banklari
passiv
operatsiyalarining
balansda
joylashishi.
Bank passivlari balansda quyidagi ko‘rinishda joylashadi
№
Ko‘rsatkichlar
Majburiyatlar
1 Talab qilib olinguncha depozitlar
2 Jamg‘arma depozitlar
3 Muddatli depozitlar
4 Depozit sertifikatlari
5 Hukumat hisobvaraqlari
6 Hamma depozitlar
7 MBga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar
8 Hukumatga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar
9 Boshqa banklarga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar
10 REPO va boshqa qarz mablag‘lari
11 Soliq majburiyatlari
12 Boshqa majburiyatlar
13 Chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlar
14 Hamma majburiyatlar
15 Oddiy aksiyalar
16 Imtiyozli aksiyalar
17 Kapital zaxiralar
18 Qayta baholash zaxiralari
19 Taqsimlanmagan foyda
Jami o‘z mablag‘lari
Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.
Depozit va ularning turlari
Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini
84
qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari –
depozit operatsiyalari
deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka
ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali
shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay
shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq
bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish
borasidagi
bank marjasi
(mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Depozit operatsiyalar –
banklarning depozitorlar bilan tuzgan
shartnomalari asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va
jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish
hamda saqlashga doir operatsiyalaridir.
Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga
doir zarur hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda
uning depoziti bo‘yicha operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan
amalga oshiriladi. Uning vakolati amaldagi qonunchilikka muvofiq
asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida yuridik va
jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning subyektlari bo‘la oladi.
Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.
Yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng
kam miqdori har bir bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Bank
qabul
qiladigan
depozitning
eng
ko‘p miqdori
chegaralanmaydi. Barcha depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul
qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar tratta, cheklar, pul
topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllarda kelib
tushsa, ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa
bankning hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu depozitga
kiritilgan hisoblanmaydi.
Tijorat banklari, boshqa xo‘jalik subyektlari singari o‘zining
xo‘jalik va tijorat faoliyatini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda pul
mablag‘lariga, ya’ni resurslariga ega bo‘lishlari lozim.
Bank resurslari banklar tomonidan amalga oshiriladigan passiv
operatsiyalar orqali tashkil topadi va bank balansining passiv qismida
yuritiladi.
Tijorat banki o‘z mijozlarining bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga
olish bilan bir vaqtning o‘zida bu mablag‘larini o‘z vaqtida
qaytarilishini ta’minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank
85
barqaror likvidlikka ega bo‘lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik
tamoyillari tijorat banki mavjudligining zarur shartlaridan bo‘lib, ular
aholining bo‘sh turgan pul mablag‘larining bankka sari oqimini
ta’minlaydi. Undan tashqarii bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam
samarali bo‘lgan holatda mijozlar o‘z
mablag‘larini qaytarib
olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi.
Resurslar yordamida banklarning tashkiliy faoliyati amalga
oshiriladi, kreditlar berish salohiyati to‘lovlar amalga oshiriladi,
banklarning
daromadlari
vujudga
keltiriladi.
Bank resurslari
tarkibida bankning o‘z resurslari alohida o‘rin tutadi. O‘z resurslari
ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital va taqsimlanmagan
foydadan iborat.
Bank o‘z mablag‘i va o‘z kapitali tushunchalari bilan farq qiladi.
«O‘z mablag‘i» tushunchasi keng ma’noli, u o‘z ichiga bankning ichki
faoliyati jarayonida tashkil topgan hamma passivlarni ya’ni bankning
ustav, rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil qilingandagi hamma
rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini oladi.
Bankning o‘z kapitali – bank vaqtincha jalb qilgan qarz
mablag‘laridan farqli o‘laroq, bevosita bankning o‘ziga tegishli
bo‘lgan mablag‘lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar
kapitalidan farqi shundaki, bankning o‘z kapitali aylanma
mablag‘larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40–50 va
undan ortig‘ foizni tashkil qiladi.
Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarishda asosiy e’tibor
bank balansi passividagi mablag‘larning manbalariga qaratiladi. Ushbu
mablag‘lar ikkita yirik guruhga majburiyatlar va kapitalga bo‘linadi.
Majburiyatlar – bank tomonidan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan,
kapital – bankning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Ushbu
mablag‘larning barqaror manbalar hisobidan shakllantirilishi tijorat
banklarining samarali ishlashini va iqtisodiy jihatdan baquvvatligini
ta’minlaydi. Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini
majburiyatlar tashkil etib, ular 80–90 foizdan iborat bo‘ladi.
Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbasiga qarab barqaror
va nobarqaror, ular uchun to‘lanadigan xarajatlar qiymatidan kelib
chiqib, arzon va qimmat mablag‘larga ajratish mumkin.
Tijorat banklarining ikkinchi yirik mablag‘lari manbasini ularning
kapitali tashkil etadi. Bank kapitali tarkibida ustav kapitalining tashkil
86
topishi va barqarorligi jihatidan muhim moliyaviy manba bo‘lib
hisoblanadi. Bank kapitalini boshqarishda asosiy e’tibor ularning
barqaror moliyaviy mablag‘lar hisobidan shakllanishiga va yetarlili-
giga qaratiladi.
Demak, bank resurslarining mohiyatini ochib berishda ularning
shakllanish manbasining asosini tashkil etadigan passiv operatsiyalarni
e’tiborga olish juda muhim hisoblanadi. Tijorat banklarining jalb
qilgan mablag‘larining asosiy qismini depozitlar tashkil etadi.
Depozitlar omonatchilar tomonidan qo‘yilgan yoki operatsiyalar
jarayonida bank hisobvarag‘ida ma’lum vaqtgacha saqlanadigan
mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.
Depozit operatsiyalarga – bankning jismoniy va yuridik
shaxslarning pul mablag‘larini depozitlarga, ma’lum bir muddatga
yoki talab qilib olinguncha depozitga jalb qilish bilan bog‘liq
operatsiyalari kiradi. Depozit operatsiyalarga, odatda banklar
passivlarining 95% gacha to‘g‘ri keladi. Depozit operatsiyalarini
amalga oshirishning asosi bo‘lib, bank balansining likvidligi va uning
tijorat manfaati hisoblanadi.
Odatda, bank resurslari tarkibida omonatlar ulushining tahlili
asosida mamlakat bank tizimiga bo‘lgan aholi ishonchining qay
darajada ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. Shu o‘rinda
respublikamiz bank tizimida aholi omonatlari qoldig‘i o‘sish
tendensiyasiga ega ekanligini aytib o‘tish lozim.
Depozitlar summasining o‘sishi bir vaqtning o‘zida tijorat banklari
jami kapitalining ham ortishini shart qilib qo‘yadi. Shu bilan birga
tijorat banklarining kreditlash potentsiali ham ortadi.
Tijorat banklari resurslari tarkibida muddatli depozitlar muhim
moliyaviy manba hisoblanib, bank resurslari barqarorligi ko‘p jihatdan
shu manbalarning ulushini yuqoriligiga bog‘liq. O‘zbekiston tijorat
banklari resurslari tarkibida depozit mablag‘lari hisobidan shakllantiri-
layotgan mablag‘larining ulushi xalqaro bank amaliyotidagi darajadan
ancha past. Odatda, xalqaro bank amaliyotida ushbu ko‘rsatkich
kamida 60–65 foizni tashkil etadi.
Pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda
tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilinishini
yanada rag‘batlantirish maqsadida majburiy rezervlar normasi, yuridik
shaxslarning muddati 1 yilgacha bo‘lgan depozitlari uchun – 15 foiz,
87
muddati 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlari uchun – 12 foiz,
muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlari uchun – 10,5 foiz miqdorida
qilib belgilandi.
Bank resurslarining aksariyat qismini jalb qilingan mablag‘lar
tashkil etishi bilan banklar iqtisodiyotning boshqa subyektlaridan
ajralib turadi. Odatda, bankning o‘z mablag‘lari 20%gacha yetadi,
boshqa tijorat korxonalarida esa bu ko‘rsatgich 50-60%ni tashkil etadi.
Jahon amaliyotida faqat ratsional tarzda resurslarni taqsimlab
olayotgan banklargina o‘zining likvidlilik darajasini saqlab qolishi
mumkin. Moliyaviy inqiroz davrida banklar aholidan bo‘sh pul
mablag‘larini yuqori foiz stavkalar evaziga jalb qilgan holda keng
tarzda kredit siyosatining depozit siyosatini olib boradi, ammo
ko‘pgina banklarning mijozlarga ajratilgan kredit mablag‘larining o‘z
vaqtida qaytmasligi sababli kapitallashuv darajasini kamayishiga, aks
holda bankrotlik darajasiga olib kelishi mumkin bo‘ladi. Mazkur
holatlarni oldini olish uchun mamlakatimiz miqyosida O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat banklarining kapital-
lashuv darajasini oshirishga harakat qilib kelinmoqda.
Oxirgi paytlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda “sekyuritizatsiya”
terminini tor ma’noda moliyalashtirishning innovatsion shakli sifatida
tushunila boshlandi. Zero aktivlarni sekyuritizatsiyalash tushunchasi,
avval AQSHda va keyinchalik Yevropada ham keng tan olingan
bo‘lib, manbalarni jalb qilishning yangi texnikasini ifodalab kelmoqda.
Sekyuritizatsiya qilishning ahamiyatli tomonlari shundaki, bunda
bank barcha harakatsiz aktivlarini ishga soladi. Bu degani masalan,
ipoteka kreditlari bo‘yicha bir bank tomonidan 1 mlrd. so‘mlik kredit
ajratilgan bo‘lsa va shu bilan birga bankning barcha resurslari ishlatilib
bo‘lingan
taqdirda
bank
resurslarni
shakllantirish
uchun
sekyuritizatsiya operatsiyasiga murojat qilishi zarur. Bunda u yuqorida
keltirilgan summadagi ipoteka kreditini ta’minot sifatida oladi va
bunga mos ravishda, ya’ni 1 mlrd. so‘mlik qimmatli qog‘ozlarni
(masalan, aktsiya) muomalaga chiqaradi. Bundan kelgan, ya’ni
yig‘ilgan mablag‘larni o‘z aktiv operatsiyalarini davom ettirishda
foydalanishi mumkin. Demak, Sekyuritizatsiyalash mexanizmini
quyidagicha tasvirlashimiz mumkin: moliyaviy aktivlar boshqa mol-
mulkdan ajratilgan holda korxona-tashkilotlar balansidan chiqarilib,
“maxsus maqsadli kompaniya/shaxs” (Special Purpose Vehicle)ga
88
o‘tkazilgandan keyin esa Pul bozori yoki Kapital bozorida qayta
moliyalashtiriladigan mexanizm haqida gap ketmoqda. Qayta
moliyalashtirish aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar
(Asset-Backed Securities)ni chiqarish yoxud sindikatlashgan kreditlar
(Asset-backed Loan)ni qabul qilish orqali amalga oshiriladi va bu aniq
bir sharoitlarda quyidagi maqsadlarga erishish imkonini beradi:
1)
o‘z kapitalining daromadliligini oshirishga;
2)
moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalashga;
3)
jalb qilinayotgan moliyalashtirishning qiymatini pasaytirishga
(sekyuritizatsiyalangan qimmatli qog‘ozlarning kredit reytingi emitent
reytingidan balanadroq bo‘lishi mumkinligi hisobiga);
4)
uzoqroq vaqt mobaynida moliyalashtirishni jalb qilishga
(oddiy kreditlash bilan taqqoslaganda);
5)
o‘z kapitali yetarligiga qo‘yilgan talabga rioya qilishga;
6)
kredit riskini keng investorlar doirasi, ya’ni qimmatli qog‘ozlar
egalariga o‘tkazish yo‘li bilan kredit(lizing) portfeli risk darajasini
pasaytirishga va boshqalar.
Tijorat banklari resurslari tarkibida kapitali kamroq ulushga ega
bo‘lsa-da, uning bank faoliyati uchun ahamiyati juda kattadir. Bank
kapitalining ushbu ahamiyatidan kelib chiqib unga qisqacha to‘xtalish
maqsadga muvofiqdir.
«Kapital» termini (lotincha capitalis – bosh, asosiy) asosiy mol-
mulk ma’nosini anglatadi. Bank kapitali o‘z ichiga ustav kapital,
qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali hamda taqsimlanmagan foydani
oladi. Bank kapitali bankning o‘z mablag‘lari tushunchasi bilan
tenglashtiriladi.
Bank kapitaliga berilgan iqtisodiy ta’riflarda uning iqtisodiy
mohiyatini ochib beruvchi u yoki bu jihatlari ifodalangan.
Xorijlik iqtisodchi Kris Barltropning bank kapitalini «qimmatli»
manba sifatida e’tirof etadi. Kapitalning «qimmatliligi» shundan
iboratki, bank o‘z kapitalini shakllantirish va uning miqdorini oshirib
borish maqsadida oddiy aksiyalarni chiqarish, ularni moliyaviy
bozorlarda joylashtirish va ushbu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
xarajatlarni amalga oshiradi. Ushbu jarayon tijorat banki xarajatla-
rining oshishiga va foydasining kamayishiga olib keladi.
Tijorat banklari xususiy kapitalining quyidagi funksiyalari mavjud:
1.
Himoya funksiyasi.Bu –xususiy kapitalning asosiy funksiyasi
89
va umumiy xususiyati hisoblanadi. Himoya funksiyasi zarar ko‘rish
xavfi tug‘ilganda aktiv rezervlar shakllantirish yo‘li orqali bankning
to‘lov qobiliyatini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Garchi bunday
xarajatlarni qoplash uchun maxsus rezervlar mavjud bo‘lsa-da, katta
salbiy hodisalar yuz berganda rezervlar yetmay qolishi va aynan shu
paytlarda aksionerlik kapitalining ma’lum bir qismi ishlatilishi
mumkin. Bunday holatlarda faqat obligatsiyalarni sotishdan tushgan
tushumlar evaziga bankning joriy xarajatlarini qoplash mumkin emas,
chunki obligatsiyalarning o‘zi qarzdorlik guvohnomasidir. Albatta,
bankrotlik yuz berganda yoki bank faoliyati to‘xtatilganda, barcha
mol-mulki auksionda sotiladigan holati mustasno.
Dostları ilə paylaş: |