Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


-MAVZU. BANK ISHI FANINING PREDMETI VA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

1-MAVZU. BANK ISHI FANINING PREDMETI VA 
VAZIFALARI 
 
Bank ishiga ilmiy-amaliy taraqqiyotni o‘zida mujassamlashtiruvchi 
fan sifatida qarash mumkin. Hozirgi kundagi banklar oldingi 
banklardan ko‘ra, ilg‘or, yangi shakllarda va yangi texnologiyalar 
asosida iqtisodiyotning talablariga mos keluvchi operatsiyalar qo‘llash 
orqali faoliyat olib bormoqdalar. 
Fanni o‘qitishning predmeti – bank tizimi va banklar faoliyati bilan 
bog‘liq jarayonlar, metodlari – klassik yondashuv, matematik, analitik-
statistik, tahlil, qiyosiy-tahlil va boshqa usullar hisoblanadi. 
Talabalar fanni o‘rganish davrida har bir o‘tiladigan mavzu 
bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan so‘raladigan “tayanch” ibora, test 
savollariga javob berib, tegishli masalani yecha olishi; o‘qish davrida 
yozma nazorat ishlarini bajarishi va referatlar tayyorlashi; 
fanni o‘zlashtirish natijasida va kelajakda talaba bank faoliyatida 
bo‘ladigan o‘zgarishlarni tahlil qilishni bilishi lozim. 
Aynan shular «Bank ishi» fanining 
predmeti 
bo‘lib hisoblanadi. 
Bank va uning turli ko‘rinishlari «Bank ishi» fanining o‘rganish 
obyekti 
bo‘lib hisoblanadi. 
Har qanday fan o‘z obyektini ma’lum usullarni qo‘llash yordamida 
o‘rganadi. Bank faoliyati, undagi sir-sinoatlarni ilmiy asosda 
o‘rganish, tahlil qilishda «Bank ishi» fani quyidagi 
usullardan 
foydalanadi 
Bank faoliyatini tashkil qilish va bank tarkibi. Banklarning 
bajaradigan vazifalari va ko‘rsatadigan xizmatlari hajmi ularning katta-
kichikligiga hamda ustav kapitalining hajmiga bog‘liq. Ular uch xil 
bo‘ladi: mayda, o‘rta va yirik banklar (ustav kapitalining hajmiga 
qarab bo‘lishi mumkin). 
Kichik va o‘rta banklar asosan mayda va o‘rta hajmdagi xo‘jalik 
subyektlariga xizmat ko‘rsatib, bu banklarning asosiy vazifasi xususiy 
shaxslardan depozitlarga mablag‘larni qabul qilib olish, mayda 
korxonalarga turli kreditlar va qarzlar berishdan iborat. Bunday 
banklar quyidagi tashkiliy chizmaga ega. 
Kichik va o‘rta banklar faoliyatini rahbarlar (direktorlar) Kengashi 
nazorat qiladi va bank rahbari muntazam ravishda rahbarlar 
(direktorlar) Kengashi oldida hisobot berib boradi. Mayda va o‘rta 



banklar faoliyatining yaxshi-yomon bo‘lishi ular joylashgan hududga 
hamda mijozlar sifatiga bog‘liqdir. Bunday banklar asosan juda 
yuqori bo‘lmagan tavakkalchilik bilan ishlaydilar. 
Yirik banklarning tuzilishi mayda banklar tuzilishidan umuman 
farq qiladi. 
Ular odatda bank-xolding kompaniyalariga, ya’ni bir nechta yirik 
banklar va moliya institutlari uyushmasiga bo‘ysunadi. Ularning 
aksiyadorlari aksiyadorlar Kengashini saylaydilar va bu Kengash
bank-xolding kompaniyalariga qarashli moliya institutlari ustidan 
nazorat olib boradi. Bank-xolding kompaniyasi Kengashining bir 
nechta a’zolari bu kompaniyaga qarashli banklar Kengashlarining 
a’zolari ham bo‘lishlari mumkin. 
Yirik 
banklarning 
eng 
katta 
muammosi 
– boshqarish 
muammosidir: rahbariyat o‘zining banki faoliyati haqida to‘liq 
ma’lumotlarga ega bo‘ladi, lekin bo‘limlar faoliyatlari bilan yaxshi 
tanish bo‘lmaydilar. Bank xizmatlari keng qamrovli bo‘lganligi tufayli 
mavjud jiddiy muammolar haftalar, hatto oylar davomida sezilmasligi 
mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin