Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-BOB. PUL-KREDIT TIZIMI. BANKLAR VA ULARNING



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə306/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

22-BOB. PUL-KREDIT TIZIMI. BANKLAR VA ULARNING
BOZOR IQTISODIYOTIDAGI ROLI
Pulning harakati bozor iqtisodiyotining moliyaviy asoslaridan biri bo‘lib, barqaror pul tizimi, daromadlar va xarajatlar aylanishiga hayotiy tus bag‘ishlaydi, butun iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlab beradi, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanishga imkon tug‘diradi va to‘la bandlikka erishishni ta’minlaydi. Aksincha, beqaror pul tizimi ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasining keskin tebranishiga asosiy sabab bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishga to‘siq
bo‘lishi mumkin. Mazkur bobda pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlarining mazmuni yoritiladi. Pulga bo‘lgan talab va taklif tahlil qilinib, inflyatsiyaning mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, kredit tizimi, banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli, respublikada milliy valyutani mustahkamlash vazifalari tahlil qilinadi.
22.1. Bozor munosabatlari tizimida pul muomalasi va uning amal qilish
qonuniyatlari. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag‘lari to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi, tovarlar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida resurslar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to‘lashda pul qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turadi. Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

  1. milliy pul birligi (so‘m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);

  2. naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi;

  3. pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;

  4. pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.

Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi naqd va kredit pullarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:


  1. Yüklə 3,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin