Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

uchinchi bosqichi 
1997–2000- 
yillarni o‘z ichiga olib, unda banklarni xususiylashtirish va 
aksiyadorlik - tijorat banklarda boshqaruvning sifatini oshirish, banklar 
faoliyatida nazoratni kuchaytirish ko‘zda tutiladi. 
Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997- 
yil 
24-apreldagi 
«Xususiy 
tijorat 
banklari 
tashkil 
qilishni 
rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonning qabul 
qilinishi bilan yanada faollashadi. Mazkur Farmonga ko‘ra, nizom 
jamg‘armasida jismoniy shaxslarning ulushi 50 foizdan kam 
bo‘lmagan holda tijorat banklarini ochish uchun bir qator imtiyozlar 
belgilangan edi. Natijada, so‘nggi yillar ichida xususiy banklarning 
soni keskin ko‘payib, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun 
dastlabki ruxsat berilganlari bilan qo‘shib hisoblaganda 20 taga yetdi. 
Hozirgi 
paytda 
respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat 
banklarining deyarli yarmi xususiy banklar hisoblanadi. 
Bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish bilan birga, banklarni 
korporativ boshqarish tizimini yanada mustahkamlashga doir chora-
tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan bu borada O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik tijorat banklarini faoliyatini 
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 1998-yil 2-oktyabrdagi 
Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur 
farmon tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning va bank 
kengashining rolini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuini belgilab 
berdi. 
Ushbu farmon asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida 
mamlakatimizda har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalqaro 
andozalarga mos keluvchi zamonaviy bank nazorati va banklar 
faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmi yaratildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini 
isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999-yil 15-yanvardagi 
Qaroriga asosan bank tizimini barqarorligini safarbar etish, 
iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda banklarning ishtirokini 
kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish 
sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991–2000 yillar mobaynida 


21 
yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalqaro andozalarga 
yaqinlashtirish maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish 
chora-tadbirlarining boshlanishi bank tizimi rivojlanishining 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin