Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik
Yalpi ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni. Ishchi kuchini takror hosil qilish. Yalpi ishchi kuchining miqdor va sifat jihatdan aniqlanishi. FTTni ishchi kuchining sifat jihatdan takomillashuviga ta`siri. Nufus qonuni. Aholining tabiiy o`sishi. Ishchi kuchi migratsiyasi va uning shakllari.
Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va taklif hamda uni aniqlovchi omillar. Ishchi kuchining qiymati. Ishchi kuchi bozorining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari. Fillips egri chizig`i. Ishchi kuchining ayrim sohalardan bo`shashi va uni qayta taqsimlashning bozor mexanizmi.
Ishchi kuchi bandligi to`g`risida turli xil nazariyalar. Neoklassik, keynscha, monetaristik, institutsional-sotsiologik maktab kontseptsiyalari. Shartnomaga asoslangan bandlik nazariyasi. Bandlik modellari. Moslashuvchan ishchi kuchi bozori kontseptsiyasi.
Ishsizlik va uning turlari. Friktsion, tarkibiy va siklik ishsizlik. Institutsional, texnologik, hududiy, yashirin, turg`un ishsizlik. Ishsizlikning tabiiy darajasi. Ishsizlik darajasi va uni aniqlash. Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari. A.Ouken qonuni. Ishsizlik va inflyatsiyaning o`zaro bog`liqligi.
O`zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta`minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash borasida davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari.
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli
Moliyaning mazmuni va ahamiyati. Moliyaviy munosabatlarning ob`ektlari va sub`ektlari. Moliyaning vazifalari. Moliya tizimi va uning bo`g`inlari. Davlat byudjeti va uning moliyaviy resurslarni shakllantirishdagi ahamiyati. O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetining tuzilishi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularning egri chizig`i. Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari, ularning iqtisodiyotga ta`siri. Davlat ichki qarzi. Davlat krediti. Davlat tashqi qarzi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar va uning vazifalari. Soliq solish tamoyillari. Soliq imtiyozlari. Soliqlarning turkumlanishi. Laffer egri chizig`i. Soliq yuki va uning darajasini aniqlash. Soliq yukining taqsimlanishi. Moliyaviy siyosat. Fiskal (soliq-byudjet) siyosat.
O`zbekistonda soliq tizimining soddalashtirilishi va unifikatsiya qilinishi. Soliq sohasini yanada erkinlashtirishning asosiy yo`nalish va natijalari.
Pul muomalasi. Pul tizimi va uning tarkibiy qismlari. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini aniqlash va unga ta`sir etuvchi omillar. Pul muomalasi qonunlari. Pulning aylanish tezligi. Pul miqdorini aniqlashga turlicha yondashuvlar. MV=PQ tenglamasining amal qilishi. Pul agregatlari. Pul bozorida talab va taklif: M=L(r)P. Pul taklifi va uning multiplikatori.
Kreditning mohiyati, vazifalari va turlari. Kredit munosabatlarining ob`ektlari va sub`ektlari. Kredit resurslarining manbalari. Kredit berish tamoyillari. Foiz stavkasi va uning darajasini aniqlovchi omillar. Kredit-pul tizimini davlat tomonidan tartibga solish.
Banklarning iqtisodiy mazmuni. Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari. Tijorat banklari va ularning vazifalari. Bank operatsiyalari va bank foydasining hosil bo`lishi. Bank tizimining takomillashtirilishi. IS LM modelida byudjet-soliq va pul kredit siyosati.
O`zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash siyosatining amalga oshirilishi. So`mning xarid quvvatini oshirib borish va barqarorligini ta`minlash. Inflyatsiyaga qarshi aniq o`ylangan siyosat o`tkazish. Pul miqdorining o`sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o`sishi bilan bog`lab olib borish. Milliy valyuta almashuv kursining barqarorligiga erishish.
Dostları ilə paylaş: |