Litsenziyaning bekor qilinishi:
-
tijorat banki tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatiga
nisbatan qo‘llaniladigan qattiq huquqiy sanksiya;
-
qonun buzilish holatiga davlatning o‘z boshqaruv muassasasi
Markaziy bank orqali bildirilgan munosabati;
-
bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi.
Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo‘lib turadi,
ammo bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydi.
Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan
qo‘llanadigan og‘ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo
choralari natija bermagan quyidagi hollardagina qo‘llaniladi:
-
bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, passivlari aktivlaridan ortib
62
ketganida;
-
litsenziya berilishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning haqiqiy
emasligi aniqlanganda;
-
bank o‘z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini
o‘tashga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda;
-
hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;
-
bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga
xilof tarzda amalga oshirilganida;
-
litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida
bank operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida;
-
O‘zbekiston Respublikasida sho‘‘ba bank ochgan xorijiy bank
litsenziyasining chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida.
Litsenziyani bekor qilinishi Markaziy bankka tijorat bankning
sudga murojaat qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos
bo‘ladi. Buni Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish
komissiyasi amalga oshiradi.
Likvidator (tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda
aksionerlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi
qaror kuchga kirgan kundan boshlab 3 kun mobaynida tayinlanadi.
Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari
talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. Bankni tugatish jarayoni
Markaziy bank boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish
to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi.
Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar hisob
varag‘ida hisobda turgan mablag‘lari tugatuvchi tomondan bankni
tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim
etilgandan so‘ng bankning tugatish hisob varag‘ida aks ettiriladi.
Markaziy bank tomonidan tugatish jarayoni boshlangandan so‘ng
cheklashlar kiritadi, ya’ni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa
organlar vakolatlari to‘xtatiladi. Bank hisobidan va nomidan hech
qanday ish bajarilmaydi, qarz majburiyatlari muddati o‘tgan
hisoblanadi. Bankning tugatilish jarayoni quyidagi bosqichlardan
iborat:
-
moddiy nazorat va inventarizatsiya;
-
aktivlarni tekshirish;
-
aktivlarni baholash va sotish;
-
sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;
63
-
tugatish jarayonini aniqlash.
Markaziy bank tugatish jarayonini nazorat qilib turadi. Bankni
tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan
amalga oshiriladi. Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatishdan
bosh tortishi, shuningdek, bankni majburiy tugatish to‘g‘risidagi qarori
yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish mumkin
Bankni tugatish jarayoni ikki xil bo‘lishi mumkin: ixtiyoriy tugatish
yoki majburiy tugatishdir.
Bankni ixtiyoriy tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida
majburiyatlar bajarilishini ta’minlash imkoniga ega bo‘lgan bank
aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda
tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda amalga oshirilishi
mumkin.
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida
ko‘zda tutilgan tartibda bank qonunchiligida belgilangan xususiyat-
larni hisobga olgan holda tugatiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining 9-noyabr 1998-yildagi “Banklarni
tugatish tartibi to‘g‘risida” nizomi banklarni tugatish tartibini nazariy
asoslari keltirilgan.
Bankni tugatish – boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy
vorislik tartibida huquqlar va majburiyatlar o‘tmagan holda bank
faoliyatini tugatishdir. O‘zbekiston Respublikasidning “Banklar va
bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasiga asosan tijorat
banklari quyidagi hollarda faoliyatini to‘xtatish yoki faoliyatini
tugatish mumkin:
aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra;
Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida;
bankrot deb e’lon qilinganda.
Markaziy bank quyidagi hollarda bank operatsiyalarini amalga
oshirish uchun berilgan litsenziyani chaqirib olishi mumkin:
bank
to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganida, passivlar
aktivlardan ko‘payib ketganida;
litsenziya berishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi
aniqlanganda;
bank o‘z omonatchilari va boshqa kreditorlari oldidagi
majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmaganida;
hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;
64
qonun hujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank
operatsiyalari amalga oshirilganda;
litsenziya berilgan paytdan e’tiboran bank operatsiyalarini
amalga oshirish bir yildan ortiq muddatga kechikkanda;
monopoliyaga qarshi qoidalar buzilganda;
ichki nazorat qoidalari hamda jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga
taqdim etish tartibi buzilganda;
O‘zbekiston Respublikasida o‘z sho‘ba bankini tashkil etgan
chet el bankidan litsenziya chaqirib olinganda.
Banklarning qo‘shilishi va yutilishiga ta’rif va umumiy tavsif
Iqtisodiyotning bank sektori oxirgi o‘n yilliklar davomida butun
jahonda
keskin
o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, ushbu
o‘zgarishlar moliya bozorlarining globallashuvi, moliya sektorining
konsolidatsiyalashuvi bilan tavsiflanadi va bu jarayonlar moliyaviy
muassasalar sonining qisqarishi, bank biznesi sohasining kengayishida
namoyon bo‘lmoqda. Bank biznesi o‘z navbatida biznesning
baynalminallashuvi va mahsulotlar qatorining diversifikatsiyalashuvi,
shu jumladan banklar tomonidan nobank mahsulot va xizmatlar
taklifining kengayishida o‘z aksini topmoqda. Moliya sektoriga
ko‘pchilik davlatlarda soliq qonunchiligining o‘zgartirilishi va qayta
tartibga solinishi katta ta’sir o‘tkazmoqda.
Banklarning qo‘shilishi va yutilishi: umumiy yondashuvlar va
texnologik jihatlar.
1.
Qo‘shilish va yutilishning sabablari.
Zamonaviy korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti
kompaniya va banklarning qo‘shilishi va yutilishining bir qator
sabablarini ko‘rsatib bermoqda. Ushbu sabablarni birma-bir ko‘rib
chiqamiz.
Qo‘shilishi va yutilish natijasida
Dostları ilə paylaş: |