23
Qonunning 2-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko‘chmas mulk va moliyaviy
resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini
mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o‘tkazish
imkoniyatini beradi.
Narxlarga va ayirboshlash kurslariga ta’sir ko‘rsatadigan hamda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bevosita nazorati va
ta’sirida bo‘lmagan turli omillar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining asosiy maqsadiga erishishini murakkablashtirishi mumkin.
Shunga qaramay, chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aynan Markaziy
bank makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishini, birinchi
galda pulning qadrsizlanish sur’atini va valyuta kursini belgilashni
idora qiladi.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar
berish bilan bir qatorda, uning uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari ham
aniq belgilab berilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankiga tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish, muassasa yoki
tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish ta’qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va
tashkilotlar faoliyatida bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok
qilishga ruxsat etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank o‘z
vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko‘rishi
lozim.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi.
Ulardan eng
Dostları ilə paylaş: