43
-
guruh a’zolarining soni 3 kishidan kam bo‘lmasligi;
-
guruh a’zolari bir-birini kamida 1 yil mobaynida tanigan hamda
mikroqarz yuzasidan kafillik berishga tayyor bo‘lishi;
-
guruh a’zolarining o‘zaro qarindosh bo‘lmasligi;
-
mikroqarzni o‘z vaqtida qaytarish
imkoniyatining mavjud
bo‘lishi.
Lombard tashkilotlari ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanadi.
Lombard tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish funksiyasi adliya
organlariga yuklangan. Lombard tashkilotlari adliya organlari
tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun qonun hujjatlarida
to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining 4 barobari
miqdorida davlat boji undiriladi. Litsenziyalovchi organ tomonidan
litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun ariza berilgan
kunda qonun hujjatlarida belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi
miqdorida yig‘im undiriladi. Lombard tashkilotlari faoliyatini amalga
oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun to‘lov kunida
qonun hujjatlarida belgilangan eng
kam oylik ish haqining besh
barobari miqdorida davlat boji undiriladi.
Fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘jallangan ko‘char mol
mulkni qisqa muddatli kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul
qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar-litsenziyasi bo‘lgan
lombard
tashkilotlari tomonidan tadbikorlik faoliyati sifatida amalga oshiri-
lishi mumkin. Lombard tashkilotlarida ashyolarni garovga qo‘yish
haqidagi shartnoma lombard tashkilotlari tomonidan garov pattasi
berish yo‘li bilan rasmiylashtiradi. Garovga qo‘yilayotgan ashyolar
lombard tashkilotlariga topshiriladi. Lombard tashkilotlari
garovga
qabul qilingan ashyolarni garovga
qabul qilish paytida shunga
o‘xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi
to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga
sug‘urtalanishi shart. Lombard tashkilotlari garovga qo‘yilgan
ashyodan foydalanish va ularni tasavvur etish haqli emas. Lombard
tashkilotlari ashyolarning yo‘qolishini yoki shikastlanishini yengib
bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga
qo‘yilgan ashyolarning yo‘qolganligi yoki shikastlanganligi uchun
javobgar bo‘ladi.
Bugun respublikamizda 69 ta lombard tashkilotlari faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ularning asosiy faoliyati aholiga shaxsiy foydalanish
44
uchun mo‘ljallangan ko‘char mulkni garovga qo‘yib, shuningdek,
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni garovga qo‘yib, qisqa
muddatli (uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga)
kreditlar berishdan
iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, mijoz foiz to‘lash sharti bilan
muayyan
muddatga
biror-bir
qimmatbaho
ashyoni
lombard
tashkilotlariga garovga qo‘yadi va garovga qo‘yilgan mol-mulk
qiymatiga teng bo‘lgan summani oladi. Muddat tugagandan keyin
mijoz foiz va garov summalarini to‘lab, garov ashyosini qaytarib oladi.
Lombard tashkilotlari xizmatlari bozorida raqobat yuzaga
kelayotgan sharoitda sifatli
va xolis bozor axborotiga, ya’ni lombard
tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi moliyaviy va boshqa sifatli
axborotga ehtiyoj oshadi. Ana shu sharoitlarda aholining lombard
tashkilotlariga nisbatan ijobiy munosabatiga kredit reytinglaridan
foydalanish ta’sir etadi. Xalqaro amaliyotning ko‘rsatishicha, reyting
o‘tkazilishi lombard tashkilotlari faoliyatining
shaffofligini muayyan
darajada ko‘tarishga imkon beradi.
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish,
omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya
qilinishini ta’minlash mikrokredit tashkilotlari va lombardlar
faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalarini
amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2011-yil 5-fevraldagi 734-sonli “O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy
banki tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini
tekshirish tartibi to‘g‘risida” Nizomga muvofiq tekshiruvlar o‘tkazadi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tekshirishni Markaziy bank
tomonidan tekshirish o‘tkazish vakolati berilgan uning tegishli tarkibiy
tuzilmasi amalga oshiradi.
Tekshirish tartibi quyidagicha:
Dostları ilə paylaş: