Derevativ (hosilaviy) vositalar
Bank tomonidan forvard kelishuvlari, svoplar, opsionlar va shunga
91
o‘xshash hosilaviy shartnomalar amalga oshirilganda, u bitimlar to‘liq
nominal qiymatida kredit tavakkalchiligiga uchramaydi. Agar
shartnoma majburiyatlari kontragentlar tomonidan bajarilmagan bo‘lsa,
bank uchun naqd pul mablag‘lari oqimini almashtirishning potensial
qiymati tavakkalchilik hisoblanadi.
Ichki bozorlar Bazel kelishuvi talablariga muvofiq bozor asosida
bitimlar qiymatini belgilash uchun yetarli darajada rivojlanmasa va
banklar bunday operatsiyalarni o‘tkazishga tayyorligini ko‘rsata
olmasa, banklar ichki va tashqi bozorlarda aksiyadorlik kapitali,
oltindan tashqari boshqa qimmatbaho metallar va boshqa tovarlarga
asoslangan forvard va svop kelishuvlari, opsionlar va boshqa shunga
o‘xshash hosilaviy bitimlar tuzishga haqli emas. Hosilaviy vositalarni
o‘z ichiga oluvchi operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma
Markaziy bank tomonidan beriladi.
Hozirgi kunda foiz stavkasi va valyuta bilan bog‘liq barcha
shartnomalar uchun banklar “dastlabki tavakkalchilikka moyillik
usuli” (DTMU)ni qo‘llashlari mumkin. Bu usulga muvofiq qo‘shimcha
ravishda kapital bilan ta’minlash miqdori shartnoma turi, uni to‘lash
sanasi va nominal qiymatidan kelib chiqqan holda qayta hisoblash
omili yordamida aniqlanadi.
Bu usul asosiy omili to‘lash muddati, foiz stavkalari hamda narxlar
tavsifi va ularning o‘zgaruvchanligi bo‘lgan bitim narxlarini tashkil
etishda bozor qonuniyatlari asosida yondoshishni tan olmaydi. Bozor
asosida yondoshish shartnomani aniqroq baholash imkonini beradi.
Biroq DTMU usuli barcha banklar tomonidan bozor usulidan
foydalanish uchun sharoitlar yaratilguncha qo‘llanishi shart.
Banklar 2015–2018-yillarda soliqlar to‘langandan so‘ng qoladigan
sof foydadan ajratmalar ajratish orqali quyida keltirilgan ko‘rsat-
kichlardan kam bo‘lmagan miqdorda kapitalni ko‘paytirish bo‘yicha
barcha choralarni ko‘rishlari lozim.
Bank aksiyadorlariga dividendlar hisobot yili yakunlar va oraliq
devident to‘lanayotgan davr uchun moliyaviy hisobotning ishonchliligi
haqida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda hamda kapitalni
oshirishga ajratmalar amalga oshirilgandan so‘ng to‘lanadi.
Dividendlar
ehtimoliy
zararlarni
qoplash
zaxirasi
shakllantirilgandan hamda Markaziy bank talablariga muvofiq
tuzatishlar amalga oshirilgandan so‘ng to‘lanishi mumkin.
92
Banklar quyidagi hollarda dividend to‘lash (e’lon qilish) to‘g‘risida
qaror qabul qilish huquqiga ega emas:
a)
butun ustav kapitalini to‘liq shakllantirmagan holda (qo‘shim-
cha emissiya qilish yo‘li bilan uni ko‘paytirish bundan mustasno);
b)
dividendlar to‘lash paytida bank iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)
alomatlariga ega bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan alomatlar bankda dividendlar
to‘lash natijasida paydo bo‘lsa;
v) bank sof aktivlari qiymati uning ustav va zaxira kapitali
summasidan kam bo‘lsa;
g) Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarni
buzish, shuningdek agar dividendlar to‘lash natijasida iqtisodiy
normativlar buzilib, buning oqibatida omonatchilar va kreditorlar
manfaatlariga jiddiy xavf tug‘ilishi mumkin bo‘lsa;
d) bankka nisbatan Markaziy bankning dividendlar to‘lashni
to‘xtatish to‘g‘risida talabi mavjud bo‘lsa.
Bank Kengashi har yili bankning kredit va investitsiya siyosatining
asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va tasdiqlash chog‘ida foydadan
kapitalni oshirishga yo‘naltiriladigan ajratmalar miqdorini e’tiborga
olgan paytdan boshlab 30 kun ichida Markaziy bankka ko‘rib
chiqish uchun taqdim etilishi kerak.
Xalqaro
bank amaliyotida tijorat banklarining
moliyaviy
barqarorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich bank kapitalining
yetarliligi va uni barqaror manbalar hisobidan shakllantirilganligidir.
Tijorat banklari kapitalining yetarliligi deganda, odatda, bankning
to‘lovga qobilligi va likvidligini ta’minlash imkonini beradigan
kapitalning zaruriy minimal darajasi tushuniladi.
Bugungi kunda tijorat banklari bajarayotgan barcha operatsiyalar
bevosita yoki bilvosita bank kapitalining yetarliligi va uning sifatiga
bog‘liq bo‘lib, har qanday tijorat bankining to‘lovga qobilligini va
risklardan holiligini baholashda bank kapitalining yetarliligi asosiy
omil hisoblanadi. Tijorat banklarining yetarli miqdorda bank kapitaliga
ega bo‘lishi, ularning to‘lovga qobilligi va likvidligini ta’minlash,
shuningdek, faoliyati davomida duch keladigan risklardan zarar
ko‘rmay chiqib ketish imkoniyatini beradi.
Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida tijorat
banklari kapitalining tarkibini shakllantirishda va uning yetarlilik
darajasini belgilashda xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab
93
chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanilmoqda.
Bazel qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishi bank tizimi uchun
o‘z kapitaliga sifat va miqdor jihatdan yetarli talablarni o‘rnatish yo‘li
bilan mustahkam faoliyatni ta’minlashdan iboratdir. Bu o‘rinda asosiy
hujjat bo‘lib, 1988-yilda Markaziy bank vakillari tomonidan ishlab
chiqilgan va 1993-yilda amaliyotga joriy qilingan kapital va risk
bo‘yicha Bazel-1 kelishuvi hisoblanib, unda kapital yetarliligi
me’yorini hisoblash uslubi keltirilgan.
Kapital yetarliligini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan mazkur
uslub kapital summasi bilan bank aktiv operatsiyalarining riskliligi
o‘rtasida o‘rnatilgan bog‘liqlikka asoslanadi. Ushbu bog‘liqlik o‘z
kapitalini riskka tortilgan aktivlarning jami miqdoriga yoki potentsial
kreditlar, investitsiyalar hamda boshqa qo‘yilmalar bo‘yicha
yuqotishlarning jami miqdori nisbati bilan aniqlanadi.
Ushbu standartda kapital sifat jihatidan ikkita yirik qismga
ajratilgan va ularning har biriga nisbatan yetarlilik darajasi aniqlangan.
Bazel standarti bo‘yicha tijorat banklari kapitalining yetarliligi
aniqlanayotganda ularning aktivlari risk darajasiga ko‘ra o‘zaro
farqlanadi. Shuningdek, ushbu standart tijorat banklarining balansdan
tashqari aktivlarining risk darajasini ham hisobga olgan holda kapital
yetarliligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha Xalqaro Bazel
qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standart va uning takomillash-
tirilgan varianti bo‘lgan Bazel-II kelishuvida tijorat banklari kapitali
tarkibini shakllantirishga bevosita ta’sir qiluvchi talablar mavjud.
Xalqaro Bazel standarti bo‘yicha banklarning asosiy kapitali
barqaror moliyalashtirish manbalaridan tashkil topishi lozim.
Bazel-II talablarini joriy etish bo‘yicha Markaziy bank asosiy rol
o‘ynaydi. Yangi talablar Markaziy bank tomonidan belgilangan
me’yoriy hujjatlarda, risk – menejment usullarida va texnologiyalarda
ham aks ettirilishi lozim.
Tijorat banklari passiv operatsiyalari hajmi, barqarorlik darajasi va
shakllanish manbalari ularning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining
chuqurlashuvi
va
iqtisodiy
islohotlarning
keng qamrovliligi,
shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi tijorat banklari passiv
operatsiyalari, yoinki ularning depozit siyosatining ahamiyatini
94
oshirmoqda. Tijorat banklari depozit siyosati samaradorligini ta’min-
lash bevosita ularning moliyaviy jihatdan barqaror resurs bazasini
shakllantirish imkoniyatini beradi.
Shu bois, tijorat banklari depozit siyosati ularning asosiy
vazifalaridan biri bo‘lib, banklarning aktiv operatsiyalari natijas ida
shakllantirilayotgan daromadlari hajmi ushbu siyosatning samarador-
ligiga bevosita bog‘liq.
“Depozit siyosati” so‘zining iqtisodiy mohiyatidan ko‘rinib
turibdiki, “saqlashga topshirilgan” qiymat, buyum yoki boshqa
predmetni “boshqarish” zarurligini angalatadi.
“Siyosat” tushunchasi – filosofiya ensiklopedik lug‘atida “Siyosat–
ham amaliy munosabatlar, ham mafkura sifatida iqtisodiy jarayon
harakati bilan umumlashtirilgan va jamiyatning iqtisodiy bazisiga
qurilma bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy qiziqishlar oxir oqibatda siyosiy
harakatning sababi sifatida maydonga chiqadi”.
Vebstrning lug‘atida “siyosat” tushunchasi “ketma-ket bog‘langan
harakatlarning bajarilish usuli, bu yerda tamoyillar uni amalga
oshirishda tegishli usullar siyosatini aniqlashning asosi sifatida
tushuniladi”.
“Siyosat”ni kelib chiqishini aniqlaydigan jamiyat munosabatlari
sohasi siyosat ta’sirining obyekti bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga,
“siyosat”ni ham biron bir sohadagi faoliyat ham mafkura sifatida
tushunish mumkin.
Shunday qilib, “siyosat” ixtiyoriy sohada ma’lum bir uslublar
to‘plami aniq vazifalarni yechishga qaratilgan tadbirlar majmuyi deb
tushunilsa, unda bankning resurs bazasini shakllantirish bo‘yicha
o‘tkazilayotgan operatsiyalar tavsifi bu siyosatni “depozit siyosati” deb
atashga imkon beradi.
Demak, bizning fikrimizcha, “depozit siyosati” so‘zini alohida olib
qaraydigan bo‘lsak, ushbu so‘z tijorat banklarining muddatli moliyaviy
resurslarni boshqarish ma’nosini anglatmaydi. “Depozit siyosati”
so‘zini, albatta “tijorat banklari depozit siyosati” tarzida qo‘llansagina,
u tijorat banklarida jalb qilingan mablag‘lar doirasida tegishli chora-
tadbirlar ishlab chiqish va boshqarish ma’nosini anglatadi.
Depozitlar banklar tomonidan amalga oshiriladigan depozit
siyosatining asosiy o‘zagini tashkil etadi. Xorijiy va mahalliy iqtisodiy
adabiyotlardan ma’lum bo‘lishicha iqtisodchi olimlar bank
95
depozitining iqtisodiy mohiyatiga turlicha yondashadilar.
Bozor munosabatlari va bank tizimining rivojlanishi bilan bank
resurslarining, jumladan, jalb qilinadigan mablag‘lar strukturasi
o‘zgardi. Ularning asosiy turlari bank mijozlar bilan ishlash jarayonida
jalb qilgan mablag‘lar, ya’ni depozitlar, o‘z qarz majburiyatlarini
chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash bo‘lib, unga depozit va
jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar kiradi. Shuningdek,
jalb qiladigan mablag‘larga banklararo kredit vositasida boshqa kredit
tashkilotlaridan olinadigan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi. Xalqaro
bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-
depozitlar;
-
nodepozit resurslar.
Depozit hisob varaqalari turlicha bo‘lishi mumkin va ularning tas-
niflanishi
asosida
qo‘yilmalar
manbai,
ularning
maqsadli
yo‘naltirilganligi, daromadlilik darajasi va boshqa shu kabi mezonlar
etadi,ammo aksariyat hollarda mezon sifatida pul qo‘yuvchi toifasi va
qo‘yilmani olish shakllari inobatga olinadi.
Pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar
quyidagilarga bo‘linadi:
- yuridik shaxslar (korxonalar va tashkilotlar);
- jismoniy shaxslar;
- yakka tadbirkorlar.
Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga
bo‘linadi:
- muddatli depozit mablag‘lar;
- talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit mablag‘lar;
- aholining jamg‘arma qo‘yilmalari.
O‘z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab
tasniflanadi. Muddatli depozit mablag‘lari ularning muddatidan kelib
chiqib tasniflanadi;
-
3 oy muddatgacha depozitlar;
-
3 oydan 6 oygacha depozitlar;
-
6 oydan 9 oygacha depozitlar;
-
9 oydan 12 oygacha depozitlar;
-
12 oydan yuqori bo‘lgan depozit mablag‘lar.
96
Bank tomonidan jalb qilingan mablag‘larning yuqori likvidlik
darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini
belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib
chiqib turli aktivlarga joylashtiriladi. Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra
depozitlarlarga talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit, jamg‘arma
va muddatli depozitlarni kiritdik. Endi ularning har biriga tavsif
beramiz.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
–
bu bankni
oldindan ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib
olinadigan mablag‘lardir. Ularga hisob-kitob, byudjet hisob–kitoblarini
amalga oshirishi yoki mablag‘lardan maqsadli foydalanish bilan
bog‘liq hisob-varaqalardagi mablag‘larni, boshqa banklarning vakillik
hisobvarag‘idagi qoldiqlarni kiritish mumkin. Talab qilinguncha
depozitlar joriy hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan. Bu hisob
varaqdagi mablag‘lar harakati naqd pul, pul o‘tkazish, boshqa hisob-
kitob hujjatlari bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bu depozit turining
asosiy kamchiligi – ular bo‘yicha juda kam miqdorda foizlarning
to‘lanishi yoki umuman to‘lanmasligidir.
Talab qilib olguncha bo‘lgan depozitlarga banklarning vakil
banklarda ochilgan vakillik hisobvaraqalaridagi mablag‘larini ham
kiritish mumkin. Bu hisobvaraqalar ular hisob kitoblarni va to‘lovlarni
bir tomonlama tartibda yoki bir-birlarining topshiriqlari bo‘yicha
amalga oshirish maqsadida ochilgan. Mazkur bankning boshqa bankda
ochilgan vakillik hisobvarag‘i «Nostro hisobvarag‘i, mazkur bank
boshqa bank uchun ochgan vakillik hisobvarag‘i «Loro» hisobvarag‘i
deb yuritiladi va bunday hisobvaraqalarini ochish banklararo
imzolangan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Bu hisobvara-
qalardan to‘lovlar, qoidaga ko‘ra, ulardagi mablag‘lar hajmi
chegarasida amalga oshirilishi kerak. Ular bo‘yicha mavjud mablag‘-
lardan ko‘proq operatsiyalar o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda, vakilga
alohida balans hisobvarag‘idan overdraft krediti berilishi mumkin.
Talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarga kontokorrent hisobva-
rag‘i mablag‘larini ham kiritish mumkin. Xalqaro bank amaliyotida
talab qilib olinguncha yuqoridagi depozitlardan tashqari nau-
hisobvaraqalar (uchinchi shaxs foydasiga hisob hujjatlarini yozib
berish), bank tomonidan belgilanadigan hisob cheklari ham kiritiladi.
Talab qilib olingungacha saqlanadigan depozitlar quyidagi
97
xususiyatlarga ega:
-
depozitning bu turida xohlagan vaqtda, xohlagan summada
mablag‘ni qo‘yish yoki olishi mumkin;
-
depozit muddati chegaralanmagan;
-
kam miqdorda foiz to‘lanadi;
-
bu turdagi depozitlar bo‘yicha Markaziy bankka o‘tkaziladigan
majburiy rezervlar salmog‘i yuqori va h.k.
Dostları ilə paylaş: |