47
chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun
litsenziyalar berish tartibi”dagi 31-sonli nizom, 1998.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun, 1996
Bu kabi hujjatlar orqali tijorat banklarining faoliyat asoslarini
o‘rganish mumkin.
Qonunchilikka muvofiq tijorat banklari ustidan nazorat qiluvchi
organ sifatida Markaziy bank o‘z vazifalarini bajaradi. Unga ko‘ra
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish,
omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya
qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, mikrokredit tashkilotlari
lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat
qiladi, shuningdek ular tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda
jinoiy
faoliyatdan
olingan
daromadlarni
legallashtirishga
va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni
maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi
ustidan monitoring hamda nazorat qiladi.
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar
va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda
bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga
oshiriladi.
Tijorat banklarini tashkil qilish 11-fevral 1999-yilda qabul qilingan
“Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi
to‘g‘risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib borilar edi. Bu qonunga
2009-yil 15-avgustda 703 son bilan o‘zgartirish kiritilgan va hozirda
banklar ushbu qonun asosida tashkil etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: