Nazorat savollari:
1. Bank daromadi qanday manbalar evaziga shakllanadi?
2. Bank harajatlari qanday tavsiflanadi?
3. Marja foizi va u qanday tartibda hisoblanadi?
4. Bankning foydasi qanday tahlil qilinadi?
5. Qanday ko‘rsatkichlar bank foydasining foydalilik dara-jasini
tavsiflaydi?
6. Foydaning mutlaq hajmiga qanday omillar taʼsir o‘tkaza-di va
ular qay tartibda tahlil qilinadi?
7. Bankning to‘lov qobiliyati va likvidligi deganda nimani
tushunasiz?
8. Tijorat banklarning real likvidlik darajasini baholashda qanday
mezonlar asos qilib olinadi?
9. Bank likvidligini aniqlashda qanday ko‘rsatkichlar hisob-
laniladi?
10. Qanday normativlar bank tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan
normativlar hisoblanadi?
98
5-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING AKTIV
OPERATSIYALARI TARKIBI VA ULARNING JOYLASHISHI
Bank aktivlari, ularning mohiyati va mazmuni
“Aktiv” so‘zi lotincha “activus” so‘zidan olingan bo‘lib “faol,
ta’sirchan, ishchan” ma’nosini bildiradi.
Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon
bo‘ladi. Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi
uchun alohida yoki biron bir boshqa resurs bilan birgalikda bevosita
yoki bilvosita pul oqimini taminlashi zarur. Bank aktivlari, bankning
aktiv amalyoti natijasida shakllanadi, ya`ni bank balansini likvid holda
ushlab turib, o‘z va jalb qilgan mablag‘larini foyda olish maqsadida
joylashtirish faoliyatini taminlaydi. Bank aynan aktiv amaliyotlari
natijasida daromadning asosiy qismini oladi.
Bizning fikrimizcha, tijorat banklarining kassali aktivlariga xos
bo‘lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:
a)
kassali aktivlarning likvidlilik darajasi nisbatan juda yuqori
bo‘lganligi sababli ularning daromadlilik darajasi sezilarli darajada
pastdir.
Tijorat banklarining aylanma kassasidagi naqd pullar xalqaro bank
amaliyotida daromad keltirmaydigan aktiv hisoblanadi. Shu bilan bir
qatorda, tijorat banklarining Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik
hisob varaqlarining qoldiqlari ham daromad keltirmaydi, chunki
dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida markaziy banklar mazkur hisob
varaqlarining qoldiqlariga foiz to‘lamaydi.
Tijorat banklarining kassali aktivlarining tarkibida ularning
boshqa banklardagi
«Nostro» vakillik hisob varaqlarining qoldiqlari bank uchun
sezilarli harajatni yuzaga keltiradi, chunki boshqa banklar «Nostro»
vakillik hisob varaqlarini yuritganligi uchun komission to‘lov oladilar.
Inkassatsiya jarayonidagi pul mablag‘lariga kelsak, ularning
daromadlilik darajasi juda past bo‘lib, bu holat undiriladigan
komission to‘lov stavkasining past ekanligi bilan izohlanadi;
b)
kassali aktivlar moliya bozorlari rivojlanmagan mamlakatlarda
tijorat banklari balansining likvidliligini ta’minlash imkonini
beradigan yagona aktivlar guruhi hisoblanadi.
99
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida moliya bozorlari
zaif rivojlangan bo‘lib, bu holat tijorat banklarining likvidliligini
ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qimmatli qog‘ozlar
bozorining rivojlanmaganligi tijorat banklari aktivlarining bir qismini
yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar hisobidan
shakllantirish imkonini bermaydi;
v)
kassali
aktivlar
mamlakatdagi
iqtisodiy
vaziyatning
o‘zgarishiga, moliya bozorlarining segmentlaridagi o‘zgarishlarga
nisbatan sezilarli darajada ta’sirchan bo‘lgan aktivlar hisoblanadi.
Tijorat banklari aktivlarining likvidlilik darajasiga ko‘ra ikkinchi
guruhini ularning qimmatli qog‘ozlarga qilgan investitsiyalari
egallaydi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarning bank amaliyotida hukumatning
qimmatli qog‘ozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori salmoqqa
ega ekanligining asosiy sabablari, fikrimizcha, quyidagilardan
iboratdir:
a)
hukumatning
qimmatli
qog‘ozlari
yuqori
likvidlilik
xususiyatiga ega. Chunki ularga nisbatan qimmatli qog‘ozlar bozorida
doimiy xarakterga ega bo‘lgan barqaror talab mavjud. Bu esa,
hukumatning qimmatli qog‘ozlari hisobidan tijorat banklarining
likvidliligini ta’minlash imkonini beradi;
b)
hukumatning qimmatli qog‘ozlari qat’iy belgilangan foizda
bankka daromad keltiradi. Demak, ular bankning foizli daromadlari
hajmini oshirish imkonini beradi, bu esa, ularning moliyaviy
barqarorligini ta’minlashning zaruriy shartidir.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, rivojlangan xorijiy
davlatlarda tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar portfelida veksellar
bilan bog‘liq aktivlar yuqori salmoqni egallaydi. Buning boisi
shundaki, birinchidan, tijorat veksellari indossament orqali bir
subyektdan ikkinchi subyektga uzatilish xususiyatiga ega. Bu esa,
ularni to‘lov vositasi sifatidagi rolini oshishiga olib keladi.
Ikkinchidan, tijorat banklari vekselni o‘zlarida diskont stavkasi
bo‘yicha hisobga olish yo‘li bilan real daromad oladilar. Bundan
tashqari, tijorat banklari hisobga olingan veksellarni Markaziy bankka
qayta hisobga oldirish yo‘li bilan Markaziy bank kreditlarini olish
imkoniga ega bo‘ladilar.
Hissali ishtirok shaklidagi bank investitsiyalari Germaniya va
100
Yaponiya tijorat banklari amaliyotida keng rivojlangan. Ushbu
mamlakatlarning tijorat banklari mijozlarining ustav kapitalida ishtirok
etish yo‘li bilan ular faoliyatini boshqarish jarayonlariga ta’sir etishni
o‘z faoliyatlarining ustivor yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydilar.
Ayni vaqtda, shuni e’tirof etish lozimki, investitsiyalar ichida risk
darajasi eng yuqori bo‘lgan investitsiya shakli hissali ishtirok
shaklidagi investitsiya hisoblanadi. Chunki oddiy aksiyalarga dividend
sof foyda hisobidan to‘lanadi. Sof foyda esa barcha harajatlar
moliyalashtilgandan so‘ng hosil bo‘ladi.
Demak, rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklarida
qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning asosiy qismi
hukumatning va korporatsiyalarning tijorat qimmatli qog‘ozlariga
qilingan investitsiyalariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasida
esa buning teskarisidir.
Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarni daromadlilik
darajasiga ko‘ra ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin:
1.
Tijorat qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar.
2.
Hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar.
Tijorat
qimmatli
qog‘ozlariga
qilingan
investitsiyalarning
daromadlilik darajasi juda yuqori, shu sababli, ularning risk darajasi
yuqori.
Hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalarning
likvidlilik darajasi yuqori, shu sababli, ularning daromadlilik darajasi
past.
Korxona va tashkilotlar hamda shaxslarga ajratilgan kreditlar:
Mubolag‘asiz, bankning yirik aktivi bo‘lib kreditlar hisoblanadi.
Mablag‘larni turli kredit operatsiyalariga joylashtirayotgan bank
boshqaruvi mijozning kreditga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga
daromad olish birinchi galdagi vazifa deb hisoblaydi. Ma’lum kredit
bitimining likvidlilik darajasi ikkinchi darajali ahamiyatga ega.
Shuningdek, bank boshqaruvi mablag‘larning “kredit portfeli” ichida
taqsimlanish masalasini ham hal etishi lozim, ya’ni muddatli
xaridlarni, savdo sanoat kompaniyalarini, ko‘chmas mulk va
boshqalarni kreditlash kabi turlar o‘rtasida. Bunday taqsimlanishning
asosi bo‘lib kreditlarning nisbiy daromadliligi, shuningdek, turli
turdagi kreditlarga bo‘lgan talab hisoblanadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar – bank aktivlarining
101
asosiy moddalaridan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki bank O‘z
faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish
uchun shart - sharoitga ega bo‘lishi lozim. Bankning asosiy
vositalariga bino - inshootlar, kapital qurilish uchun bank tomonidan
qilingan xarajatlar, ofis va ish mebeli, jihozlar, kompyuter va boshqa
hisoblash texnikasi aloqa vositalari kabilar kiradi. Markaziy Bank
belgilagan me’yorlar tijorat bankining kapital xarajatlari miqdorini
bank aktivining 10 foiz miqdorida cheklaydi
Tijorat banklarining aktivlari o‘ziga xos belgilariga ko‘ra likvidlik
va risk darajasiga qarab hamda daromad keltirishiga qarab bir necha
guruhlarga bo‘linadi.
Bank balansida aktivlar likvidlik darajasiga qarab aks ettiriladi va
likvidlik darajasiga qarab ular quyidagi 3 guruhga:
- yuqori likvidli aktivlar;
- likvidli aktivlar;
- nolikvid (pastlikvidli) aktivlarga bo‘linadi.
1.
Yuqori likvidli aktivlar — bu moliyaviy aktivlar, bir necha kun
ichida oladigan yoki tezda realizatsiya qilib pul mablag‘lariga
aylanadigan aktivlar tushuniladi. Bularga kassadagi pul mablag‘lari,
Markaziy bankdagi korrschyotdagi mablag‘lar hamda yetakchi
rivojlangan banklarda vakillik hisobraqamdagi mablag‘lar.
2.
Likvidli aktivlar — bunga o‘rtacha darajadagi likvid aktivlar
kiradi. Bularga – 30 kun ichida realizatsiya qilinadigan va pulga
aylanadigan aktivlar kiradi. Qisqa muddatli aktivlarga tez sotiladigan
veksellar va boshqa qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar, hukumatning
qimmatli qog‘ozlari kiradi.
3.
Past likvidli aktivlarga — qiyinchilik bilan pulga aylanadigan
aktivlar kiradi., bular: uzoq muddatli kreditlar, investitsiyalar, qiyin
sotiladigan bino va inshootlar hamda muddati o‘tgan qarzlar kiradi.
Yuqori risk darajasiga ega aktivlar (risk koeffitsiyenti – 100 foiz)
quyidagilardan iborat:
a)
bank tomonidan berilgan barcha kreditlar, jumladan, tadbirkor-
lik tuzilmalari, qishloq xo‘jalik, ishlab chiqarish korxonalariga
berilgan kreditlar, shuningdek, iste’mol va ipoteka kreditlari;
b)
bankning asosiy vositalari, inshootlari, jihozlari va shaxsiy
ko‘chmas mulki;
c)
boshqa barcha aktivlar.
102
Daromad keltirishga qarab bank aktivlari: daromad keltiruvchi va
daromad keltirmaydigan aktivlarga bo‘linadi.
Daromad keltiruvchi aktivlar:
•
Daromad keltiruvchi aktivlarni baholash muhim ahamiyatga
ega. Ular kredit salohiyatining asosini va bankning ssuda portfelini
tashkil etadi.
•
Daromad
tahlili
sifat
ko‘rsatkichiga
nisbatan
miqdor
ko‘rsatkichiga ko‘proq tegishlidir, shu sababdan u bank faolyatini
baholashdaa katta ahamiyatga ega. Bank kapitalini oshirish va kredit
potensialini mustahkamlash uning mustaqilligiga bog‘liqdir. Bankning
daromadi asosan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi, kredit qo‘yilmalari
hajmi va bank likvidligiga bog‘liq.
•
Tijorat banki aktivlarining asosiy qismini, odatda mijozlarga
berilgan kreditlar va banklararo kreditlar tashkil etadi.
Daromad keltiruvchi aktivlarga quyidagilar kiradi:
1.
Qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga, mijozlarga, boshqa
banklarga).
2.
Muddati o‘tib ketgan ssudalar bo‘yicha qarzlar va foizlar.
3.
Faktoring, lizing, forfeyteng, trast operatsiyalaridan olinadigan
daromadlar.
4.
Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromadlar.
5.
Berilgan kafolat va topshiriqnomalar keltiradigan daromadlar.
Daromad keltirmaydigan aktivlar:
•
Bank aktivlari hajmida daromad keltirmaydigan aktivlarning
salmog‘ yuqori bo‘lishi bankning resurslar bazasida samarasiz
aktivlarni mavjudligini izohlaydi va likvidlik darajasiga tasir qiladi.
•
Bankka daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan
aktivlarni tahlil qilish, ularrning funksiyalarini iqtisodiy sharoitga
bog‘liq holda aktivlarni tarkibini o‘zgartirib turish kerakligi to‘g‘risida
xulosa chiqarishga imkon beradi. Agar tijorat banklari o‘zlarining ba-
lanslari tarkibini o‘zgartirmasa, bu so‘zsiz yangi inqirozga olib keladi.
Daromad keltirmaydigan aktivlarga quyidagilar kiradi:
a)
pul aktivlari guruh;
b)
asosiy vositalar ;
c)
kapital harajatlar;
g) barcha moddiy aktivlar va boshqa aktivlar;
d) nomoddiy aktivlar kiradi.
|