Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Oy buyicha jami Oy oxiriga qoldiq Boshqa pul mablag`larining hisobiBoshqa pul mablag`lariga "Bankdagi maxsus schyotlar", "Pul hujjatlari" schyoti va "Yuldagi utkazmalar" schyotlaridagi pul mablag`lari kiradi. 55 "Banklardagi maxsus schyotlar" schyoti respublika xududida va xorijda akkreditivlar, chek daftari, boshqa tulov hujjatlarida (veksellardan tashkari) joriy, aloxida va boshqa maxsus schyotlarda Uzbekiston Respublikasi valyutasida va xorijiy valyutadagi pul mablag`larining mavjudligi va xarakati xakidagi, shuningdek, maksadli moliyalash mablag`larining (tushumlarining) aloxida tarzda saklanishi lozim bulgan kismi xarakati xakidagi axborotni umumlashtirish uchun muljallangan. 55 "Banklardagi maxsus schyotlar" schyotida kuyidagi subschyotlar ochilishi mumkin: 55-1 "Akkreditivlar"; 55-2 "Chek daftarchalari" va boshqalar. Birinchi subschyotda akkreditivlarda turgan mablag`larning xarakati hisobga olinadi. Hisob-kitoblarning akkreditivlarda turgan mablag`larning xarakati hisobgna olinadi. Hisob-kitoblarning akkreditivlar shaklida amalga oshirilish tartibi Uzbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan tartibga solinadi. Pul mablag`larning akkreditivlarga utkazilishi 55 "Banklardagi maxsus schyotlar" schyotining debeti va 51 "Hisob-kitob schyoti", 90 "Banklarning kiska muddatli kreditlari" va boshqa shu kabi schyotlarning krediti buyicha aks ettiriladi. Akkreditivlardagi mablag`lardan foydalanishiga karab (bank ko`chirmalariga muvofik), 60 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivlardagi foydalanilmagan mablag`lar bank tomonidan ular utkazilgan tiklangandan sung 51 "Hisob-kitob schyoti" yoki 52 "Valyuta schyoti" debetlanib, 55 "Maxsus schyotlar" schyoti kreditlanadi. Korxona tomonidan takdim etilgan xar bir akkreditiv buyicha 55-1 "Akkreditivlar" subschyotiga doir analitik hisob olib boriladi. 55-2 "Chek daftarchalari" subschyotida chek daftarchalarida bulgan mablag`lar xarkati hisobga olinadi. Hisob-kitoblarni cheklar bilan amalga oshirish tartibi bank koidalari bilan tartibga solinadi. Chek daftarchalarini berish paytida mablag`larni deponentga utkazish 55 "Banklardagi maxsus schyotlar" schyoti debeti va 51 "Hisob-kitob schyoti", 52 "Valyuta schyoti", 90 "Banklardagi kiska muddatli kreditlar" va shu kabi schyotlar kreditlanadi. Bankdan olingan chek daftarchalari buyicha summalar korxonaga berilgan cheklarning tulanishiga karab yakin bankning unga takdim etilgan cheklarga tulanadigan summalarida (bankning ko`chirmalariga binoan) 55 "Bankning maxsus schyotlar" schyotining kreditidan hisob-kitoblarni hisobga olish schyotlarining (76 "Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" va boshqalar) debetiga hisobdan chiqariladi. Berilgan, lekin bank xakini tulamagan (tulashga takdim etilmagan) cheklarga doir summalar 55 "Banklardagi maxsus schyotlar" schyotida koladi. 55-2 "Chek daftarchalari" subschyoti buyicha saldobankning ko`chirmasiga oid saldoga muvofik bulishi kerak. Bankka kaytarilgan cheklar doir (foydalanmay kolgan) summalar 55 "Banklardagi maxsus schyotlar" schyotining krediti buyicha 51 "Hisob-kitob schyoti" yoki 52 "Valyuta schyoti"ning debeti buyicha korrespondentlanadi. Korxonaning xodimlariga kreditorlar korxonalar bilan hisob-kitoblar uchun ularning hisobotiga berilgan chek daftarlaridagi mablag`larning xarkati operativ tarzda nazorat kilinadi. 55 "Chek daftarchalari" subschyoti buyicha analitik hisob xar bir olingan chek daftarchasi buyicha yuritiladi. 55 "Bankdardagi maxsus schyotlar" schyotiga ochiladigan aloxida subschyotlarida bankda aloxida tarzda saklanadigan maksadli moliyalash mablag`larning (tushumlarning) xarakati, jumladan, ijtimoiy muassasalarni (bolalar bogchasi, yaslilar va xokazo) saklash uchun ota-onalardan, boshqa foydalanuvchilardan va uzga manbalardan kelib tushgan mablag`lar; kapital kuyilmalarni moliyalash uchun korxona iltimosiga kura aloxida schyotdan tuplanadigan va sarflanadigan mablag`lar xukumat organlarining subsidiyalari va xokasholar hisobga olinadi. Joriy xarajatlarni (ish xaki, ayrim xujalik xarajatlari, xizmat safari summalari va xokazo) amalga oshirish uchun bankning maxalliy muassasalarida joriy schyotlar ochiladigan korxona tarkibidagi va aloxida balansga ajratilgan filiallar, tarkibiy birliklar yukorida keltirilgan mablag`lar xarakatini aks ettirish uchun 55 "Bankdagi maxsus schyotlar" schyotiga aloxida subschyot ochiladi. Xorijiy valyutadagi mablag`larning mavjudligi va xarakati 55 "Bankdagi maxsus schyotlar" schyotida aloxida hisobga olinadi. Bu schyot buyicha analitik hisobning tuzilishi respublika xududida va xorijda akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa tulov hujjatlarida pul mablag`larining mavjudligi va xarakati xakidagi ma`lumotni olish imkoniyatini ta`minlash lozim. 56 "Pul hujjatlari" schyoti korxona kassasidagi pul hujjatlari (pochta markalari, davlat boji markalari, veksellar xaki tulangan aviapattalar, dam olish uylariga va sanatoriyalarga xaki tulangan yullanma-lar va xokazolarning) mavjudligi va xarakati xakidagi axborotni umumlashtirishga muljallangan. Pul hujjatlari 56 "Pul hujjatlari" schyotida nomli kiymati buyicha hisobga olinadi va ularning analitik hisobi pul hujjatlarining turlari buyicha yuritiladi. 57 "Yuldagi junatma-lar" schyoti yuldagi milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag`lari (ut-kazmalarning) ya`ni korxonaning hisob-kitob schyoti yoki boshqa schyotida kayd etish uchun banklar kassalarida omonat kassalarga yoki pochta bulin-malari kassalariga kiritilgan, lekin xozircha belgilangan maksad buyi-cha kayd etilmagan pul summalari (asosan savdo tushumi)ning mavjudligi va xarakati xakidagi axborotni umumlashtirish uchun muljallangan. Bank muassasalari, omonat kassalari pochta bulinmalarining kvitansiyalari tushumni bank inkassatorlariga topshirish uchun ilova kilinadigan kaydnomalar nusxalari va ush kabilar summalarni (masalan, tushumni topshirishda) 57 "Yuldagi junatmalar" schyoti buyicha hisobga olish uchun asos buladi. Xorijiy valyutalardagi pul mablag`lari (utkazmalarning) xarakati 57 "Yuldagi junatmalar" schyotida aloxida tarzda hisobga olinadi. Shunday kilib, pul mablag`larini yukorida kursatilgan tartibda taftish va nazorat olib borish korxonaning pul mablag`larining samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. Korxoaning iqtisodiy samaradorligini oshirish nafakat ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sifatini va mikdorini oshirish va ularning yukori baxolarga sotish balki mavjud ishlab chiqarish resurslaridagi eng avvalo pul mablag`laridagi samarali foydalanish hisobiga xam erishish mumkin. Buning uchun esa korxonalardagi pul mablag`larining xarakati ularning kelib tushishi va sarflanishi tugrisidagi ma`lumotlarga ega bulish aloxida axamiyatga egadir. Ushbu vazifa esa eng avvalo pul mablag`larini hisobga oluvchi buxgalteriya hisobining schyotlari, ularning subschyotlari va analitik schyotlarida shakllanadigan ma`lumotlarni yakni korxonani boshqarish uchun zaruriyligi nukta-nazaridan yigish kayta ishlash va saklashni tashkil kilish aloxida axamiyatga ega. Shu nukta-nazardan karaganda pul mablag`larining amaldagi hisob tizimini takomillashtirish zaruriyati vujudga kelmokda. Chunki amaldagi hisob tizimi real iqtisodiyot davrida bulib xozirgi bozor munosabatlari talablariga deyarli tula javob bermaydi. Bozor munosabatlarining vujudga kelishi fakatgina korxonalarga eskport va import operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bulgan 52 "Valyuta schyoti"ni kiritishni ta`minlaydi. Yüklə 115 Kb. Dostları ilə paylaş: |