50
uchun taqdim etiladi. Dastlabki ruxsatning olinishi litsenziya
berilishini kafolatlamaydi.
Markaziy bank tomonidan berilgan dastlabki ruxsat u olingan
kundan boshlab olti oydan oshmaydigan muddat davomida o‘z yuridik
kuchini saqlab qoladi.
Quyidagi hollarda dastlabki ruxsat amal qilish muddatidan oldin
bekor qilinishi mumkin:
muassislar yoki bankning rahbar xodimlari tarkibida Markaziy
bank talablariga javob bermaydigan o‘zgarishlarning yuz berishi
yoki yangi ishtirokchilar va bankning rahbar xodimlariga beriladigan
rezyume, shaxsiy balans qaydnomasi, biznes- rejaning va yirik
muassislar yoki rahbarlarga taalluqli bo‘lgan holatlarning o‘zgartiril-
gan qismining taqdim etilmasligi;
bank mulkiy-huquqiy shaklining o‘zgarganligi, biznes-rejadagi
va kapitaldagi muayyan tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi;
muassislar yoki ular bilan bog‘liq shaxslar moliyaviy ahvolining
yomonlashishi; bankni boshqarish xavfsiz va barqaror bo‘lmasligini
ko‘rsatuvchi holatlarning ma’lum bo‘lishi;
qonun hujjatlarini buzganligi uchun jinoiy javobgarlikka
tortilganligining aniqlanishi.
Dostları ilə paylaş: