Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Sotsiologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə14/108
tarix07.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#60888
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

6. Sotsiologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni
Sotsiologiya fanlar tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. U o‘zining ijtimoiy mohiyati hamda amaliy tadqiqotlari orqali ham ijtimoiy, ham tabiiy, ham aniq fanlar bilan o‘zaro uzviy aloqada bo‘ladi.
Sotsiologiya fani falsafa fanidan ajralib chiqqan. Shuning uchun ularning uzviy aloqadorligini inkor qilib bo‘lmaydi. Falsafada mavjud bo‘lgan nazariyalar boshqa fanlar qatori sotsiologiya uchun ham nazariy-metodologik jihatdan asos sanaladi.
Sotsiologiya fani siyosatshunoslik fani bilan uzviy bog‘liq. Sotsiologiya tomonidan jamiyatda mavjud bo‘lgan sotsial guruhlar, siyosiy vaziyat va kuchlar borasida olingan ma'lumotlar va xulosalar siyosatshunoslik fani tomonidan keng qo‘llaniladi. Siyosiy sotsiologiya, davlat sotsiologiyasi, hokimiyat sotsiologiyasi, siyosiy munosabatlar sotsiologiyasi siyosatshunoslik fani bilan nazariy va amaliy hamkorlikda rivojlanib kelmoqda. Sotsiologiya siyosatshunoslik fanidan farqli ravishda jamiyat a'zolarining ijtimoiy hayotida yuz beradigan o‘zgarishlarga qanday munosabatda bo‘lishini va mehnat jamoalari, aholi turli qatlamlarining fikr-mulohazalarini umumlashtirish asosida xulosalar chiqarib, mazkur xulosalar amaliy ko‘rsatkichlarga, matematik-hisob kitoblarga asoslangan bo‘ladi.
Sotsiologiya fani takomili umumiy va ijtimoiy psixologiya fanlari bilan ham yaqin hamkorlikda bo‘lishni taqozo etadi. Zero, u yoki bu jamoadagi mehnat unumdorligini o‘rganishni maqsad qilib sotsiologik tadqiqot o‘tkazilayotganda mazkur jamoa tarkibidagi individlarning hatti-harakatlari motivlarini aniqlash, ularni temperamentlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy xulosa qilishda, odamlar bilan jamoada muomala qilishni tashkil etish va ijtimoiy xulqni boshqarishda, albatta, ijtimoiy psixologiya qonuniyatlarini chetlab o‘tish mumkin emas.
Sotsiologiya fani statistika fani bilan ayniqsa yaqin aloqada rivojlanadi. Har bir sotsiolog muayyan mavzuda sotsiologik tadqiqot o‘tkazishni maqsad qilib qo‘yar ekan, u albatta, shu sohadagi predmetning konkret holati va ahvolini, real voqyelik manzarasini statistika manbalaridan topa oladi. Keng ko‘lamdagi konkret sotsiologik tadqiqotlarning sotsiolog tomonidan statistik idoralar xodimlar bilan hamkorlikda o‘tkazilishi ijobiy samaralar berishi shubhasizdir.
So‘nggi yillarda sotsiologiya fanida konkret sotsiologik tadqiqotlar amaliy natijalarining hayotga faolroq va ko‘proq tadbiq etila borishi uning ahloq, estetika, meditsina va pedagogika, rejalashtirish nazariyasi va boshqaruv singari fanlar bilan aloqasini yanada mustahkamlanmoqda.
Sotsiologiya va iqtisod fanining o‘zaro aloqadorligi va hamkorligi tarixga nazar tashlasak, shuningdek, insonlarning moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda esa bozor munosabatlariga o‘tish, meg‘hnatga yangicha munosabatning shakllanishi jarayonida uning ahamiyati yanada ortmoqda. Iqtisod va mehnat sotsiologiyasi kabi fanning maxsus sohalari jamiyatning iqtisodiy hayotiga aloqador bo‘lgan ijtimoiy tomonlarini tadqiq etadi va muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Iqtisod fanining nazariyalari yuqorida tilga olingan sotsiologiyaning sohalariga asos bo‘lib xizmat qilsa, o‘z navbatida shu sohalarda olib borilgan amaliy sotsiologik tadqiqotlar natijalari iqtisod fanlarining rivojlanishi, iqtisodiy muammolarni hal etishga xizmat qiladi.
Sotsiologiya va antropologiya tarixiy jihatdan birgalikda, hamkorlikda rivojlandi, desa bo‘ladi. 1892 yil Chikago universitetida tarixda birinchilardan bo‘lib ochilgan sotsiologiya kafedrasi aslini olganda o‘z tarkibiga antropologiya yo‘nalishini ham olgan60. Uzoq yillar davomida mazkur ikki fan hamkor sifatida qabul qilingan. 1965yilga kelib, antropologiya mustaqil akademik fan maqomini oldi. Angliyada sotsiologiya va antropologiya hamkorlikda rivojlangan A. Radkliff-Braun va B.Malinovskiyning ishlari mazkur ikki fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan. Radkliff-Braun antropologiyani qiyosiy sotsiologiya nomi bilan atagan. Bugungi kunda ham antropologiya va sotsial psixologiyani mustaqil fan ekanligini rad etib, sotsiologiyaning qismi sifatida tan oluvchi olimlar bor.
Sotsiologiya va sotsial ish o‘zaro uzviy bog‘liq fanlar sanaladi. Sotsiologiya jamiyatdagi turli ijtimoiy muammolarni, jumladan sotsial ishning faoliyat doirasiga kiruvchi muammolarni tadqiq etish va taklif-tavsiyalar ishlab chiqish orqali sotsial ish uchun faoliyat dasturini yaratadi, desak bo‘ladi. Tarixga nazar tashlasak, sotsiologiya AQSh va Angliyada ijtimoiy ish sifatida qabul qilingan. Shuning uchun 1940 yilga kelib AQShning ko‘pgina yirik bilim yurtlaridagi sotsiologiya fakultetlarida ijtimoiy ishni o‘qitish to‘xtatilgan. Ammo shunga qaramay bu ikki fanni yagona fan sifatida talqin qiluvchi fikr XX asrning 60 yillariga qadar davom etgan.
Sotsiologiya va tarix fani jamiyat hayotini izchil ravishda o‘rganadigan ikki fan. Sotsiologiya nazariy jihatdan o‘tmish voqyea-hodisalarini tarix fani natijalari, tarixiy manbalardan foydalangan holda o‘rganadi. Tarix asosan jamiyatdagi bo‘lib o‘tgan voqyea va hodisalarni xronologiyasini yaratishga, tarixiy shaxslarning ahamiyati va rolini aniqlashtrishga harakat qilsa, sotsiologiya olingan mazkur ma'lumotlar asosida jamiyatning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aniqlashga intiladi.
Insoniyat tomonidan fan – texnikaning rivojlantirilishi jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashuviga olib keldi. Bu o‘z navbatida sotsiologiya va tabiiy fanlarning hamkorlikda faoliyat olib borishiga sabab bo‘lmoqda. Insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta'siri kundan-kunga ortib borishi ekologik sotsiologiya va demografik vaziyatning keskinlashuvi sotsiologiyasining rivojlanishi va mazkur muammolarni hal etishga jalb qiladi.
Hozirgi kun sotsiologiyasini matematika fanisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki matematik usullarsiz sotsiologiya mavhum qarash bo‘lib qoladi. Matematik usullarning sotsiologiyaning empirik tadqiqotlari darajasida egallagan o‘rni juda muhim.
Shunday qilib, murakkab umumiy va xususiy sotsiologik fanlardan iborat bo‘lgan zamonaviy sotsiologiya tizimi uni ko‘plab ijtimoiy-gumanitar, tabiiy va aniq fanlar bilan keng aloqalarni taqozo etadi. Bu aloqalar ham umummetodologik bosqichda, ham maxsus hususiy fanlar va ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi, bu esa uni zamonaviy fanlar tizimidagi o‘rnini aniqlab beradi. Sotsiologiya ijtimoiy-gumanitar fanlari ierarxiyasida eng yuqori bosqichni egallaydi. Falsafa va tarix bilan birgalikda, u ijtimoiy fanlar tizimining umummetodologik negizini shakllantiradi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin