“
Bank”
deb, pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-
hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi
muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo‘lishining asosi bo‘lib tovar-pul munosabat-
larining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo‘lishi
va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda
banklarning ham bo‘lishini taqozo qiladi.
Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va
boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan.
Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish
maqsadida, ularni vaqtincha foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan
subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi
puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
“Bank” so‘zi italyancha “banca” so‘zidan olingan bo‘lib, “stol”,
aniqrog‘i “pullik stol” degan ma’noni anglatadi. O‘rta asrlarda
italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol
ustiga qo‘yib hisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancherii” deb
atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga
8
mas’uliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni
“Banco rotto”, ya`ni “bankrot” deb atashgan. Bizga ma`lum bo‘lgan
“bankrot” so‘zi ham ital`yancha“banca” so‘zidan olingan.
Banklar bajaradigan funksiyalar ularning bajaradigan vazifalariga
qarab turli xil bo‘lishi mumkin. Bu mavzuda biz banklarga taalluqli
bo‘lgan umumiy funksiyalar to‘g‘risida gapirib o‘tmoqchimiz. Keyingi
mavzularda biz alohida-alohida olingan holda birinchi va ikkinchi
zveno banklarining funksiyalari to‘g‘risida fikr yuritamiz. Shunday
qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, banklar quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va kapitalga
aylantirish;
-kredit munosabatlarida vositachilik qilish; -to‘lov jarayonlarida
vositachilik qilish;
-muomalaga kredit vositalarini chiqarish.
Xalq xo‘jaligidagi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va
ularni kapitalga aylantirish – banklarning ilk funksiyalaridan biri
hisoblanadi. Bu funksiyaning amalga oshirilishi natijasida bir
tomondan, huquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag‘lari
bo‘yicha ma’lum miqdorda daromadga ega bo‘ladilar, ikkinchi
tomonidan bu mablag‘lar banklarning kreditlash qudratini tashkil
qiladi va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda
operatsiyalarini olib boradi. Vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lar banklar
ishtirokisiz bir korxona (tarmoq) tomonidan ikkinchi korxona
(tarmoq)ga
vaqtincha
foydalanishga
beriladigan
bo‘lsa,
bu
munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi
mumkin:
birinchidan
, kreditga so‘ralayotgan summa bilan kreditga berilishi
mumkin bo‘lgan summa o‘rtasida nomutanosiblik bo‘lishi mumkin;
ikkinchidan,
ortiqcha bo‘sh mablag‘ga ega bo‘lgan korxonaning
mablag‘larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag‘
zarur bo‘lgan korxonani qoniqtirmasligi mumkin;
uchinchidan
,
banklar ishtirokisiz korxonalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlashda qarz
beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini to‘liq o‘rgana
olmasligi mumkin.
Qarz oluvchining to‘lovga layoqatsiz bo‘lishi, kreditor korxona-
ning ham moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy
9
hollarga olib kelishi mumkin.
Xalq xo‘jaligidagi barcha bo‘sh mablag‘larning bank tomonidan
yig‘ilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobidan qarz
oluvchi korxonaga zarur bo‘lgan summada, zarur bo‘lgan muddatda
kredit berishga imkoniyat yaratiladi. Undan tashqari, bank
korxonalarning to‘lovga layoqatliligini har tomonlama tahlil qilishi,
ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishining o‘sishi, bank kreditining qo‘llanilish
ko‘lamini kengaytirib boradi.
Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog‘liq ishlab chiqarish
va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki
uzoq muddatga kapitalga bo‘lgan ehtiyojni qoplashga yo‘naltiriladi.
60-yillardan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko‘rsatishga
ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar
mablag‘larni jalb qilish miqyosini, iste`mol uchun kreditlar berish
ko‘lamini kengaytirdi. To‘lovlarda vositachilik funksiyasida banklar
o‘z mijozlarining topshirig‘iga asosan to‘lov jarayonlarini amalga
oshiradi,
hisob
varaqlariga
mablag‘larni
qabul
qiladi,
pul
tushumlarining hisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag‘larini
beradi. Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala
xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va
boshqa mamlakat bilan qiyinchiliksiz o‘z mablag‘larini bank orqali o‘z
hisobvaraqasidan boshqa korxona hisobvaraqasiga yoki boshqa
mamlakat bankiga o‘tkazishi mumkin. Muomalaga kredit vositalarini
chiqarish. Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo‘sh mablag‘lar
va kapital bo‘lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi
ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori
mavjud jamg‘armalardan ko‘p bo‘lsa, bank chek-depozit emissiyasini
amalga oshirishi mumkin. Undan tashqari, kredit yordamida
muomalaga naqd pullar – banknotalar chiqariladi.
Bank kredit pullar chiqarish depozitlar yaratish yo‘li bilan
to‘laqonli pullar o‘rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi.
Nima uchun banklarning faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat
qilinadi? Buning sababi shundaki, banklar azaldan xalqning, avvalo,
xususiy shaxslar va oilalarning mablag‘lari saqlanadigan joydir. Davlat
banklar ishini nazorat ostiga olib va tartibga solish orqali hamisha
omonatchilar va kreditorlarni moliyaviy yo‘qotishdan himoya qilishga
10
va banklarning inqirozga yuz tutishi tufayli kelib chiqadigan
oqibatlardan saqlashga harakat qiladi.
Bir bankning inqirozga uchrashi tufayli o‘nlab va yuzlab
korxonalar, ko‘p minglab oddiy omonatchilar juda qiyin moliyaviy
ahvolda qolishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘-
risida»gi Qonunida bankka quyidagicha taʼrif berilgan:
«Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblana-digan
quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik
shaxsdir:
• yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish;
• qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish;
• investitsiyalash uchun foydalanish;
• to‘lovlarni amalga oshirish .
Demak, bank – bu pul mablag‘larini o‘zida mujassamlashtiruvchi
va jamg‘aruvchi, kredit beruvchi, pul hisobini olib boruvchi, pul va
qimmatli qog‘ozlarni emissiya qiluvchi, oltin va chet el valyutalari
bilan operatsiyalarni bajaruvchi yirik muassasadir.
Ko‘pgina moliya institutlari, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar
oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi dilerlar, broker firmalari, sug‘urta
kompaniyalari ko‘proq o‘zlarining ko‘rsatgan xizmatlari bilan
banklarga tenglashishga va bankka xos ishlar bilan shug‘ullanishga
harakat qiladilar.
Sobiq Ittifoq bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega
bo‘lib, o‘z vaqtida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va
xo‘jaliklarga hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi
markaz hisoblanardi. Ham emissiya, ham hisob-kitoblar, ham kreditlar
bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarining bir joyda
monopollashuvi Davlat bankini boshqaruv va nazorat organiga
aylantirgan edi.
Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivojlanib
borishi banklarning paydo bo‘lishiga asos soldi. O‘rta asrlarda banklar
dastlab puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat shahar
puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar
bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida qarz so‘ragan
subyektlarga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul
almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan.
11
Dastlab, jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587-
yilda) Florensiya va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela bosh-
lagan. Ular turli shaharlar va mamlakatlarning pul belgilarini
almashtirishga ixtisoslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik shunday bank-lar
Аmsterdamda (1605-y), Gamburgda (1618-y), Milanda, Nyurn-bergda,
Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-
savdogarlarga xizmat qilgan. Ular asosan, o‘z mijozlari o‘rtasidagi
hisob-kitoblarni naqd pulsiz amalga oshirishgan.
Tarixda birinchi yirik bank 1694-yilda Аngliyada tashkil etilib,
unga davlat nomidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank
aksiyador-emission bank hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot, xususan, sanoatning rivojlanishi natijasida banklar boshqa
mamlakatlarda ham tashkil qilina boshlanadi.
Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq mu-
nosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga,
kreditning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi
yollanma mehnatni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kelgan.
Yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul
aylanishini yuzaga keltiradi. Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni
talab qildi. Bu vazifani banklar bajara boshladi.
Shunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali
ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi.
XX asrning boshlarida yirik Yevropa mamlakatlarida o‘zining ko‘p
filiallariga ega bo‘lgan, yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bog‘liq
faoliyat ko‘rsatayotgan banklar vujudga keldi. Bankning operatsiyalari
va taklif qilinayotgan xizmat turlari, kreditlarning sifati va miqdori,
bank sarmoyasining yetarliligi, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar-
ning sifati doimo nazoratchilar tomonidan puxta tekshiriladi.
Banklar kreditlar berish yoki to‘sqinliksiz sarf qilinadigan
depozitlar hisobiga o‘z investitsiya faoliyatlarini amalga oshirish yo‘li
bilan pul ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganliklari tufayli ham qattiq
nazorat ostida bo‘ladilar. Hosil qilinayotgan pul miqdorining
o‘zgarishi iqtisodiyot holatiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni pul
qadrsizlanishining kuchayganligi yoki ortganligi aniqlanadi.
Banklar ustidan kuchli nazorat borligining yana bir sababi shuki,
ular xususiy shaxslar va firmalarga kreditlar beradilar va bu yo‘l bilan
iste’mol xarajatlarini va investitsiya talablarini qondiradilar.
12
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi banklar tizimi o‘z
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarolik
kodeksiga,
O‘zbekiston Respublikasi
qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga,
Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va xususan, «O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga amal qiladi.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi
qonun 1995-yil 21-dekabrda, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi
qonun esa 1996-yil 25-aprelda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi
qonun 9 bobdan tashkil topgan bo‘lib, 60 ta moddadan iborat.
Bu qonunda Markaziy bankning huquqiy maqomi, bosh maqsadi
va asosiy vazifalari, hisobdorligi, mustaqilligi, tashkiliy tuzilishi,
hukumat organlari bilan munosabatlari, moliyaviy ahvoli, boshqaruv-
chining vakolatlari, pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tijorat
banklarini qayta moliyaviy ta’minlash, valyutani tartibga solish,
bajaradigan operatsiyalar, majburiy zaxira talablari, banklarni nazorat
qilish va ular faoliyatini tartibga solish vakolatlari, tijorat banklariga
nisbatan qo‘llaydigan chora va sanksiyalar va banklar bilan o‘zaro
munosabatlar belgilangan.
Markaziy bank me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni ishlab chi-
qish huquqidan to‘liq foydalangan holda, bu yo‘nalishda o‘z faoliyatini
juda faollashtirmoqda. Markaziy bank tomonidan hozirgi kunda
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimidagi banklar faoliyatini tartibga
soluvchi hujjatlar to‘plami tayyorlangan bo‘lib, bu to‘plam Respublika
banklarida bank hisob varaqlarini ochish tartibi, banklarni ro‘yxatga
olish va ularning faoliyatini litsenziyalash, banklarning chet el
valyutalari bilan bajaradigan operatsiyalari, hisob- kitoblarni amalga
oshirish, faktorining, moliyaviy lizing, konsalting operatsiyalarini
amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarish
tartiblari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. «Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida»gi qonun 6 bobdan va 44 moddadan tashkil topgan.
Bu qonunda bank faoliyatining subyektlari va ular faoliyatining
huquqiy asosi, banklar operatsiyalari, banklarni tashkil qilish va
tugatish, banklarning mustaqilligi, davlat va banklarning mas’uliyatini
chegaralab qo‘yilishi, ularning pul mablag‘larini zaxiralash va
13
umumiy iqtisodiy me’yorlarga rioya qilish sohasidagi burchlari,
bankka aloqador shaxslar bilan tuziladigan bitimlardagi chegaralar,
banklarning hisobot va boshqa axborotlarni taqdim etish majburiyat-
lari, banklarning o‘z mijozlari oldidagi javobgarligi, banklarda hisob-
kitob va ularni nazorat qilish tartiblari belgilangan.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, banklar
aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil qilinadi. Bank ustavida bankning
(to‘la va qisqartirilgan) nomi va manzili, operatsiyalari ro‘yxati,
boshqaruv organlari, ularni tashkil qilish tartibi, bank auditini
o‘tkazish tartibi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |