21.4-jadval Soliq stavkalarining o‘zgarishi, foizda
Soliq turi
2009
2012
2014
2015
2016
2017
2018
2019
Yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i
10
9
8
7,5
7,5
7,5
14
14
Dividend/foizlar
shaklida olinadigan daromadlardan foyda
solig‘i
10
10
10
10
10
10
10
10
Aksiz solig‘i
21,5
20
23
23
23
20
20
20
Yagona soliq to‘lovi
7
6
6
6
6
5
5
5
Yagona ijtimoiy
to‘lov
25
25
25
15
15
15
15
15
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi ma’lumotlari.
2017 yilga qadar yuridik shaxslardan olinadigan soliq stavkasi 10 foizdan 7,5 foizgacha pasayib keldi va 2018 yilda tashkilotlar uchun obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i (shu vaqtga qadar 8%) foyda solig‘i tarkibiga qo‘shilganligi sababli 14 foiz qilib belgilandi.
Iqtisodiyotga soliq yukining pasaytirilishida soliqlar sonining kamaytirilishi, soliq imtiyozlarining kengaytirilishi bilan birga soliq stavkalarining pasaytirilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliq stavkalarining pasaytirilishi ishlab chiqarish hajmi va daromadlarning ortishi natijasida soliq bazasining kengayishiga, davlat budjeti xarajatlarini taqchillikka yo‘l qo‘ymasdan moliyalashtirishga zamin yaratadi.
Bugungi kunda “soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo‘lini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag‘batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish”1 dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Soliq stavkalarining pasaytirishi ishlab chiqarish va daromadlarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida soliqqa tortish bazasining kengayishiga imkon tug‘iladi. Aynan shu holat mamlakatimizda soliq stavkalari kamaytirilishiga qaramasdan, budjet xarajatlarini taqchilliksiz moliyalashtirishga yetarli bo‘lgan soliq tushumlari ko‘rinishidagi budjet daromadlarini shakllantirishga asos bo‘lmoqda.
Belgilangan soliq imtiyozlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yanada kengaytirish va iqtisodiyotimiz salohiyatini oshirishga qulay imkon yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599-sonli Qonuniga muvofiq yangi Soliq Kodeksi qabul qilindi.
Yangi Soliq kodeksiga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha qisqartirildi. Xususan, yagona yer solig‘i, davlat boji, bojxona to‘lovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq turlari bekor qilindi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo‘llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi.