Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 434,96 Kb.
səhifə4/17
tarix07.11.2022
ölçüsü434,96 Kb.
#67682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
hisobot

Aktsiz solig’i.

Aksiz (fransuzcha: accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim iste’mol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan ma’lum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi.
Soliq to'lovchilar
Аksiz solig'i solinadigan tovarlarni (aksiz toʼlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar, aksiz soligʼi solinadigan (aksiz toʼlanadigan xizmatlar) mobil aloqa xizmatlarini koʼrsatuvchilar, benzin, dizel yoqilgʼisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʼi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilgʼi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar
(Soliq kodeksining 283-moddasi)
Soliq solish obyektlari
1) aksiz soligʼi solinadigan tovarni sotish; .
2) aksiz toʼlanadigan tovarlarni Oʼzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilish;
3) aksiz toʼlanadigan xizmatlar koʼrsatish. 
(Soliq kodeksining 284-moddasi)
Soliq bazasi
1) aksiz toʼlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi;
2) mobil aloqa xizmatlari koʼrsatuvchi yuridik shaxslar aksiz toʼlangan holda koʼrsatilgan xizmatlarning qiymati. 
(Soliq kodeksining 285-moddasi)
Soliq stavkasi
Аksiz toʼlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) boʼyicha soliq stavkalari Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
Aksiz solig’iga tortiladigan ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida:3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining:
2019-yil 15-avgustdan siqilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasini 20 foizga;
2019-yil 1-oktabrdan alkogolli mahsulotning aksiz solig‘i stavkasini o‘rta hisobda 10 foizga, tamaki mahsulotining aksiz solig‘i stavkasini 20 foizga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tomonidan ilgari berilgan, spirt va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga oid litsenziyalarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qildi:
spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga nisbatan yangi litsenziya talablarini, jumladan ishlab chiqarish uskunalarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish, uning mulkdorlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini tasdiqlash;
texnik spirt ishlab chiqaruvchilar faoliyatini litsenziyalash tartibini joriy etish, pivo ishlab chiqaruvchilar uchun esa 2021-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartibni joriy qilish;
litsenziya oluvchilar tomonidan har yili litsenziya to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha talablarni joriy etish, pivo ishlab chiqaruvchilar uchun esa 2022-yil 1-yanvardan boshlab shunday talabni joriy qilish.
O’zbekiston oʻz majburiyatlarini bajarish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan 73 ta tovar pozitsiyasi, shu jumladan elektr teхnikasi (muzlatgichlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari), oziq-ovqat mahsulotlari (margarin, qandolatchilik va boshqa mahsulotlar), gilam mahsulotlari va boshqalar boʻyicha import qilish chogʻida olinadigan aksiz soligʻini bekor qildi.
Import qilinadigan tovarlarning ayrim turlariga aksiz soligʻining bekor qilinishi tadbirkorlik subyektlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi. Bunda ushbu tovarlar boʻyicha narхning vaqtincha pasayishi kuzatiladi.



  1. Yüklə 434,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin