Davlat soliq xizmati organlari tizimi va tarkibiy tuzilmasi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi soliq to'g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash sohasidagi nazorat bo'yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Qo'mita O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, soliq to'lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Qo'mita, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari (keyingi o'rinlarda davlat soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o'rinlarda hududlararo inspeksiya deb ataladi), shuningdek, qo'mita tizimiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g'aznachiligida shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.
Davlat soliq xizmati organlari quyidagilardir: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari.
1-rasm. Davlat Soliq Qo’mitasi tarkibiy tuzilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 26.06.2018 yildagi PQ-3802-sonli.2
Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda samarali soliqqa tortish tizimi va davlat soliq xizmati organlarining uyg‘unlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, soliq nazoratining eskirgan uslub va prinsiplariga asoslangan davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etish mazkur organlar oldiga qo‘yilgan yangi vazifalarni hal qilish, jumladan soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliqlar yig‘iluvchanligining oshirilishini ta’minlash imkonini bermaydi, o‘z yechimini topmagan sezilarli muammolarning mavjudligi ushbu holatni yanada og‘irlashtirmoqda, xususan:
birinchidan, soliq solishning qo‘shimcha manbalarini izlamasdan soliq hisoboti bilan cheklanib qolgan, asosan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq ma’muriyatchiligining past darajasi;
ikkinchidan, soliq ma’muriyatchiligida korrupsiyaviy muhitni shakllantirayotgan, davlat soliq xizmati organlarining deyarli barcha bo‘g‘inlarida xodimlar korrupsiyalashuviga olib kelayotgan sezilarli shart-sharoitlarning mavjudligi;
uchinchidan, soliq ma’muriyatchiligini to‘liq amalga oshirish, soliq solinadigan qo‘shimcha bazani aniqlash, iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirishga imkon bermaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanmaslik;
to‘rtinchidan, kameral nazoratni, jumladan soliq imtiyozlari va preferensiyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan kameral nazoratni amalga oshirish uchun tashqi manbalarni yig‘ishni ta’minlaydigan ta’sirchan dasturiy mahsulotlarning mavjud emasligi;
beshinchidan, soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning turli sxemalari yaratilishiga olib kelayotgan, savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha berilgan vakolatli organlar.