44
uchun mo‘ljallangan ko‘char mulkni garovga qo‘yib, shuningdek,
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni garovga qo‘yib, qisqa
muddatli (uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga) kreditlar berishdan
iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, mijoz foiz to‘lash sharti bilan
muayyan
muddatga
biror-bir
qimmatbaho
ashyoni
lombard
tashkilotlariga garovga qo‘yadi va garovga qo‘yilgan mol-mulk
qiymatiga teng bo‘lgan summani oladi. Muddat tugagandan keyin
mijoz foiz va garov summalarini to‘lab, garov ashyosini qaytarib oladi.
Lombard tashkilotlari xizmatlari bozorida raqobat yuzaga
kelayotgan sharoitda sifatli va xolis bozor axborotiga, ya’ni lombard
tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi moliyaviy va boshqa sifatli
axborotga ehtiyoj oshadi. Ana shu sharoitlarda aholining lombard
tashkilotlariga nisbatan ijobiy munosabatiga kredit reytinglaridan
foydalanish ta’sir etadi. Xalqaro amaliyotning ko‘rsatishicha, reyting
o‘tkazilishi lombard tashkilotlari faoliyatining shaffofligini muayyan
darajada ko‘tarishga imkon beradi.
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish,
omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya
qilinishini ta’minlash mikrokredit tashkilotlari va lombardlar
faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalarini
amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2011-yil 5-fevraldagi 734-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini
tekshirish tartibi to‘g‘risida” Nizomga muvofiq tekshiruvlar o‘tkazadi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirishni Markaziy bank
tomonidan tekshirish o‘tkazish vakolati berilgan uning tegishli tarkibiy
tuzilmasi amalga oshiradi.
Tekshirish tartibi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: