Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i



Yüklə 434,96 Kb.
səhifə9/17
tarix07.11.2022
ölçüsü434,96 Kb.
#67682
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
hisobot

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i.

Soliq to'lovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʼlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasining norezidentlari yer soligʼini toʼlovchilar.(Soliq kodeksining 425-moddasi)
Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
Soliq solish obyektlari
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yuridik shaxslarda boʼlgan yer uchastkalar.(Soliq kodeksining 426-moddasi)
Soliq bazasi
Yer uchastkasining soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni. (Soliq kodeksining 427-moddasi)
Soliq stavkasi
Yer maydoni xususiyatidan kelib chiqqan holda 1 gektar uchun belgilangan soliq summasi. Кonlar va karerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun esa — 0,05 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanishi hamda lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Qishloq xoʼjaligi uchun moʼljallangan yerlar uchun esa – 1 gektar uchun soliq stavkalari normativ qiymatga nisbatan 0,95 foiz miqdorda.(Soliq kodeksining 429-moddasi)


Yüklə 434,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin