Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashkent state university of economics qayta o’zlashtirish taqdimoti Mavzu: Ijtimoiy iqtisodiy tizimlar mulkchilik munosabati Bajardi: 1- bosqich Msd – 15 guruhi talabasi Abdugopporov Ismoil
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI TASHKENT STATE UNIVERSITY OF ECONOMICS Qayta o’zlashtirish taqdimoti Mavzu: Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari Bajardi: 1- bosqich Msd – 15 guruhi talabasi Abdugopporov Ismoil
Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari
1. Ishlab chiqarish jarayoning mazmuni va o’ziga xosligi
3. Ishlab chiqarish samaradorligi, uning ko’rsatkichlari va omillari
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Ishlab chiqarish jarayoning mazmuni va o’ziga xosligi Ishlab chiqarish jarayoni- bu kishilarning iste'moli uchun zarur bo`lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Bu faoliyat ayriboshlash, taqsimot va iste'mol sohalarida ro`y beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo`nalishini belgilab beradi.
Ma'lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir. Ana shu jarayonda kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan munosabatda bo`ladilar. Ayni mehnat jarayonida kishilar bir-birlari bilan munosabatda ham bo`ladilar. Bu munosabatlarning xarakterlarini, shakllarini va xususiyatlarini o`rganish va ishlab chiqarishni ongli tashkil etish iqtisodiyotning bosh masalasini (iqtisodiy resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi) hal qilishning birdan bir yo`lidir.
Mehnat jarayonida mehnat vositalari bilan bir qatorda insonning o`zi ham kamol topadi, mehnat mahorati ortadi. Ishlab chiqarish jarayoni umuminsoniy kategoriyalar jumlasiga kiradi. Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega.
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov idoralari, moddiy - texnik ta'minot, kommunal va uy-joy xo`jaliklari, turli xil xizmat ko`rsatish sohalari va boshqalardan iborat. Ma'lumki ishlab chiqarish tizimi ehtiyojlar tizimi bilan bevosita bog`liq. Ehtiyojlar turi qancha ko`p bo`lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o`rganish oson bo`lish uchun ishlab chiqarish ikkita katta sohaga : moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishlarga bo`linadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida zaruriy moddiy ne'matlar ishlab chiqariladi. Nomoddiy sohalarda esa turli xil ma'naviy ne'matlar yaratiladi va xizmatlar ko`rsatiladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayoni tovar ishlab chiqarish jarayonidir. Mahsulotning iste'mol xossasi qanchalik muhim bo`lsa, mehnat sarflarini hisobga olish ham shunchalik muhimdir.