Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

Qoniqarsiz.
Qoniqarsiz. aktivlar aniq ifodalangan kamchiliklar 
belgilariga ega bo‘lib, bu holat dastlabki shartnomaga muvofiq qarz 
qaytarilishi shartlarining bajarilishiga shubha uyg‘otadi. "Substandart" 
sifatida tasniflangan kreditlarda qarz to‘lashning dastlabki manbayi 
qarzga xizmat ko‘rsatish uchun yetarli darajada bo‘lmaydi va bank 
qarzni qaytarish uchun qo‘shimcha manbalar (garovdan undirish va 
qarzdor tomonidan ssuda qaytarilmaganda garovni sotish, asosiy 
fondlarni sotish singari manbalar)ni qidirishga majbur bo‘ladi, 
Shuningdek substandart aktivlar ishonchli joriy moliyaviy ahvol va 
qarz oluvchining to‘lov qobiliyati bilan himoyalanmagan. Substandart 
aktivlar odatdagiga nisbatan qoniqarli joriy moliyaviy axborotning 
yo‘qligi yoki garov hujjatlarining yetarli emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan 
tavakkalchilik darajasi ancha yuqori bo‘lgan kreditlarni ifodalaydi. 
(AV 22.09.2011 y. 632-2-son bilan ro‘yxatga olingan MB 
Boshqaruvining Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) 
Shuningdek, quyidagi muammo yoki xususiyatlardan kamida 
bittasi mavjud bo‘lsa, aktiv to‘lov muddati to‘lgunicha substandart 
sifatida tasniflanishi mumkin: 
a)
asosiy to‘lov manbalari qarz to‘lash uchun etarli emas, bank 
garovga qo‘yilgan mulkni sotish, qarz oluvchining boshqa asosiy 
mablag‘larini 
sotish, 
to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa qarz 
mablag‘larini qayta moliyalash kabilarni hisobga olgan holda 
qo‘shimcha to‘lov manbalarini topishi kerak; 
b)
qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul 
mablag‘larining mo‘ljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash 
uchun yetarli bo‘lmagan hollarda; 
v) qarz oluvchi kapitali ko‘p darajada yetarli bo‘lmagan korxona 
bo‘lgan taqdirda; 
g) ushbu sohaga nisbatan yo‘nalish va istiqbollar barqaror 


107 
bo‘lmagan holda; 
d) kreditlar (aktivlar), garov qiymati asosiy qarz summasidan 
oshmagan, hech bo‘lmaganda asosiy qarzning to‘lanmagan summasiga 
teng bo‘lgan holda (ya’ni kredit qisman ta’minlangan bo‘lsa). 
"Substandart" sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy 
qarzning to‘lanmagan summasining 25 foiziga teng bo‘lgan zaxiralarni 
shakllantirishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin