Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.
Soliq to'lovchilar
1) O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar.
Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq to‘lovchi hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs ko‘chmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan bo‘lsa, u ham soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
Soliq solish obyektlari
1) ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazuvchi organlarda roʼyxatdan oʼtkazilishi lozim boʼlgan binolar va inshootlar;
2) qurilishi tugallanmagan obʼektlar;
3) temir yo'llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obʼektlarning ajralmas texnologik qismi boʼlgan inshootlar;
4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun koʼrsatilgan turar joy ko'chmas mulk obʼektlari, koʼchmas mulk obʼekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o'tgach.(Soliq kodeksining 411-moddasi)
Soliq bazasi
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan obyektlar;
2) qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar;
3) To'liq amortizatsiya qilingan binoning qayta baholangan (bozor) qiymati;
4) Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obʼektining oʼrtacha yillik qiymati;
5) Temir yoʼllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obʼektlarning ajralmas texnologik qismi boʼlgan inshootlarning oʼrtacha yillik qoldiq qiymati;
6) Konservatsiya qilinishi toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʼchmas mulk va tugallanmagan qurilish obʼektlarining oʼrtacha yillik qoldiq qiymati.(Soliq kodeksining 412-moddasi)
Soliq stavkasi
1) Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 1,5 foiz miqdorida belgilanadi.
2) qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obʼektlarga nisbatan Soliq stavkasi 3 foiz miqdorida;
3) Temir yoʼllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obʼektlarning ajralmas texnologik qismi boʼlgan inshootlar hamda konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari uchun 0,5 foiz.
Soliq imtiyozlari
Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
1) madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot obyektlarining;
2) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan mol-mulkning;