74
4-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING PASSIV
OPERATSIYALARI TARKIBI VA ULARNING JOYLASHISHI
Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi
Resurs – fransuzcha «ressourse»
14
so‘zidan olingan bo‘lib, pul
mablag‘lari, yordamchi mablag‘,
imkoniyat, zaxira, mablag‘ va
imkoniyatlar manbayi, daromadlar manbayi, xom ashyo degan
ma’nolarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Iqtisodiy manbalarda «resurs» so‘zi turli xil ma’nolarda, ya’ni,
tabiat resurslari, moliyaviy resurslar,
iqtisodiy resurslar, inson
resurslari va boshqa ko‘rinishlarda tez-tez uchrab turadi. Shundan
iqtisodiy resurslarni jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida
taqsimlanadigan iqtisodiy imkoniyatlarining asosiy elementlaridan
biri deb hisoblash mumkin.
Undan iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning aniq maqsadlariga erishishda foydalaniladi. Iqtisodiy
resurslar asosiy qismi, bu moliyaviy resurslar bo‘lib, bu resurslar
iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlash uchun foydalaniladigan pul-
kredit va byudjet mablag‘larini tashkil qiladi.
Moliyaviy resurslarning asosiy manbayi bo‘lib, vaqtinchalik
bo‘sh turgan pul mablag‘lari, soliqlar,
jismoniy shaxslarning pul
mablag‘lari, chek-depozit emissiyasi bilan bog‘liq mablag‘lar va
boshqalar hisoblandi.
Iqtisodiy manbalarda va bank mablag‘larining shakllanishi
bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda «bank resurslari», «kredit
resurslari»,
«depozit
resurslari»,
«bank
passivlari»
kabi
tushunchalarni uchratishimiz mumkin va bu tushunchalarga
mualliflar o‘zlarining turlicha ta’riflari orqali izoh berganliklarining
shohidi bo‘lamiz.
Rossiyalik olim O.Lavrushinning fikriga ko‘ra, tijorat banklari-
ning resurslari yoki «banklarning resurslari» bankning ixtiyorida
bo‘lgan o‘z va jalb qilingan resurslarining yig‘indisi bo‘lib,
uning
aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi
15
. Shunday fikrni
boshqa bir guruh mualliflarning ilmiy izlanishlarida ham uchratish
mumkin. Tijorat banklarining resurslari o‘z mablag‘lari va jalb
qilingan mablag‘lar hisobidan tashkil qilinishini ta’kidlash,
bizning
75
fikrimizcha, ularning manbalariga ko‘proq e’tiborni qaratadi. Bank
resurslarining zarurligi bank faoliyatini tashkil qilish va olib borish
natijasida shakllanadi. Banklar tashkil qilinishining ilk bosqichlarida
banklardan avvalambor o‘z kapitalining mavjud bo‘lishi va banklar
keyingi faoliyatlarini olib borishlari uchun esa mablag‘lar jalb
qilinishi talab qilinadi. Shu boisdan, tijorat banklari resurslari
mohiyatini ta’riflaganda nafaqat ularning
qaysi manbalar hisobidan
tashkil qilinganligini e’tiborga olish, balki u mablag‘lar bankning
maqsadli faoliyati uchun zarur va muhimligini hamda ularning
samaradorligiga erishishni ham ko‘zda tutish lozim.
Bank resurslarini puxta o‘rganish uchun ularni guruhlarga ajratib
tasniflash lozim. To‘gri, bank resurslarining turkumlanishi ularni
boshqarishda
jiddiy
o‘zgarish yaratmaydi,
ammo ularni
o‘rganishning tizimli yondashuvini vujudga keltirish uchun asos
yaratadi.
Tijorat banklari resurslarining shakllanishi jihatidan tasniflanishi
bankirlar va iqtisodchi-olimlar tomonidan turlicha o‘rganiladi. Bu
boradagi o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlardan asosiy uch guruhga bo‘lib
o‘rganish mumkin.
Birinchi guruh olimlari – bu guruhga Rossiya olimlaridan –
V.I.Bukato va Yu.I.Lvov larni va boshqa olimlarni kiritish mumkin.
Ular o‘zlarining «Банки и банковские операции вРосии»
16
kitobida «bank resurslarini shakllanishi jihatidan ikkiga bo‘lib
o‘rgangan, ya’ni bank resurslari bankning o‘z kapitali va jalb
qilingan mablag‘lardan iborat» deb ta’kidlovchi olimlardir.
O.I.Lavrushin «Банковское дело» kitobida «tijorat bank resurslari
shakllanishi jihatidan, o‘z resurslari va jalb qilingan mablag‘larga
bo‘linadi»
17
,
– deb aytib o‘tgan. Maslenchenkov Yu.S.
«Финансовий менежмент в коммерческом банке» kitobida:
«bank resurslarini o‘z va jalb qilingan mablag‘lardan
tashkil
topadi»
18
, - deb o‘rganadi. Bularning ishlaridan ko‘rishimiz
mumkinki,
bu
iqtisodchi-olimlar
resurslarning
tarkibiy
shakllanishiga ko‘p e’tibor berib, bank resurslarini faqat ikki
guruhga bo‘lib o‘rganganlar.
Ikkinchi yo‘nalish olimlari, bu guruhga Rossiya olimlaridan –
K.K.Sadvakasov, V.V.Kiselev lar kiradi. Bu guruh olimlari bank
76
resurslarini o‘rganishda tarkibiy jihatdan uch yirik guruhga bo‘lib
tasniflaydilar.
Dostları ilə paylaş: