111
Turli mamlakatlarning valyutalari va xalqaro pul birliklari tuzilgan
xalqaro bitimlariga xizmat ko‘rsatish jarayonida valyuta kursi
aniqlanadi.
Kapitalning xalqaro harakatining tez o‘sishi bilan bog‘liq ravishda
valyuta kursini o‘zgarishiga valyutaning tovarlarni xarid qilish
qobiliyati bilan birga moliyaviy aktivlarni
xarid qilish qobiliyati ham
ta’sir kursatadi.
Qonuniy normalarga va amaliyotga mos holda birjada chet el
valyutasining kursining qimmatli qog‘ozlar kursini yoxud tovarlar
bahosini o‘rnatilishi katirovkalash deb
ataladi yoki qisqacha qilib
aytganda valyuta kursini o‘rnatish katirovkalash deb ataladi.
Jahon amaliyotida katirovkalashning 2 xil usuli mavjud;
1)
to‘g‘ri katirovkalash
. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi
milliy valyutada ko‘rsatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning
bir birligiga to‘g‘ri keladigan miqdor ko‘rsatilsa, bu to‘g‘ri katirov-
kalash deb ataladi. Egri (teskari) katirovkalash. Bunda bir birlik milliy
valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni
bir birlik
milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko‘rsatiladi, masalan;
«Spot-kurs» bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs bu
bir mamlakat pul birligining shartnoma tuzilgan vaqtda o‘rnatilgan
baho bo‘yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan
bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2
ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs–bu
muddatli valyuta bitimlarining kursidir.
Forvard kursi valyutani kelajakda aniq
bir kunga yetkazib berish
sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o‘zida ifoda etadi.
Forvard bitimlari odatda valyuta kurslarining o‘zgarishi natijasida
yuzaga keladigan risklarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim
tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs
bo‘yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi.
Sotuvchi kursi – bankning valyutani sotish kursi. Xaridor kursi –
bankning valyutani sotib olish kursi.
Bu kurslar o‘rtasidagi farq marja
deb ataladi va u xizmat
xarajatlarini qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi.
Valyutaaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlan-
ganligidir. Konvertirlanganlik – darajasiga ko‘ra valyuta kursi 3 ga
bo‘linadi.
112
Erkin «suzib» yuruvchi cheklangan darajada «suzib» yuruvchi.
Qayd etilgan valyuta kurslari.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo‘lgan
bozor talabi va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan.
AQSH dollori, Yaponiya ienasi,
Angliya funt stirlingi; Yevro kabi
valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi.
Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining
o‘zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati)
kursi o‘zgarishiga bog‘liq.
Misol uchun, «Uchinchi dunyo»ning
ko‘pchilik mamlakatlari o‘z valyutalarini AQSH dollariga, Yevropa
mamlakatlarining “EURO”siga va boshqa boshqa xorijiy valyutalarga
bog‘laydilar. Cheklangan darajada “suzib”
yuruvchi valyuta kurslari
kiritilgan mamlakatlar o‘z valyutalarining tebranish chegarasini o‘zlari
hamkorlik qilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar.
Dostları ilə paylaş: