Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

2.
 
Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi. 
Bu bosqich uch davrni o‘z ichiga oladi: 
Bank ochish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga murojaat qilish. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar 
ilova qilinishi kerak: 
- yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha hujjat; 
- muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan 
hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis 
etuvchilar jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial 
tasdiqlanadi; 
- muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va 
muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi; 
- bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va 
ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini 
saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi 
tomonidan tasdiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi. 
Qayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning 


51 
banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina 
imzolanadi va tasdiqlanadi. 
Bulardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar: bank kengashi a’zolari ro‘yxati (kengash raisi, uning 
birinchi o‘rinbosari) ko‘rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy 
bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar, yangi 
tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi, ichki audit to‘g‘risidagi
Nizomi, kredit siyosati to‘g‘risidagi Nizomi, biznes rejasi, ariza 
topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini 
tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan joydagi Markaziy bank bosh 
boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi 
haqidagi 
xulosasi, 
muayyan 
hududida 
bank 
tashkil 
etish 
mo‘ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv 
organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi lozim. 
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar 
(ta’sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi. 
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda 
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana 
quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi: 
- tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi 
haqidagi qarori; 
- norezident bankning O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi 
konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi; 
- bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan 
muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va 
xususan, qaytarib berish sharti bilan o‘z mamlakatida pul depozitlari 
va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqlovchi xat; 
- bank nazorati organining muassis bankning o‘zi joylashgan va 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma 
tasdiqnoma; 
- muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun tuzilgan, 
auditorlik firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda va 
zararlar haqidagi konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti; 
- bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning 
ustav kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki 
bunday ruxsatnoma muassis bank mansub bo‘lgan davlatning qonun 
hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma tasdig‘i. 


52 
Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy 
shaxslar tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy shaxs 
tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo‘ladi. 
Banklar Markaziy bankda Tijorat banklarini ro‘yxatga olish 
kitobida ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini 
oladilar. Ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda ularga litsenziya beriladi. 
Bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olish uchun muassislar 
dastlabki ruxsat olingan kundan boshlab uzog‘i bilan olti oy muddatda 
quyidagi talablarni bajarishlari shart: 
a)
muassislarning vakolatli shaxsi imzolagan bankni ro‘yxatga
olish va litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish; 
b)
bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olish uchun ushbu Nizomda 
nazarda tutilgan barcha zaruriy talablarni bajarish; 
v) bank binolari muhofazasini ta’minlash hamda muhandis-texnik 
qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash, dasturiy mahsulotlarni tayyorlash; 
g) Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan kam 
bo‘lmagan miqdorda bank ustav kapitalini shakllantirish hamda ustav 
kapitaliga yo‘naltirilgan to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni va muassislar 
ro‘yxatini taqdim etish; 
d)
bank boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter 
va uning o‘rinbosarlari egallab turgan lavozimlariga kasbiy 
muvofiqliligini baholash bo‘yicha Markaziy bankning ijobiy xulosasini 
taqdim etish; 
e)
sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning fayl 
(elektron) 
ko‘rinishdagi nusxalarini ham taqdim etish. 
Bankni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilganidan so‘ng 
Litsenziyalash departamenti ochilayotgan bankni mazkur Nizomning 
talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi. 
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi 
qaror Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab 
bir oy ichida qabul qilinadi. 
Quyidagilar bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berishni rad 
etish uchun asos bo‘ladi: 
a)
ta’sis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos 
kelmasligi; 
b)
bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi; 
v) 
muassislar 
mablag‘lari 
manbalarining 
deklaratsiya 


53 
qilinmaganligi (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok 
etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari); 
g) bank ro‘yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav 
kapitalining shakllantirilmaganligi; 
d)
bank binolari muhofazasining ta’minlanmaganligi hamda 
muhandis-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanmagani, dasturiy 
mahsulotlarning tayyor emasligi; 
e)
tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga 
nomuvofiqligi. 
Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya bankka unda 
ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradi. 
Tashkil etilayotgan bankni boshqarish imkoniyatlari, umumiy
tavakkalchilik va kapital tuzilmasini o‘rganish asosida ayrim faoliyat 
turlari cheklab qo‘yilishi mumkin. 
Litsenziya uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. 
Chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish uchun banklarga 
«Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish 
uchun litsenziyalar berish qoidalari»ga (ro‘yxat raqami 463, 1998-yil 
3-avgust) muvofiq bosh yoki ichki litsenziyalar beriladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
"Valyutani 
tartibga 
solish 
to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‘g‘risida" hamda "Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash 
to‘g‘risida"gi Qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tijorat banklariga, ularning arizasiga ko‘ra chet el 
valyutasida operatsiyalar o‘tkazilishiga, ularning bunga tayyorligidan 
kelib chiqib litsenziya beradi. 
Litsenziyalar bosh litsenziya va ichki litsenziyalarga bo‘linadi. 
Bosh litsenziya tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi hududida 
hamda chet elda xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish 
uchun berilgan huquqdir. 
Ichki litsenziya tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi 
hududida chet el valyutasidagi operatsiyalarni to‘la yoki cheklangan 
doirada amalga oshirish uchun berilgan huquqdir. 
Chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish uchun bosh yoki ichki 
litsenziya olgan bank (bundan buyon vakolatli bank deb ataladi) 
qonunchilikka muvofiq va litsenziya shartlari asosida o‘z faoliyatini 
amalga oshiradi. 


54 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
tasdiqlagan 
talabnomalar 
asosida 
tijorat 
banklari 
chet 
el 
valyutasidagi 
operatsiyalarni amalga oshirishga qay darajada tayyor ekanligi 
aniqlanadi. Mazkur talablar malakaviy va texnik talablarga bo‘linadi. 
Tijorat banklari litsenziya olish uchun mazkur qoidalarning 
ilovasida ko‘rsatilgan hujjatlarni topshirishlari kerak. 
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hujjatlarni O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq 
holda taqdim etadilar. 
Bir yildan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan, ya’ni to‘la moliyaviy 
(operatsiya) yilini tugatgan va rasmiy yillik hisobot tayyorlayotgan 
tijorat banklarining arizalarigina ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. 
Litsenziyalar xorijiy kapital ishtirokidagi banklar belgilangan 
muddatdan ilgari berilishi mumkin. Xususiy tijorat banklariga chet el 
valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar 
ularning faoliyatiga olti oy to‘lishi bilan berilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin