Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


T/r Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari



Yüklə 434,96 Kb.
səhifə12/17
tarix07.11.2022
ölçüsü434,96 Kb.
#67682
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
hisobot

T/r

Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari

1 kub. m uchun soliq stavkasi, (so‘mda):




er usti suv resurslari manbalari

yer osti suv resurslari manbalari




1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar, (bundan 2 va 3-bandlarda ko‘rsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar

240

290




2.

Sanoat korxonalari

520

620




3.

Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari

80

100




4.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari

40

40




5.

Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi

2 190

2 190




6.

Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi

27 700

27 700










  1. Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq.

Soliq to‘lovchilar
O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu bo‘limda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi.
Soliq solish obyekti
Foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud bo‘lmaganda esa — soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi.
Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yo‘qotishlar texnologik yo‘qotishlar deb e’tirof etiladi, xususan:
foydali qazilmalarni qazib olish chog‘idagi yo‘qotishlar, shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib bo‘lmaydigan zaxiralari);
uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chog‘idagi yo‘qotishlar;
qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi.
Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi:
soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda shaxsiy xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonunchilikda belgilanadi;
qonunchilikda belgilangan tartibda daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan realizatsiya qilingan foydali qazilmaning hajmi mustasno.
Soliq bazasi
Soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga nisbatan aniqlanadi.
Soliq (hisobot) davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati soliq bazasidir.
Soliq davri. Hisobot davri
Quyidagilar soliq davridir:
yuridik shaxslar uchun — chorak;
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
Quyidagilar hisobot davridir:
yuridik shaxslar uchun — bir oy;
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
«Geologiya-qidiruv ishlarini yanada ragʻbatlantirish va yer qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab:
- muhim tijorat salohiyatiga ega boʻlgan quyidagi foydali qazilmalar ob’yektlari boʻyicha geologik oʻrganish yoki avval oʻrganilgan yer qa’ri uchastkasida qazish ishlari uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini tanlov savdolariga chiqarishning maхsus tartibi oʻrnatiladi:
- uglevodorodlar;
- qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar;
- boshqa turdagi rudali foydali qazilmalar ob’yektlari. Bunda sotuv summasi yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun bonus summasi sifatida qaraladi va tanlov savdolari tashkilotchilarining хarajatlarini chegirgan holda respublika byudjetiga oʻtkaziladi. Tanlov savdolari tashkilotchisi yoki ishtirokchilari qonunchilikda belgilangan tartibda foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) ayrim soliq turlari boʻyicha soliq stavkalarini oshirilgan miqdorda taklif qilish huquqiga ega;
- geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlari oʻtkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi solish ob’yekti hisoblanmaydi;
- geologik oʻrganishlar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik litsenziya toʻlovi joriy qilinadi. Ushbu toʻlov ajratilgan maydon va foydali qazilma turlaridan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan miqdorda hisoblab chiqiladi. Toʻlovning 70%i respublika byudjetiga, 15%i – viloyat mahalliy byudjetiga, 15%i – tuman (shahar) mahalliy byudjetiga yoʻnaltiriladi.

  1. yil 1 oktyabrdan boshlab:

tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi stavkasi 0% miqdorida belgilanadi;
yuridik shaхslar tabiiy gazni import qilishda bojхona bojidan ozod qilinadi.
Vazirlik va idoralarga 2021 yil 1 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 1 yanvardan quyidagilarni nazarda tutuvchi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini kiritish topshirildi:
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini neft va tabiiy gaz boʻyicha 10%gacha, oltin va mis uchun 7%gacha, volfram uchun 2,7%gacha va uran uchun 8%gacha kamaytirish;
yer qa’ridan foydalanuvchilarning kapital хarajatlarini hisobga olgan holda yangi konlarda neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni qazib olishni amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun renta daromadi soligʻini joriy etish;
yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish, keyingi uch yilda ushbu soliq uchun belgilangan soliq stavkasining 50%iga kamaytirilgan stavkani qoʻllash;
2021 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha boʻlgan davrda tabiiy gaz, neft va ayrim turdagi boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq solinadigan bazani ularni tashish hamda qayta ishlash bilan bogʻliq хarajatlar summasiga kamaytirish;
noruda foydali qazilmalar uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini unifikatsiya qilish;
renta daromadi soligʻini toʻlovchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga soliq hisobini AQSh dollarida yuritish huquqini berish.



  1. Yüklə 434,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin