Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

Ixtiyoriy tugatish. 
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish kreditorlar 
va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini ta’minlash 
imkoniyatiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi 
tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul 
qilingan holda amalga oshirilishi mumkin. 
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga 
oladi: 

Bank aksiyadorlar yoki muassislar umumiy yig‘ilishi qaroriga 
asosan bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi 
iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qilishi lozim. Bankni 
ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish to‘g‘risidagi iltimosnoma 
aksiyadorlar yoki muassislar umumiy yig‘ilishi vakolat bergan shaxs 
tomonidan imzolangan bo‘lishi zarur. 

Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma 
bilan birga Markaziy bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak: 

aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish 
to‘g‘risidagi tugatish sabablari ko‘rsatilib qabul qilgan qarori; 

bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan 
Markaziy bankka murojat qilingan vaqtdagi balans hisoboti; 

tugatish komissiyasi a’zolari ro‘yxati; 


69 

aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan tugatish rejasi. 
Markaziy bank iltimosnoma qabul qilingan kundan boshlab bir oy 
davomida bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga rozilik berish 
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Markaziy bank ushbu iltimosnomaga 
rozi bo‘lmasa bank rahbarlari va aksiyadorlariga bankni ixtiyoriy 
ravishda tugatishga rozilik bermasligi to‘g‘risida asoslangan qarorni 
yetkazadi. Markaziy bank zarur hollarda tugatish rejasi va jadvalini 
ko‘rib chiqish yoki boshqa hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishi 
mumkin. 
Likvidator Markaziy bankning tugatish to‘g‘risidagi roziligi 
olingandan keyin, kreditorlar o‘z talablarini bildirishi mumkin bo‘lgan 
manzilni ko‘rsatgan holda ushbu ma’lumotni kamida ikki respublika 
gazetasida e’lon qilishi lozim. 
Talab qilinayotgan barcha choralar bajarilgach tugatish komissiyasi 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlaganidan so‘ng 7 kun ichida 
Markaziy bankka hisobot va tugatish balansini taqdim etishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin