Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq



Yüklə 434,96 Kb.
səhifə11/17
tarix07.11.2022
ölçüsü434,96 Kb.
#67682
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
hisobot

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.

Soliq to'lovchilar
Oʼzbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv isteʼmolini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;
suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
dehqon xo‘jaliklari.
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Soliq solish obyektlari
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari .(Soliq kodeksining 442-moddasi)
Soliq bazasi
Foydalanilgan suvning hajmi Soliq bazasidir(Soliq kodeksining 443-moddasi)
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblar ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suvni iste’mol qilishning texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilganda, soliq bazasi manbaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.
Issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Binolarning bir qismini, alohida inshootlarni ijaraga olgan va suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq bazasini mustaqil ravishda aniqlaydi.
Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmining farqini solishtirish amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.
Soliq stavkasi
Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan 1 kub metr suv uchun quyidagicha


Yüklə 434,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin