarishiga muvofiq tarzda tartiblovchi mexanizmlarni o‘zining ishga tushishiga asoslanadi. Bundan ko‘rinadiki, milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga turli iqtisodiy subyektlarni soliqqa tortish hamda tushgan mablag‘larni davlat budjeti orqali qayta taqsimlash jarayonlari ahamiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar fiskal yoki soliq-budjet siyosati deb ataladi. Fiskal siyosat, bir tomondan, iqtisodiyotning tanazzul davrida davlat sarflarini oshirish yoki soliqlarni pasaytirish orqali xo‘jalik hayotini rag‘batlantirishni, boshqa tomondan esa, iqtisodiy rivojlanishning yuqori darjasida davlat sarflarini qisqartirish yoki soliqlarni ko‘paytirish orqali yuz berishi mumkin bo‘lgan inflyatsiya va ishsizlikning oldini olishni ko‘zda tutadi.

    Yüklə 3,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   400




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin