70
xorijiy davlat banki litsenziyasining qaytarib olinishi.
Bank tomonidan yo‘l qo‘yilgan omonatchilar va kreditorlar man-
faatlariga real xavf soluvchi tartibbuzarliklarga quyidagilar kiradi:
a)
amaldagi qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatla-
rining buzilishi;
b)
xavfli yoki nosog‘lom bank faoliyatining yuritilishi;
v) bankning Markaziy bank ko‘rsatmalarini atayin va uzoq muddat
bajarmasligi;
g) bank tomonidan hujjatlar yoki yozishmalarning Markaziy bank
inspektorlaridan yashirilishi yoki bank nazorati xizmatiga talab etilgan
hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortilishi.
Bank kapitalining yetarlilik koeffitsienti darajasi Markaziy bank
belgilagan ushbu iqtisodiy me’yorning 75 foizidan kam bo‘lishi, bank
ketma-ket keluvchi har uch chorakda bank regulyativ kapitalining 10
foizidan yoki vaqtdan qat’iy nazar regulyativ kapitalning
50 foizidan ortiq miqdorda potensial zarar ko‘rishi yoki ko‘rishi
mumkin ekanligi, omonatchilar va kreditorlarning bankka ishonib
topshirgan mablag‘lari butligiga real xavf soluvchi boshqa hollar bank
faoliyati omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soladi deb
tan olinadi. Bular ham bank faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib,
banklarini tugatilishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: