Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

Nazorat savollari: 
 
1. Bank ishi» fani nimani o‘rganadi? 
2. «Bank ishi» fani qanday usullardan foydalanadi? 
3. Bank deganda nimani tushunasiz? Nobank kredit tashkilotlari 
haqida nimalarni bilasiz? 
4. Banklarning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz? 
5. O‘zbekiston Respublikasida bank tizimi qanday tashkil 
etilgan? 
6. Bankning hozirgi zamon iqtisodiyotidagi roli qanday? 
7. Bank qanday xizmatlar ko‘rsatadi? 
8. Nima uchun banklar pul ishlaydi, qarz olish bilan birga qarz 
ham beradi? 
9. So‘nggi yillarda bank ishida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘l-
moqda? Bank boshqaruvchilari o‘zlarini qanday tutishlari lozim? 
10. Yangi 
bank 
ochish 
uchun 
nimalar 
talab 
qilinadi?


14 
2-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMI VA 
BOSHQA KREDIT MUASSASALARI 
 
 
Banklar, bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari. 
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi iqtisodiy 
mustaqillik sari qo‘yilgan ilk qadam bo‘ldi. Mustaqil yosh davlatimiz 
siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bank tizimini isloh 
qilishning dastlabki bosqichida 1991-yilda qabul qilingan «Banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bozor 
sharoitlariga mos banklar institutini vujudga keltirishning asosiy 
yo‘nalishlarini belgilab berdi. 
Mazkur qonunga muvofiq sobiq SSSR davlat bankining hududiy 
bo‘-limi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi 
va u bevosita davlat boshchiligida bank tizimini isloh qilishni boshladi. 
Juda qisqa muddat ichida respublikamizda ikki pog‘onali bank tizimi 
vujudga keltirildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligidagi ikki 
bosqichli bank tizimini tashkil qilish respublikaning iqtisodiy 
mustaqillikka erishish hamda bozor munosabatlariga o‘tish eh-
tiyojlariga mos keladi», yaʼni ikki pog‘onali bank tizimining yuqori 
pog‘onasining bosh maqsadi milliy valyuta – so‘mning barqarorligini 
taʼminlashdan iborat bo‘lgan Markaziy bank, quyi pog‘onasini esa 
bevosita mijozlar bilan ishlovchi tijorat banklari tashkil etadi. 
1991-yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O‘zbekiston 
iqtisodiyoti rivojlanishining o‘zgaruvchan sharoitlarida faoliyat 
yuritib, zamonaviy ish uslublarini o‘zlashtirgan holda tobora yangi 
qirralarga ega bo‘la bordi. 1991–1992-yillar banklar faoliyatiga doir 
qarashlarda chinakam burilish yillari bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi 
"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi 
ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy 
banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo‘lib xizmat 
qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari 
tizimi hamda to‘lov tizimini shakllantirish vazifalari qo‘yildi. 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil 
etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi 
ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 


15 
1993–1994-yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994- 
yilning 1-iyulidan eʼtiboran milliy valyuta – so‘mning muomalaga 
kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O‘zbekiston iqtiso-
diyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy 
bank o‘z faoliyatida to‘liq mustaqil bo‘lganini, kelgusida bozor instru-
mentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil etili-
shiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Аynan shu vaqtdan 
boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga 
oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik 
samarali to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha faoliyati to‘laqonli ravishda 
milliy valyutaning barqarorligini taʼminlashga qaratildi. 
Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat – “O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “Banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining 
ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajri-
basi inobatga olinganini alohida taʼkidlash joiz. Mazkur qonunlar, 
shuningdek, “Аksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini hi-
moya qilish to‘g‘risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va ak-
siyadorlik-tijorat shaklida tashkil etilishiga qulay huquqiy sharoit ya-
ratdi. Bu davrda bank tizimi rivojiga alohida taʼsir etgan ikki omilni aj-
ratib ko‘rsatish mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida 
1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar boshqa-
ruv va bank nazoratining to‘la huquqli organi bo‘ldi. Ikkinchisi, 
O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 
Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari faoliyatining 
huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini 
diversifikatsiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida universal 
tijorat banklarini shakllantirish prinsiplari mustahkamlangan. 
Bu 
davrda 
iqtisodiyotning 
alohida 
tarmoqlariga 
xizmat 
ko‘rsatuvchi kredit-moliya tashkilotlari tashkil etildi. Bunday 
ixtisoslashuv qishloq xo‘jaligi, avtomobil sanoati, aviasozlik kabi xalq 
xo‘jaligining muayyan soha va tarmoqlarini moliyalashtirish zarurati 
bilan bog‘liq edi. Kelgusida ixtisoslashgan banklar o‘z operatsiyalari 
va mijozlari doirasini mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining yangi 
darajasi va biznes-muhit talablariga ko‘ra kengaytira boradi. 
Mazkur davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
bank sektorini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida 


16 
shakllanish jarayonlari davom etdi. Bank tizimiga taalluqli qonunchilik 
bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank amaliyoti bilan 
muvofiqlashtirildi. 
Ushbu yilda islohotlarning strategik yo‘nalishlaridan biri bank 
sektorida xususiy kapital oqimini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi. 
Mazkur 
jarayon 
1997-yilda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag‘bat-
lantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni eʼlon qilinganidan 
so‘ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan kam 
bo‘lmagan ulushi bilan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish 
ko‘zda tutilgan edi. 1997-yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank 
faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan 
ahamiyatlidir. Maʼlumki, o‘sha vaqtgacha respublika hududida 
amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo‘yi olib borilar edi. 1997-yilning 
mart oyidan yangi dasturiy taʼminot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar 
avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to‘lovlarni 
respublika tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka 
joylarda atigi 3 daqiqada amalga oshirish imkonini berdi. 
Аynan o‘sha vaqtda hisob-kitoblar mexanizmi ishlab chiqildi va 
banklararo elektron to‘lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi. 
Banklarga o‘sha vaqtdagi noyob imkoniyat–kompyuter va telekommu-
nikatsiya uskunalarini xarid qilish va departamentlarni ular bilan 
jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag‘larni o‘z faoliyati uchun 
zarur uskuna-anjomlarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirishi hisobga 
olinib, qator soliq to‘lovlaridan ozod qilindi. 
Shu tariqa, moliyaviy va iqtisodiy axborotning sifat jihatidan yangi 
isteʼmolchilari – mahalliy va xorijiy investorlar paydo bo‘ldi. 
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar-
pul munosabatlarining o‘sib, takomillashib borishi banklarning 
operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ko‘lamining kengayib 
borishiga, jamiyat a’zolarining pulga bo‘lgan talabining oshib 
borishiga olib kelgan. Davlat, jismoniy va yuridik shaxslarning 
manfaatini muvofiqlikda olib borish, davlat va jamiyat a’zolarining pul 
mablag‘lariga bo‘lgan talablarini qondirgan holda davlatning iqtisodiy 
jihatdan o‘sishi va barqarorligini ta’minlash maqsadida banklar 
o‘rtasida bajariladigan funksiya va operatsiyalar ko‘lami taqsimlana 
borgan, ya’ni davlat nomidan, davlat manfaatlarini himoya qilgan 


17 
holda faoliyat ko‘rsatuvchi banklar va alohida jamiyat a’zolari bilan 
ishlovchi banklar yoki yuqoridagi ikki yo‘nalishni ham o‘zida 
mujassamlashtirgan banklar (oxirigisiga sobiq Sovetlar davridagi 
Davlat bankini kiritish mumkin) shakllana borgan. 
Hozirgi zamonda jahonda umum qabul qilingan tizim bo‘lib ikki 
pog‘onali bank tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va 
tijorat banklari tarmog‘ini o‘z ichiga oladi. 
Markaziy Bank banklarning banki sifatida bank va moliya 
muassasalari 
faoliyatining 
barqarorligini 
ta’minlaydi. Birinchi 
navbatda, u ko‘pchilik moliya institutlari, banklarning faoliyatida 
moliyaviy 
jihatdan 
muammolar 
yuzaga 
kelganida, 
banklar 
omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda 
moliyaviy sarosima paydo bo‘lishining oldini olishi kerak. Bu 
masalani hal qilish uchun Markaziy bank, avvalo, tartibga solish va 
nazorat qilish funksiyalarini ikkinchi pog‘ona – tijorat banklari 
tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank majburiyatiga tijorat 
banklarining har kunlik faoliyatiga aralashish kirmaydi. Markaziy 
bank tijorat banklarning me’yoriy boshqarilishi, ularning to‘lovga 
qobiliyatliligi va likvidliligini ta’minlanishini kuzatib borishi va 
omonatchilar manfaatlarini himoya qilishi kerak. Bularning barchasi 
nazorat me’yorlari tizimi yordamida amalga oshirilib tijorat banklari 
pog‘onasiga yetkaziladi. 
Markaziy bank pul siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan muomaladagi 
pul massasi ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyasiya, 
ishsizlikning past darajasini ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun 
shart-sharoitlar yaratishi kerak. Bunda Markaziy bank emission bank 
vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va ularni 
muomaladan olish huquqiga ega bo‘ladi. 
Markaziy bank yana tijorat banklari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni 
olib borishga imkoniyat yaratadi. 
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi – bu xalq xo‘jaligi va aholiga 
xizmat ko‘rsatishda bosh bo‘g‘in bo‘lgan mustaqil tijorat banklarning 
tarmog‘idir. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida 
turli hisob-kitob va kredit operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar 
ko‘rsatish hamda boshqa turli bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan 
bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradilar. 
Mustaqillikka erishilgunga qadar O‘zbekiston bank muassasalari 


18 
sobiq Ittifoq bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga, bu 
banklar sobiq Ittifoq bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsata 
olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR 
qurilish banki va SSSR Tashqi savdo bankini va Davlat Mehnat 
omonat- jamg‘arma kassalarini o‘z ichiga olardi. Sobiq Ittifoq bank 
tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‘lib, u bir vaqtning 
o‘zida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish, xo‘jaliklarga 
hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz 
hisoblanardi. Ham emissiya funksiyalarini, ham hisob-kitoblar va 
kreditlar bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajarishga 
monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va nazorat organiga 
aylantirgan edi. 
Iqtisodiyotni boshqarishning 
markazlashtirilgan 
usulidan 
voz 
kechish va bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo‘yilishi 
bilanoq markazlashtirilgan bank tizimining qator kamchiliklari ro‘yobga 
chiqdi. Bu esa, bank tizimida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab 
etardi

Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichi davlat bankining 
yangi tuzilmasini tashkil etish bilan boshlandi. Qayta tashkil etish 
modeli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission 
bank va bevosita xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan davlat 
banklari; 
-
ixtisoslashtirilgan banklarni to‘laligicha xo‘jalik hisobiga va o‘z-
o‘zini moliyalashga o‘tkazish; 
-
iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘la-
digan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va 
boshqalar. 
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki 
o‘zining kredit tizimidagi markaziy o‘rnini saqlab qolgan holda 
korxona va tashkilotlarga kredit berish va ular bilan hisob-kitoblarni 
olib borish funksiyasini maxsus ixtisoslashgan banklarga topshirdi. Ya’ni 
bankning emission faoliyatini kreditlash faoliyati bilan birga olib borish 
funksiyasiga chek qo‘yiladi. Davlat banki ixtisoslashgan banklar 
faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul-kredit 
siyosatini olib boruvchi muassasaga aylandi. Bank tizimining 
takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan 


19 
banklar: Sanoat qurilish banki, Kommunal qurilish va Sotsial 
taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, 
Jamg‘arma banki tashkil qilinib xo‘jaliklar bilan banklar o‘rtasidagi 
aloqalar tobora yaqinlashdi, Ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‘zlarida 
ma’lum darajada boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini 
takomillashtirish jarayonida juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil 
qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini to‘liq ifoda 
qilolmasdi, shuning uchun ham bank tizimini yanada takomillashtirish 
obyektiv zaruriyatga aylandi. 
1988-yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimi tashkil etila 
boshlandi. Lekin bu davrda, markazlashtirilgan rejalashda Markaziy 
bankning roli hali ham yuqori,sohalarning deyarli hamma qismi davlat 
tasarrufida edi. 
O‘zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga 
real asos 1991-yil 15-fevralda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 
Qonuni asosida yuzaga keldi. Bu qonunga asosan davlat boshqaruv 
organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari 
kerak edi. U faqat Respublika Oliy majlisiga hisobot beradi. Bu 
qonunni amalga tadbiq etish, asosan, Respublikamiz mustaqillikni 
qo‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi. 
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich yo‘lini 
tanlaganligi bois, 1996-yilda Respublika Prezidentining «Bank auditi 
tizimini 
rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
Farmoniga asosan bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro 
andozalarini joriy qilish jarayoni yanada takomillashtirildi va 
jahonning nufuzli auditorlik kompaniyalaridan «Artur Andersen», 
«Deloyt end tush», «Key Pi Em Ji- (KRMG)», «Ernest end Yang», 
«Kupers end Laybrand» kabilar yetakchi tijorat banklari faoliyatini 
audit qilishga taklif qilindi. Bank tizimini rivojlantirishning yana bir 
xususiyatli tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy asoslarini 
mustahkamlash va zamon talablariga moslashtirish maqsadida 
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi va 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarning yangi 
loyihasi ishlab chiqildi. 
1995-yil 21-dekabrda bank faoliyatining huquqiy va me’yoriy 
tartibga solish qoidalarini belgilovchi «O‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki to‘g‘risida» va 1996-yil 25-aprelda «Banklar va bank 


20 
faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi bank tizimini 
jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam qonuniy 
poydevor yaratdi. 
Bank tizimini shakllantirishning 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin