64
qonun hujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank
operatsiyalari amalga oshirilganda;
litsenziya berilgan paytdan e’tiboran bank operatsiyalarini
amalga oshirish bir yildan ortiq muddatga kechikkanda;
monopoliyaga qarshi qoidalar buzilganda;
ichki nazorat qoidalari hamda jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga
taqdim etish tartibi buzilganda;
O‘zbekiston Respublikasida o‘z sho‘ba bankini tashkil etgan
chet el bankidan litsenziya chaqirib olinganda.
Banklarning qo‘shilishi va yutilishiga ta’rif va umumiy tavsif
Iqtisodiyotning bank sektori oxirgi o‘n yilliklar davomida butun
jahonda
keskin
o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, ushbu
o‘zgarishlar moliya bozorlarining globallashuvi, moliya sektorining
konsolidatsiyalashuvi bilan tavsiflanadi va bu jarayonlar moliyaviy
muassasalar sonining qisqarishi, bank biznesi sohasining kengayishida
namoyon bo‘lmoqda. Bank biznesi o‘z navbatida biznesning
baynalminallashuvi va mahsulotlar qatorining diversifikatsiyalashuvi,
shu jumladan banklar tomonidan nobank mahsulot va xizmatlar
taklifining kengayishida o‘z aksini topmoqda. Moliya sektoriga
ko‘pchilik davlatlarda soliq qonunchiligining o‘zgartirilishi va qayta
tartibga solinishi katta ta’sir o‘tkazmoqda.
Banklarning qo‘shilishi va yutilishi: umumiy yondashuvlar va
texnologik jihatlar.
1.
Qo‘shilish va yutilishning sabablari.
Zamonaviy korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti
kompaniya va banklarning qo‘shilishi va yutilishining bir qator
sabablarini ko‘rsatib bermoqda. Ushbu sabablarni birma-bir ko‘rib
chiqamiz.
Qo‘shilishi va yutilish natijasida
Dostları ilə paylaş: