Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Sotsiologiyaning vazifalari (funksiyalari)



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə11/108
tarix07.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#60888
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Sotsiologiyaning vazifalari (funksiyalari)
Har bir mustaqil fan o‘zining ob'ekti va predmetiga ega bo‘lgan holda ma'lum vazifalarni bajaradi. Sotsiologiya fani ham o‘zining bir qator funksiyalariga ega. Mazkur fanning jamiyat hayoti bilan xilma-xil aloqasi uning bajarayotgan ijtimoiy funksiyalarida o‘z ifodasini topadi.
Gnoseologik funksiya, ya'ni nazariy bilish vazifasi sotsiologiyada jamiyat to‘g‘risidagi yangi konsepsiyalarning yaratilishi va zamonaviy sotsiologik ilmlarning shakllanishini ta'minlaydi. Har qanday fanda bo‘lgani kabi sotsiologiyada nazariy bilim bilan amaliyotning birlashuvi uning eng asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Sotsiologiyaning boshqarish funksiyasi deyilganida, fan tomonidan taklif qilingan yangi boshqaruv usullari va muammolarni hal etish yo‘llari tushuniladi.
Axborot yetkazish funksiyasi orqali sotsiologiya butun jamiyatga, olimlarga yangi bilimlarni yetkazishi tushuniladi.
Tashviqot funksiyasi nafaqat sotsiolog olimlar yoki biror guruh vakillariga nisbatan, balki barcha jamiyat a'zolariga qarata amalga oshiriladi.
Tashkillashtirish funksiyasi orqali sotsiologiya keng jamoatchilikni birlashtirish, ishlab chiqarishda, dam olish sohasida yoki siyosatda biror yo‘singa yo‘naltirishda namoyon bo‘ladi.
Sotsiologiyaning bashorat funksiyasi asosan siyosiy hayotda, marketing tadqiqotlarida, OAV tadqiqotlarida va boshqa sohalarda o‘z ifodasini topadi. sotsiologik tadqiqotlarning ko‘pchiligi amaliy muammolarni hal etishga qaratilgan. Amaliy tadqiqotlar orqali olingan ijtimoiy bilimlar ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi haqida ilmiy asoslangan xulosalarni ishlab chiqish orqali kelajakdagi muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi. Shuning uchun sotsial rejalashtrish ijtimoiy tizim qanday bo‘lishidan qat'iy nazar barcha mamlakatlarda rivojlanmoqda.
Bundan tashqari sotsiologiyaning dunyoqarashni shakllantirish, metodologik, ijtimoiy va insonparvarlik kabi funksiyalari ham mavjud.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin