Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Davlat soliq xizmati organlari tizimida yuridik shaxslarga oid axborot- kommunikatsiya texnologiyalari



Yüklə 434,96 Kb.
səhifə16/17
tarix07.11.2022
ölçüsü434,96 Kb.
#67682
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
hisobot

Davlat soliq xizmati organlari tizimida yuridik shaxslarga oid axborot- kommunikatsiya texnologiyalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmon4i bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modernizatsiya qilish orqali soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish loyihasi doirasida:
a) asosiy va zaxira serverlarini, shuningdek, yuridik shaxslarning yagona ma’lumotlar bazasini tashkil etilishi, Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari kompleksining yagona platformasi yaratilishi, soliq organlarining elektron hisoblash texnikalari va kommunikatsiya uskunalari parkini yangilanishi ko‘zda tutilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi — buyurtmachi etib belgilansin;
v) quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Jahon banki tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar;
Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari;
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy- axborot markazi” va “Soliq-servis” davlat unitar korxonalari mablag‘lari.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki men amaliyot davrida Farg’ona viloyati Oltiariq tuman Davlat soliq inspeksiyasidagi muhitni va yuridik shaxslarning soliq to’lashi bilan bog’liq bo’lgan har bir jarayonni tubdan kuzatdim va o’rganib chiqdim. Darhaqiqat soliq inspeksiyasi eng oxirgi rusumdagi kompyuter va dasturiy ta’minot bilan taminlangan va soliqni hisoblab chiqarish jarayonlari ham dasturlar yordamida bajarilmoqda.
Men yana inspeksiyada bo’lgan vaqtimda u yerdagi soliq inspektorlari bilan muntazam aloqada bo’lganligim tufayli shunga amin bo’ldimki ular soliq to’lovchilar bilan tog’ri muomalada bo’lishdi, kerakli ma’lumotlarni ulasha olishdi, soliq siri ga doimo amal qilishdi. Va men ham bundan ozim uchun kerakli ko’nikmalarni oldim.
Bundan tashqari amaliyotda nazariyada o`rgangan bilimlarim orqali amaliyotda yaxshi yutuqlarga erishsa bo`lishini ham tushunib yetdim. Ushbu 3 oylik amaliyot davomida soliq inspeksiyasiga bo`lgan tushuncham tubdan o`zgardi va ancha yaxshilandi. Ushbu amaliyot menga judayam foydali bo`ldi deb, bemalol ayta olaman.
Respublikamizda so‘ngi yillarda soliq islohotlariga alohida e‘tibor qaratilib, soliq organlari faoliyatini tubdan isloh qilish, soliq qonunchiligini soddalashtirish va tadbirkorlik sub‘ektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tendentsiyasi muntazam amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi degan umiddaman.
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan so‘ngi paytlarda qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani rag‘batlantirish, soliq yukini kamaytirish hamda soliq ma‘murchiligini takomillashtirishga qaratilayotganligi alohida ahamiyatga ega. Mamlakatimiz soliq ma‘murchiligini takomillashtirish asosan soliq to‘lovchilar va davlat o‘rtasida soliq munosabatlari samaradorligi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu soliq siyosatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.



Yüklə 434,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin