Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

to‘rtinchi 
bosqichi
ni belgilab berdi. Bu bosqich O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish 
borasidagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2000 yil 21 martdagi 
Farmoni va Vazirlar Mahkamasinig «Bank tizimini isloh qilishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2000 yil 24 martdagi qarori 
qabul qilinishi bilan boshlandi. 
Bu hujjatlarga asosan quyidagilar 
mazkur bosqichning asosiy 
vazifalari 
qilib belgilandi: 
- bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat bank-
lari mustaqilligini oshirish; 
- bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlantirish; 
- bo‘sh turgan mablag‘larni bankka jalb qilish va omonatchilarning 
manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish; 
- banklarning iqtisodiyotni aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni, 
xususan dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik va o‘rta biznes 
subyektlarini kreditlash jarayonini kengaytirish; 
- banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga 
aylantirish; 
- banklarning mijozlar bilan o‘zaro 
manfaatli sheriklik 
munosabatlarini shakllantirish; 
- aholining bank-moliya tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish; 
- xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlikni 
kengaytirish, valyuta munosabatlarini erkinlashtirish va kengaytirish 
kabi vazifalar belgilandi. 
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki boshchiligida 37 tijorat banklarini (1-
ilovaga qarang) o‘z ichiga oluvchi bank tizimi yuqorida belgilangan 
vazifalarni amalga oshirib, bozor islohotlarining faol qatnashchilari 
sifatida faoliyat olib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vazifalari va 
funksiyalari 
Markaziy bank mazkur tizimning bosh banki bo‘lib, pul-kredit 


22 
siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning 
barqarorligini 
ta’minlovchi 
muassasa 
hisoblanadi. 
1995-yil
21-dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘-
risida» gi Qonuni qabul qilindi. 
Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O‘zbekiston Respublika-
sining Markaziy Banki to‘g‘risida»gi O‘onunning 1-moddasida 
belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs 
bo‘lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki – iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa, o‘z xarajat-
larini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi, O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan 
muhrga ega». 
Qonunning 3-moddasida «Markaziy bankning bosh maqsadi milliy 
valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat» deb qayd qilinadi. 
Narxlarning barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy 
valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror bo‘lishiga 
erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni juda muhim 
ekanligini belgilaydi. 
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‘lishi va moliya 
muassasalari faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valyuta siyosati 
strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda 
uning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash zarurligini 
taqozo etadi. Mamlakat xalq xo‘jaligini kreditlash ko‘rsatkichlarini 
tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kredit hajmlarini va foiz 
stavkalarini belgilash yo‘li bilan tartibga solish, valyuta-kredit 
siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosiy sohasi 
hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga 
kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni
tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat 
qonunning 6-moddasida «Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida 
qaror qabul qilishda mustaqildir» deb tasdiqlangan. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
hisobot beradi. Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisini 
tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. 


23 
Qonunning 2-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko‘chmas mulk va moliyaviy 
resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini 
mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o‘tkazish 
imkoniyatini beradi. 
Narxlarga va ayirboshlash kurslariga ta’sir ko‘rsatadigan hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bevosita nazorati va 
ta’sirida bo‘lmagan turli omillar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining asosiy maqsadiga erishishini murakkablashtirishi mumkin. 
Shunga qaramay, chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aynan Markaziy 
bank makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishini, birinchi 
galda pulning qadrsizlanish sur’atini va valyuta kursini belgilashni 
idora qiladi. 
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar 
berish bilan bir qatorda, uning uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari ham 
aniq belgilab berilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankiga tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish, muassasa yoki 
tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish ta’qiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va 
tashkilotlar faoliyatida bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok 
qilishga ruxsat etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank o‘z 
vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko‘rishi 
lozim. 
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. 
Ulardan eng 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin