Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Sotsiologiya faning metodlari va metodologiyasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə12/108
tarix07.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#60888
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Sotsiologiya faning metodlari va metodologiyasi
Sotsiologiya fan sifatida shakllanishini boshlagach, uning asoschilari bo‘lmish O.Kont, E.Dyurkgeym, M.Veber va boshqalar tomonidan fanning ilmiy metod57larini yaratish ishlari boshlab yuborilgan.
Sotsiologiyada metodlar deyilganida, sotsiologik bilimni asoslab berish va ko‘rish usuli, sotsial tizimlarni nazariy va empirik o‘rganishning amallari tushuniladi. Bugungi kunda sotsiologik metodlar ikkiga: nazariy va amaliy-empirik metodlarga ajratiladi.
Sotsiologiya fanining murakkab vazifalarini nazariy jihatdan hal etishga qaratilgan quyidagi nazariy metodlari mavjud: qiyoslash va taqqoslash; nazariy metod (fikrlash orqali mavhumlikdan aniqlik sari); induktiv va deduktiv metod; izohlash metodi; prognozlash metodi; integratsiya metodi.
Sotsiologiyaning amaliy-empirik metodlari jamiyatda kuzatilayotgan yoki o‘rin topishi mumkin bo‘lgan turli amaliy muammolarni hal etish, tadqiq etishga qaratilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
- eksperiment metodi;
- kuzatish metodi;
- hujjatlarni tahlil etish metodi;
- so‘rov metodi.
Fanda qo‘llaniladigan metodlarning yig‘indisi shu fanning metodologiyasini58 tashkil qiladi. Metodologiya qo‘yilgan muammolarni yechish usullarini tanlab, ilmiy yechimning yo‘nalishlarini va bosqichlarini aniqlab beradi. Sotsiologiya fanida ham bir qator metodologiyalar mavjud. Misol uchun funksional metodologiyajamiyatdagi sotsial hodisalarning ahamiyatini aniqlashga harakat qiladi, fyenomenologik metodologiya – jamiyat a'zolarining sotsial mavqye'ini aniqlashga harakat qiladi, tasniflash metodologiyasi esa qo‘llanilishiga ko‘ra, klassifikatsiya, guruhlash, taqqoslash, turlash, sistemalashtrish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Undan tashqari sotsiologiya fani ijtimoiy munosabatlarni tadqiq etishda umumiy, mahsus va empirik metodologiya tamoyillariga asoslanadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin