Naflilik (Utility) – tovar va xizmatlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondirilishini ta’minlash, ya’ni ularning qanoatlantirish manbai bo‘lish xususiyati hisoblanadi. Naflilik – jamiyat yoki biror bir shaxsni ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatidir. Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog‘liq. Sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: sog‘liqqa foydaliligi, dizaynining estetik chiroyi, foydalanish osonligi, uzoq muddatliligi, qulayligi, individualligi, xavfsizligi, yuqori statusga ega ekanligi va b.Bozordagi iste’molchilarning xatti-xarakatiga qarab naflilikni ikki xil tahlil qilish mumkin. Bu o‘z navbatida ikki xil yondashuvni kelib chiqishiga ham sabab bo‘lgan. Birinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab tahlil qilish, ikkinchisi, naflilikni son jihatdan o‘lchab emas, balki tabaqalashtirish orqali, ya’ni yuqori va quyi naflilik, eng yaxshi va eng yomon naflilik va x.k.
Yalpi naflilik (Total utility) – ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir tovar yoki xizmatni iste’mol qilish natijasida olinadigan yalpi qondirish. Naflilik funksiyasi – iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umumiy naflilikni ifodalash mumkin balki, ketma-ket ne’matdan qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo‘shimcha o‘sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin.

Chekli naflik -bu biror ne`matdan qo`shimcha bir birlik iste`mol qilish natijasida (boshqa ne`matlar iste`moli o`zgarmaganda) iste`molchi tomonidan olinadigan qo`shimcha naf.
Odatda, biror-bir ne`matni iste`mol qilish oshganda (boshqa ne`matlar iste`moli hajmi o`zgarmaganda), umumiy naflik o`sadi. Demak chekli naflik musbat.
Chekli naflik-bu naflik funktsiyasidan biror bir ne`mat o`zgaruvchisi bo`yicha olingan xususiy hosiladir.