Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга


Bank”
deb, pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-
hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi 
muassasalarga aytiladi. 
Banklar paydo bo‘lishining asosi bo‘lib tovar-pul munosabat-
larining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo‘lishi 
va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda 
banklarning ham bo‘lishini taqozo qiladi. 
Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va 
boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. 
Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish 
maqsadida, ularni vaqtincha foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan 
subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi 
puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. 
“Bank” so‘zi italyancha “banca” so‘zidan olingan bo‘lib, “stol”, 
aniqrog‘i “pullik stol” degan ma’noni anglatadi. O‘rta asrlarda 
italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol 
ustiga qo‘yib hisob-kitob qilganlar. 
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancherii” deb 
atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga 



mas’uliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni 
“Banco rotto”, ya`ni “bankrot” deb atashgan. Bizga ma`lum bo‘lgan 
“bankrot” so‘zi ham ital`yancha“banca” so‘zidan olingan. 
Banklar bajaradigan funksiyalar ularning bajaradigan vazifalariga 
qarab turli xil bo‘lishi mumkin. Bu mavzuda biz banklarga taalluqli 
bo‘lgan umumiy funksiyalar to‘g‘risida gapirib o‘tmoqchimiz. Keyingi 
mavzularda biz alohida-alohida olingan holda birinchi va ikkinchi 
zveno banklarining funksiyalari to‘g‘risida fikr yuritamiz. Shunday 
qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, banklar quyidagi 
funksiyalarni bajaradi: 
-vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va kapitalga 
aylantirish; 
-kredit munosabatlarida vositachilik qilish; -to‘lov jarayonlarida 
vositachilik qilish; 
-muomalaga kredit vositalarini chiqarish. 
Xalq xo‘jaligidagi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va 
ularni kapitalga aylantirish – banklarning ilk funksiyalaridan biri 
hisoblanadi. Bu funksiyaning amalga oshirilishi natijasida bir 
tomondan, huquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag‘lari 
bo‘yicha ma’lum miqdorda daromadga ega bo‘ladilar, ikkinchi 
tomonidan bu mablag‘lar banklarning kreditlash qudratini tashkil 
qiladi va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda 
operatsiyalarini olib boradi. Vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lar banklar 
ishtirokisiz bir korxona (tarmoq) tomonidan ikkinchi korxona 
(tarmoq)ga 
vaqtincha 
foydalanishga 
beriladigan 
bo‘lsa, 
bu 
munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi 
mumkin: 
birinchidan
, kreditga so‘ralayotgan summa bilan kreditga berilishi 
mumkin bo‘lgan summa o‘rtasida nomutanosiblik bo‘lishi mumkin; 
ikkinchidan,
ortiqcha bo‘sh mablag‘ga ega bo‘lgan korxonaning 
mablag‘larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag‘ 
zarur bo‘lgan korxonani qoniqtirmasligi mumkin; 
uchinchidan

banklar ishtirokisiz korxonalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlashda qarz 
beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini to‘liq o‘rgana 
olmasligi mumkin. 
Qarz oluvchining to‘lovga layoqatsiz bo‘lishi, kreditor korxona-
ning ham moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy 



hollarga olib kelishi mumkin. 
Xalq xo‘jaligidagi barcha bo‘sh mablag‘larning bank tomonidan 
yig‘ilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobidan qarz 
oluvchi korxonaga zarur bo‘lgan summada, zarur bo‘lgan muddatda 
kredit berishga imkoniyat yaratiladi. Undan tashqari, bank 
korxonalarning to‘lovga layoqatliligini har tomonlama tahlil qilishi, 
ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi mumkin. 
Iqtisodiy rivojlanishining o‘sishi, bank kreditining qo‘llanilish 
ko‘lamini kengaytirib boradi. 
Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog‘liq ishlab chiqarish 
va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki 
uzoq muddatga kapitalga bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yo‘naltiriladi. 
60-yillardan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko‘rsatishga 
ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar 
mablag‘larni jalb qilish miqyosini, iste`mol uchun kreditlar berish 
ko‘lamini kengaytirdi. To‘lovlarda vositachilik funksiyasida banklar 
o‘z mijozlarining topshirig‘iga asosan to‘lov jarayonlarini amalga 
oshiradi, 
hisob 
varaqlariga 
mablag‘larni 
qabul 
qiladi, 
pul 
tushumlarining hisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag‘larini 
beradi. Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala 
xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va 
boshqa mamlakat bilan qiyinchiliksiz o‘z mablag‘larini bank orqali o‘z 
hisobvaraqasidan boshqa korxona hisobvaraqasiga yoki boshqa 
mamlakat bankiga o‘tkazishi mumkin. Muomalaga kredit vositalarini 
chiqarish. Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo‘sh mablag‘lar 
va kapital bo‘lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi 
ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori 
mavjud jamg‘armalardan ko‘p bo‘lsa, bank chek-depozit emissiyasini 
amalga oshirishi mumkin. Undan tashqari, kredit yordamida 
muomalaga naqd pullar – banknotalar chiqariladi. 
Bank kredit pullar chiqarish depozitlar yaratish yo‘li bilan 
to‘laqonli pullar o‘rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi. 
Nima uchun banklarning faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat 
qilinadi? Buning sababi shundaki, banklar azaldan xalqning, avvalo, 
xususiy shaxslar va oilalarning mablag‘lari saqlanadigan joydir. Davlat 
banklar ishini nazorat ostiga olib va tartibga solish orqali hamisha 
omonatchilar va kreditorlarni moliyaviy yo‘qotishdan himoya qilishga 


10 
va banklarning inqirozga yuz tutishi tufayli kelib chiqadigan 
oqibatlardan saqlashga harakat qiladi. 
Bir bankning inqirozga uchrashi tufayli o‘nlab va yuzlab 
korxonalar, ko‘p minglab oddiy omonatchilar juda qiyin moliyaviy 
ahvolda qolishlari mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘-
risida»gi Qonunida bankka quyidagicha taʼrif berilgan: 
«Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblana-digan 
quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik 
shaxsdir: 
• yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish; 
• qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish;
• investitsiyalash uchun foydalanish; 
• to‘lovlarni amalga oshirish . 
Demak, bank – bu pul mablag‘larini o‘zida mujassamlashtiruvchi 
va jamg‘aruvchi, kredit beruvchi, pul hisobini olib boruvchi, pul va 
qimmatli qog‘ozlarni emissiya qiluvchi, oltin va chet el valyutalari 
bilan operatsiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir. 
Ko‘pgina moliya institutlari, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar 
oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi dilerlar, broker firmalari, sug‘urta 
kompaniyalari ko‘proq o‘zlarining ko‘rsatgan xizmatlari bilan 
banklarga tenglashishga va bankka xos ishlar bilan shug‘ullanishga 
harakat qiladilar.
Sobiq Ittifoq bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega 
bo‘lib, o‘z vaqtida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va 
xo‘jaliklarga hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi 
markaz hisoblanardi. Ham emissiya, ham hisob-kitoblar, ham kreditlar 
bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarining bir joyda 
monopollashuvi Davlat bankini boshqaruv va nazorat organiga 
aylantirgan edi. 
Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivojlanib 
borishi banklarning paydo bo‘lishiga asos soldi. O‘rta asrlarda banklar 
dastlab puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat shahar 
puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar 
bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida qarz so‘ragan 
subyektlarga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul 
almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan. 


11 
Dastlab, jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587- 
yilda) Florensiya va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela bosh-
lagan. Ular turli shaharlar va mamlakatlarning pul belgilarini 
almashtirishga ixtisoslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik shunday bank-lar 
Аmsterdamda (1605-y), Gamburgda (1618-y), Milanda, Nyurn-bergda, 
Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-
savdogarlarga xizmat qilgan. Ular asosan, o‘z mijozlari o‘rtasidagi 
hisob-kitoblarni naqd pulsiz amalga oshirishgan. 
Tarixda birinchi yirik bank 1694-yilda Аngliyada tashkil etilib, 
unga davlat nomidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank 
aksiyador-emission bank hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot, xususan, sanoatning rivojlanishi natijasida banklar boshqa 
mamlakatlarda ham tashkil qilina boshlanadi. 
Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq mu-
nosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, 
kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi 
yollanma mehnatni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kelgan. 
Yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul 
aylanishini yuzaga keltiradi. Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni 
talab qildi. Bu vazifani banklar bajara boshladi. 
Shunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali 
ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. 
XX asrning boshlarida yirik Yevropa mamlakatlarida o‘zining ko‘p 
filiallariga ega bo‘lgan, yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bog‘liq 
faoliyat ko‘rsatayotgan banklar vujudga keldi. Bankning operatsiyalari 
va taklif qilinayotgan xizmat turlari, kreditlarning sifati va miqdori, 
bank sarmoyasining yetarliligi, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar-
ning sifati doimo nazoratchilar tomonidan puxta tekshiriladi. 
Banklar kreditlar berish yoki to‘sqinliksiz sarf qilinadigan 
depozitlar hisobiga o‘z investitsiya faoliyatlarini amalga oshirish yo‘li 
bilan pul ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganliklari tufayli ham qattiq 
nazorat ostida bo‘ladilar. Hosil qilinayotgan pul miqdorining 
o‘zgarishi iqtisodiyot holatiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni pul 
qadrsizlanishining kuchayganligi yoki ortganligi aniqlanadi. 
Banklar ustidan kuchli nazorat borligining yana bir sababi shuki, 
ular xususiy shaxslar va firmalarga kreditlar beradilar va bu yo‘l bilan 
iste’mol xarajatlarini va investitsiya talablarini qondiradilar. 


12 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi banklar tizimi o‘z 
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolik 
kodeksiga, 
O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, 
Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va xususan, «O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga amal qiladi. 
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi 
qonun 1995-yil 21-dekabrda, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonun esa 1996-yil 25-aprelda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan. 
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi 
qonun 9 bobdan tashkil topgan bo‘lib, 60 ta moddadan iborat. 
Bu qonunda Markaziy bankning huquqiy maqomi, bosh maqsadi 
va asosiy vazifalari, hisobdorligi, mustaqilligi, tashkiliy tuzilishi, 
hukumat organlari bilan munosabatlari, moliyaviy ahvoli, boshqaruv-
chining vakolatlari, pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tijorat 
banklarini qayta moliyaviy ta’minlash, valyutani tartibga solish, 
bajaradigan operatsiyalar, majburiy zaxira talablari, banklarni nazorat 
qilish va ular faoliyatini tartibga solish vakolatlari, tijorat banklariga 
nisbatan qo‘llaydigan chora va sanksiyalar va banklar bilan o‘zaro 
munosabatlar belgilangan. 
Markaziy bank me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni ishlab chi-
qish huquqidan to‘liq foydalangan holda, bu yo‘nalishda o‘z faoliyatini 
juda faollashtirmoqda. Markaziy bank tomonidan hozirgi kunda 
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimidagi banklar faoliyatini tartibga 
soluvchi hujjatlar to‘plami tayyorlangan bo‘lib, bu to‘plam Respublika 
banklarida bank hisob varaqlarini ochish tartibi, banklarni ro‘yxatga 
olish va ularning faoliyatini litsenziyalash, banklarning chet el 
valyutalari bilan bajaradigan operatsiyalari, hisob- kitoblarni amalga 
oshirish, faktorining, moliyaviy lizing, konsalting operatsiyalarini 
amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarish 
tartiblari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. «Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonun 6 bobdan va 44 moddadan tashkil topgan. 
Bu qonunda bank faoliyatining subyektlari va ular faoliyatining 
huquqiy asosi, banklar operatsiyalari, banklarni tashkil qilish va 
tugatish, banklarning mustaqilligi, davlat va banklarning mas’uliyatini 
chegaralab qo‘yilishi, ularning pul mablag‘larini zaxiralash va 


13 
umumiy iqtisodiy me’yorlarga rioya qilish sohasidagi burchlari, 
bankka aloqador shaxslar bilan tuziladigan bitimlardagi chegaralar, 
banklarning hisobot va boshqa axborotlarni taqdim etish majburiyat-
lari, banklarning o‘z mijozlari oldidagi javobgarligi, banklarda hisob-
kitob va ularni nazorat qilish tartiblari belgilangan. 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, banklar 
aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil qilinadi. Bank ustavida bankning 
(to‘la va qisqartirilgan) nomi va manzili, operatsiyalari ro‘yxati, 
boshqaruv organlari, ularni tashkil qilish tartibi, bank auditini 
o‘tkazish tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin