108
kiradi. Qiymati juda pastligi tufayli bank aktivlari sifatida ularning
Hisobini yuritish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblanadi.
Bunday
tasniflash kreditlarda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud
emasligini bildirmaydi. Lekin banklar o‘z balanslarida bu qarzdorlikning
hisobini yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Bank
garovga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish
choralarini ko‘rishi yoki uni qaytarish choralarini qo‘llashi kerak.
Quyidagi muammolar yoki tavsiflarning
kamida biri mavjud
bo‘lganda aktiv “umidsiz” deb tasniflanadi:
– shartnoma jadvaliga muvofiq oraliq to‘lovlarni to‘lash kuni 180 va
undan ortiq kunga kechiktirilgan bo‘lsa;
– aktiv shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmagan bo‘lsa; sudda
ishni ko‘rish jarayonida bo‘lgan aktivlar;
– qarz oluvchining yomon moliyaviy ahvoli va to‘lovga qodir
emasligi sababli to‘lash muddati uzaytirilgan aktivlar bo‘lsa;
– qarz oluvchi va lizing oluvchidan
undirilgan mol-mulk bank
maqsadlarida foydalanilmaydigan Hamda garovga qo‘yilgan mol-mulkka
bo‘lgan huquqlardan foydalanish yo‘li bilan bank balansiga qabul
qilingan kundan boshlab uch oylik muddatda bank tomonidan
realizatsiya qilinmagan bo‘lsa.
Aktiv shartnomada belgilangan muddatda
qaytarilmasligidan dalolat
beruvchi dalillar yoki alomatlar mavjud bo‘lganda ushbu aktiv Ham
"umidsiz" deb tasniflanadi
Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning
to‘lanmagan summasining 100 foizi miqdorida zaxiralar yaratishi kerak.
Dostları ilə paylaş: