asosiy vazifalar
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllan-
tirish, qabul qilish hamda amalga oshirish;
- O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini
yaratish;
- banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zahirasini
saqlash va uni boshqarish;
- Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini
uyushtirish.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki quyidagi yumushlarni ado etishi zarur.
24
Iqtisodiyotni
pul-kredit
vositasida boshqarish, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi
sifatida uning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va «O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 23- moddasiga
muvofiq keyingi moliya yili boshlanishiga uzog‘i bilan 30 kun
qolganda bu haqda Oliy Majlisga axborot beradi. Markaziy bank pul
taklifi hajmini o‘zgartirib, ishlab chiqarishning umumiy hajmiga,
bandlik darajasiga va korxonalar faoliyatining o‘sish sur’atlariga ta’sir
ko‘rsatadi. Iqtisodiyotdagi tanglik davrida pul taklifi hajmining
oshirilishi iste’mol va sarmoyaga bo‘lgan talabning o‘sishiga,
binobarin, bandlik, ishlab chiqarish hajmi ortishiga yordam beradi. Pul
yuqori sur’atlarda qadrsizlanayotgan sharoitda Markaziy bank ularni
sekinlashtirish zarurligidan kelib chiqib muomaladagi pul miqdorini
cheklash siyosatini o‘tkazadi, natijada iqtisodiyotda unga bo‘lgan talab
kamayadi, pul bozorlaridagi foiz stavkalari o‘zgaradi, pulning
qadrsizlanishi kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining
asosiy yo‘nalishlari, pul massasi o‘zgarishining aniq maqsadli
mo‘ljallari va pul muomalasini tartibga solish vositalari qonunning
4-qismida yoritilgan bo‘lib, unda Markaziy bankning pul-kredit
operatsiyalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining
asosiy yo‘nalishlarini bir yilga ishlab chiqadi va ular Oliy Majlis
tomonidan tasdiqlangandan so‘ng u mukammal dastur sifatida qabul
qilinadi. Bu dastur iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni,
pul
miqdorining
yillik
o‘stirish
sur’atlarining
maqsadli
ko‘rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyoatini amalga oshirish
yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy iqtisodiy tahlilning
zarurligiga sabab shuki, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga
oshirish
barcha
muhim
makroiqtisodiy
hodisalar;
pulning
qadrsizlanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy qismi va mehnat
resurslarining bandligi, to‘lov balansi bilan chambarchas bog‘langan.
Pul muomalasini boshqarib borish vositalarini quyidagi chizmadan
ko‘rish mumkin.
Undan tashqari, Markaziy bank foiz (diskont) siyosatini, targetlash
va boshqa usullardan foydalanib pul massasini boshqarib borishi
mumkin.
25
Muomaladagi pul massasining hajmini, banklarning likvidligini
muvofiqlashtirish va inflyasiya sur’atlarini tushirish maqsadida
Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy rezervlar me’yorini
o‘rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Minimal zahiralar bu tijorat
banklari resurslarining Markaziy bankda majburiy saqlanishi zarur
bo‘lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig‘ilgan
resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zahira bevosita
banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasada, ularning minimal
likvidligini ta’minlash omili bo‘lishi mumkin. Majburiy zaxira me’yori
hozirgi kunda O‘zbekistonda 15 foizni tashkil qiladi. Markaziy bank
tomonidan zaxira miqdori ba’zi bir omillarni hisobga olgan holda
o‘zgartirilishi mumkin, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga,
banklarning boshqa majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Banklar
Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibiga rioya
qilinishi uchun javobgardir. «Tijorat banklari tomonidan Markaziy
bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida»gi
nizomda belgilangan majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha
banklar uchun taalluqlidir. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd
pul yoki omonatlar ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda
depozitga o‘tkaziladi. Majburiy rezerv talablarining me’yorlari yoki
tarkibi belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda
kamida bir oylik muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki
miqdoriga doir yangi me’yorlarni banklar ana shu muddatgacha
bajarishlari shart. Markaziy bank majburiy rezervlar bo‘yicha foizlarni
to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Zaxira talablarini hisob-kitob
qilishda chet el valyutasidagi mablag‘lar, jismoniy shaxslar depozitlari,
depozit va jamg‘arma sertifikatlari, ipoteka obligatsiyalari chiqarish
yo‘li bilan jalb etilgan mablag‘lar hisobga olinmaydi. Majburiy
zaxiralarni deponentlash bank vakillik hisob varag‘idan pul
mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Majburiy
zaxiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga ruxsat
etilmaydi.
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish
siyosati bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash, veksellarni hisobga olish,
qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olgan holda kreditlar berish va kredit
auksionlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bundan kelib
26
chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi
quyidagi usullarda olib borilishi mumkin:
- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li
bilan kreditlash;
- tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlarni garovga olish
yo‘li bilan kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar
deyiladi.
- to‘g‘ridan to‘g‘ri kredit berish usuli.
Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan
hollarda ular Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va
Markaziy bank kreditidan foydalanishi mumkin. Remoliyalash-
tirishning asosiy maqsadi, pul muomalasi va kredit munosabatlarining
holatiga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Remoliyalashtirish siyosatini olib
bora turib, Markaziy bank oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga
asosan, quyidagi aktivlarni garovga olgan holda 3 oygacha bo‘lgan
muddatda kreditlar berishi mumkin:
- oltin, chet el valyutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi
valyuta boyliklari va boshqa boyliklar;
- davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolatlangan
boshqa qarz vositalari.
Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi
uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va
Markaziy bank ular bilan ushbu qonun doirasida boshqa xil
operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar, to‘lanishiga banklar
asosida kreditlar berishi mumkin.
Bank faoliyatida riskning iqtisodiy asoslangan chegaralardan
chiqib ketmaslik bank sistemasi barqaror ishlashining muhim shartidir.
Risk doiralarini cheklab qo‘yish Markaziy bank tomonidan tijorat
banklari uchun rioya etilishi majburiy bo‘lgan iqtisodiy me’yorlarni
belgilab qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank banklar
uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy me’yorlarni, shu jumladan:
- kapitalning yetarlilik koeffitsiyentini;
- bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;
- yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p
miqdorini;
27
- likvidlilik koeffitsiyentlarini va boshqalarni belgilaydi.
Markaziy bank iqtisodiy me’yorlarning o‘zgarishi to‘g‘risida
kamida bir oy oldin e’lon qiladi. Banklar va ularning filiallari
banklarga oid qonun hujjatlarini, belgilab qo‘yilgan iqtisodiy
me’yorlarni buzgan taqdirda Markaziy bank ulardan ustav kapitalining
eng kam miqdorining 0,1 foizigacha jarima undirish yoxud ayrim
operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab
qo‘yish huquqiga ega.
Hisob-kitoblarni va o‘tkazish operatsiyalarini bajarish. O‘zbekiston
Respublikasi hududida hisob-kitoblar naqd pulli va naqd pulsiz tarzda
amalga oshiriladi. Jami pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz
to‘lovlarga to‘g‘ri keladi. Bunda pulning harakati kredit
muassasalaridagi hisob varaqlarga pul o‘tkazish va o‘zaro talablarni
hisobga olish jarayonida sodir bo‘ladi. Mahsulot sotish ishlarini
bajarish, xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan mablag‘ topish, milliy
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash, bankdan qarz olish va uni
qaytarish, aholiga pul daromadlarini to‘lash va ulardan foydalanish
kabi xo‘jalik munosabatlarining sohalari vositasida naqd pulsiz pul
oboroti xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob varaqlari amal
qilayotgan bank muassasalari orqali o‘tadi. O‘zaro hisob-kitoblar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan va
hamma bank hamda mijozlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalar asosida
olib boriladi. Ushbu qoidalarning bir tarzda qo‘llanishi butun
respublika hududida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi.
Banklar faoliyatini tartibga solish va ularni nazorat qilishdan
asosiy
maqsad
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to‘g‘risida»gi Qonunning 50-moddasiga muvofiq bank tizimini
barqaror tutib turish, omonatchi va kreditorlar manfaatlarini himoya
qilishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri bank
faoliyatiga
ruxsatnoma
(litsenziya)
berishdir.
O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining maxsus komissiyasi bu faoliyat bilan
shug‘ullanishga da’vogarlarning birlamchi hujjatlarini ko‘rib chiqadi,
pul
bozorida
ularning
muomalaga
tayyorligini,
O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki talablariga javob berishini tahlil qiladi va
qaror ijobiy bo‘lgan taqdirda bank faoliyatini amalga oshirish uchun
ruxsatnoma beradi.
28
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank
muassasalarining rivojlanishini har tomonlama hisobga olib, kuzatib
boradi. Kapitalning aynan bir xilligi, likvidlikka doir talablarni o‘z
ichiga oluvchi iqtisodiy me’yorlarni, shuningdek kreditlash hajmi va
limitlarini belgilaydi. Qonunda kredit tashkilotlarning hamma turlari
uchun yagona mazmunga ega bo‘lgan iqtisodiy me’yorlar guruhining
bajarilishi nazarda tutiladi. Kapitalning yetarliligi, aktivlarning sifati,
foydaliligi va likvidligiga qarab tijorat banklarining moliyaviy ahvoli
baholanadi, nochor banklar aniqlanadi.
Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisob-kitoblarda
zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini ado etish
Markaziy bankning pul-kredit siyosatida valyuta-mablag‘laridan
sharoitga qarab foydalanish imkonini beribgina qolmay, balki dunyo
moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan
mamlakatimizning oltin valyuta zaxiralarini qiymatini saqlab turish
imkoniyatini yaratadi. Boshqa moliya muassasalari, korxonalar va
xususiy shaxslar ham xorijiy valyutaga ega bo‘lish va valyuta
operatsiyalarini o‘tkazishga haqi borligiga qaramasdan, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki valyuta zaxiralarini saqlovchi asosiy
depozitariy bo‘lib qolishi mumkin.
Hukumat
maslahatchisi-xazina
vakili
vazifasi. Bu vazifa
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning
44-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki hukumat bankiri sifatida davlat muassasalari va
tashkilotlarining hisob varaqlarini yuritadi, ana shu hisob varaqlarda
mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi: davlat
qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi; davlatga
bevosita qisqa muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini
xarid qilish tarzida kredit beradi; hukumat idoralarining topshirig‘iga
binoan oltin bilan yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi.
45-moddada belgilab berilganidek, hukumat davlat sektoriga qarz
ajratish masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan
mablag‘ olish rejalari to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fiskal
(xazina) vakili vazifasiga muvofiq hukumat hisob varaqlarini yuritar
ekan (47-modda), hukumatning moliya operatsiyalarini amalga
oshirishda ko‘maklashadi, byudjet kirimlari va chiqimlari masalalari
29
yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashti-
rishda vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisob varaqlarni yuritadi,
davlat qarz majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa masalalarini hal etishda
qatnashadi.
Tijorat banklariga kredit berish. Markaziy bank iqtisodiyotning
ustuvor tarmoqlarini bevosita kreditlamasa-da, u tijorat banklarining
kredit zaxiralariga bozor usullari orqali samarali ta’sir ko‘rsatish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun pul bozorining turli
bo‘g‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki operatsiya-
laridan, shu jumladan valyuta intervensiyasidan, ikkilamchi bozorda
davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalaridan, kredit
kimoshdi savdolaridan foydalanadi. Markaziy bank o‘zi belgilagan
shartlarga binoan oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga
kiruvchi valyuta boyliklari, davlatning qarz majburiyatlari va hukumat
kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga
o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid
qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan aktivlar,
t
o‘lanishiga banklar
kafolat bergan tijorat veksellarini garovga olgan holda tijorat
banklariga uch oygacha bo‘lgan muddatda kredit berishi mumkin.
Tijorat banklariga kredit berishning eng ko‘p tarqalgan bu turi
banklarni qayta moliyaviy ta’minlash deb yuritiladi va u «O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 30-moddasiga
asosan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari va hukumat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining asosiy mijozlaridir. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki banklarning banki hisoblanadi. Tijorat
banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‘z hisob
varaqlaridan o‘zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar va undan
tashqari naqd pul zarur bo‘lganda ham ular Markaziy bankka murojaat
qilishadi.
Pul emissiyasi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bo‘lgani kabi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham pulni emissiyalash
huquqiga ega, ya’ni u emissiya markazi hisoblanadi. Bu vazifa hozir
ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki chakana savdoda
mahsulot haqini to‘lash hamda qarz majburiyatlarini uzil-kesil uzish
uchun mablag‘ga ega bo‘lishini ta’minlash uchun naqd pul zarur.
Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash.
30
Muomaladagi pul miqdori hajmini boshqarish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki jalb qilingan pul mablag‘lari hajmiga
qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan koeffitsientlarini
belgilaydi. Pul-kredit vositasida boshqarishning samaradorligi, uning
pul miqdori o‘sish sur’ati va tuzilmasiga, shuningdek pulning
qadrsizlanish darajasiga ta’siri majburiy zaxiralash tizimining
moslashuvchanligiga bog‘liq. Ko‘rib chiqilayotgan qonunning
28-moddasiga muvofiq majburiy zaxiralar alohida hisob varaqda naqd
pul yoki omonatlar tarzida deponentga olinadi. Zaxiralash tizimi tijorat
banklariga likvidlik bilan bog‘liq qisqa muddatli muammolarni hal
etish imkonini beradi. Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki qaroriga binoan majburiy zaxiralarga foizlar qo‘shib
qo‘yilishi ham mumkin. Tijorat banklarining mablag‘larini zaxiralash
talablariga amal qilish borasida javobgarligini oshirish uchun qonunda
moliyaviy sanksiyalar (53-modda) ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankiga to‘lanmay qolgan pulni qonunda
belgilangan tartibda so‘zsiz undirib olish, shuningdek jarimalar solish
huquqi berilgan.
Endi Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi to‘g‘risida qisqacha
to‘xtalib o‘tamiz.
Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega.
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun
tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etadi.
Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxtida, viloyat-
larning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan bosh boshqarmalar tuzadi.
Markaziy bank raisi Boshqaruvning raisi hisoblanadi. Boshqaruv
a’zolarini Markaziy bank raisi taqdimnomasiga ko‘ra, Oliy Majlisning
Kengashi tasdiqlaydi.
Markaziy bank raisi Markaziy bank va uning Boshqaruvi
faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun
javobgar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |