Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Tumanlar, shaharlar va tuman shaharlari davlat soliq inspektsiyalarining tuzilmasi



Yüklə 434,96 Kb.
səhifə3/17
tarix07.11.2022
ölçüsü434,96 Kb.
#67682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
hisobot

2-rasm. Tumanlar, shaharlar va tuman shaharlari davlat soliq inspektsiyalarining tuzilmasi.

  1. Qo’shilgan qiymat solig’i.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi.


Soliq to'lovchilar
1) Oʼzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard so‘mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
3) O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston Respublikasi e’tirof etilsa;
4) faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari;
5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Soliq solish obyektlari
1) realizatsiya qilish joyi O'zbekiston Respublikasi boʼlgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʼyicha aylanma;
2) O'zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish. 
Soliq bazasi
Аktsiz soligʼini (aksiz toʼlanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qoʼllanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
(Soliq kodeksining 248-moddasi)
Soliq stavkasi
1) Bazaviy stavka - 15% (Soliq kodeksining 258-moddasi); .
2) Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar boʼyicha aylanmalar nolь darajali stavka boʼyicha soliq solinadi (Soliq kodeksining 36-bobi).
Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli bo‘lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini ko‘paytiradigan yoki kamaytiradigan barcha o‘zgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga ko‘ra hisoblab chiqariladi.
Farg’ona viloyati Oltiariq tuman Soliq Inspeksiyasi:
Inspeksiyada bo’lgan vaqtim QQS to’lochi yuridik shaxslarni o’rganib chiqdim. O’rganish vaqtida shunga amin bo’ldimki Oltiariq tumanida barcha QQS to’lovchi tadbirkorlar soliqni o’z vaqtida va kechiktirmay to’laydilar. Bunga misol qilib aytadigan bo’lsak “Furuktoviy Sad Vodiy” MCHJ ho’l mevalarni eksport qilishga iqtisoslashtirilgan tashkiloti yaqqol misol bo’la oladi.


  1. Yüklə 434,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin