uchinchi bosqichi 1997–2000-
yillarni o‘z ichiga olib, unda banklarni xususiylashtirish va
aksiyadorlik - tijorat banklarda boshqaruvning sifatini oshirish, banklar
faoliyatida nazoratni kuchaytirish ko‘zda tutiladi.
Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-
yil
24-apreldagi
«Xususiy
tijorat
banklari
tashkil
qilishni
rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonning qabul
qilinishi bilan yanada faollashadi. Mazkur Farmonga ko‘ra, nizom
jamg‘armasida jismoniy shaxslarning ulushi 50 foizdan kam
bo‘lmagan holda tijorat banklarini ochish uchun bir qator imtiyozlar
belgilangan edi. Natijada, so‘nggi yillar ichida xususiy banklarning
soni keskin ko‘payib, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun
dastlabki ruxsat berilganlari bilan qo‘shib hisoblaganda 20 taga yetdi.
Hozirgi
paytda
respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat
banklarining deyarli yarmi xususiy banklar hisoblanadi.
Bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish bilan birga, banklarni
korporativ boshqarish tizimini yanada mustahkamlashga doir chora-
tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik tijorat banklarini faoliyatini
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 1998-yil 2-oktyabrdagi
Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur
farmon tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning va bank
kengashining rolini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuini belgilab
berdi.
Ushbu farmon asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida
mamlakatimizda har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalqaro
andozalarga mos keluvchi zamonaviy bank nazorati va banklar
faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini
isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999-yil 15-yanvardagi
Qaroriga asosan bank tizimini barqarorligini safarbar etish,
iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda banklarning ishtirokini
kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish
sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991–2000 yillar mobaynida
21
yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalqaro andozalarga
yaqinlashtirish maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish
chora-tadbirlarining boshlanishi bank tizimi rivojlanishining